Ingliz tili gap tuzilishida so'z tartibining o'zgarishi


XOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA SINTAKSIS MASALASI VA UNING STILISTIK JIHATLARI


Download 86.64 Kb.
bet4/6
Sana07.03.2023
Hajmi86.64 Kb.
#1248194
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ingliz tilida gap bosh bo\'laklarining vazifasi

XOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA SINTAKSIS MASALASI VA UNING STILISTIK JIHATLARI.


Tarixdan ma’lumki, gaplar va ularning turlari, ular orasidagi bog’lanishlar haqidagi ta’limotlar qadimda ritorika doirasida paydo bo’lgan. Ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ngina bu soha grammatikaning ichida o’rganila boshlangan. Ritorikada asosan gap bo’laklarining joylashuvi muammosi tadqiq qilinardi. Gaplarni grammatika doirasida tadqiqi qilinishi izlanishlarning obyektini bir muncha kengaytirdi. Bunda gap bo’laklari o’rtsidagi sintaktik aloqalar va gaplarning o’zaro bog’lanish muammolari birinchi o’ringa olib chiqildi.
Til stilistikasi sintaktik ifoda vositalarini va nutqqa alohida ifoda mazmunini beradigan sintaktik stilistik usullarni o’rganadi.26
Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo’lib, morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya so’z turkumlari va ular bilan bog’liq bo’lgan sohalarni o’rgansa, sintaksis so’z birikmasi, gap va uning turlari, gap bo’laklari, undalma, kirish, kiritma konstruksiyalar kabi birliklarni o’rganadi. Sintaksisda “sintaktik bog’lanish” tushunchasi bor. Biz sintaktik bog’lanish deganda so’z va so’z birikmalari o’rtasidagi sintagmatik aloqani tushunishimiz kerak. Sintagmatik aloqa nutqdagi turli til birliklarining orasida kuzatiladi.Masalan:
1) fonemalar o’rtasida: [a] [s] [k] – ask
2) morfemalar o’rtasida: un + happy
3) so’zlar o’rtasida: I, like, him – I like him
4) so’z birikmalari o’rtasida: “Jack and Nick”, “work at the hotel” – Jack and Nick work at the hotel.
5) gaplar o’rtasida: “I’m a student”, “she is a worker” – I’m a student, but she is a worker.
Sintaktik bog’lanishning quyidagi turlari bor:
1) teng bog’lanish (I and Nick came.: I came, Nick came)
2) tobe bog’lanish (A tall boy came.: A boy came, A tall came – impossible)
3) predikativli bog’lanish (Nick came.: Nick – subject, came – preticate)
4) atributiv yoki apositiv bog’lanish (Pretty girl came here. Singer Nick is here)
“Sintaksis uslubni belgilaydi” deydi amerikalik tadqiqotchi Richard Oman. Haqiqatda, nutqni hosil qilishdagi asosiy sistema bo’lgan sintaksisning har qanday nutq birliklarining tuzilishi va uslubidagi ahamiyatini ta’kidlamasdan ilojimiz yo’q. asosiy sintaktik birlik gapdir. Aynan gaplarning tuzilishi, tugallanganligi va uzun-qisqaligida og’zaki va yozma nutq o’rtasidagi farqlar ko’rinadi. Sintaksisning nutq uslubini yaratishdagi ahamiyati antik davr olimlarining qarashlarida ham o’z aksini topgan. Masalan, Aristotel o’zining “Ritorika” asarida nutqning tinglovchiga ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladigan o’ziga xos turli sintaktik qurilmalar xosil qilish usullari haqida batafsil to’xtalib o’tgan.27 Aksariyat sintaktik stilistik usullarning asosiy vazifasi biror bir nutq birligini uning o’sha nutqdagi o’rnini o’zgartirish orqali gapda ajratib ko’rsatib, yetakchi o’ringa olib chiqish. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda sintaksisning asosiy faktorlari hisoblanmish gap tuzilishi va uning uzunligi bilan bir qatorda gapdagi epizodiklik va ixtiyoriylik xarakteriga ega bo’lgan maxsus sintaktik tuzilmalarni ham ko’rib chiqamiz. Ritorik shakllarni qoida bo’yicha va qoidadan tashqari hollarda uchrashini tahlil qilish ingliz tilidagi sintaktik stilistik vositalarning paydo bo’lishini chuqurroq tushunib yetishga imkon yaratadi.
Ma’lumki, sintaksis tadqiq qiladigan asosiy birliklar so’z birikmalari va gaplardir. So’z birikmasi – semantik va strukturaviy jihatdan bir-birini taqozo qiladigan kamida ikkita mustaqil so’zlarning birikishidan hosil bo’lgan birlik. Ingliz tilida so’z birikmalarining quyidagi turlari bor:
1) teng bog’langan: Nick and Jack, boy and girl, the sun and the moon;
2) tobe bog’langan: beautiful girl, good doctor, politially active;
3) predikativli: Nick’s singing, him to sing, him changed, it being dark.
So’z birikmalari o’zaro sindetik va asindetik bog’lanishi mumkin. Sindetik bog’lanish deganda biz, bog’lovchilar orqali bog’lanishni tushunamiz (everybody but him, he and she, neither Jack nor Nick), asindetik bog’lanish deganda esa, hech qanday qo’shimchalarsiz bog’lanishni tushunamiz (handsome boy, Nick the singer, King Arthur).
Shu o’rinda biz so’z, so’z birikmasi va gap o’rtasidagi farqni bilib olishimiz kerak.
A house – so’z;
A large house – so’z birikmasi;
I have a large house – gap.
Gap deb tugallangan fikrni ifodalovchi so’zlar yig’indisiga aytiladi.
Stilistika uchun tilshunoslikning ushbu sathidagi barcha tushunchalarni izohlashda hamma narsani e’tiborga olish muhim hisoblanadi. Bular qatoriga sintaktik sinonimiya, ya’ni bir mantiqiy ma’noni ifodalovchi axborotni turli stilistik vazifa va bo’yoqdorlikka ega bo’lgan turli sintaktik konstruksiyalar orqali berish ham kiradi.



  1. Download 86.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling