Sintaktik vositalarning poetik aktuallashuvi 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering


Download 80.5 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi80.5 Kb.
#103059
Bog'liq
BMLT 6


Sintaktik vositalarning poetik aktuallashuvi

1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.

1.Sintaktik parallеlizm deb nimaga aytiladi?

2.Emotsional gap deb nimaga aytiladi?

3.Ritorik so‘roq gap deb nimaga aytiladi?

4.Invеrsiya deb nimaga aytiladi?

5.Ellipsis deb nimaga aytiladi?

6.Sukut deb nimaga aytiladi?

7.Gradatsiya deb nimaga aytiladi?

8.Antitеza deb nimaga aytiladi?

9.Farqlash deb nimaga aytiladi?

10.O‘xshatish deb nimaga aytiladi?


Badiiy nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda sintaktik usuldan keng

foydalaniladi. Ekspressivlikning namoyon bo’lish shakllarini tadqiq qilgan olim –

Adham Abdullayev: “sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, bog’lovchilarning

maxsus qo’llanilishi, antiteza, monolog, sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik

so’roq” kabi uslubiy figuralar fikrning o’ta ta’sirchan ifodalanishiga xizmat

qilishini ta’kidlaydi.

“Badiiy tekstning lingvistik tahlili” kitobi mualliflari, sintaktik figuralarning

quyidagi asosiy ko’rinishlarini bayon qiladi: anafora, epifora, takror, antiteza,

gradatsiya, ellipsis, alliteratsiya, ritorik so’roq kabilar. Bu uslubiy vositalar

mavzuga aloqador bo’lgandeyarli barcha adabiyotlarda uchraydi. Bunga quyidagi

hodisalarni aytib o’tish mumkin:

Sintaktik parallelizm. Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan

gaplar ko’p qo’llaniladi. Tilshunoslikda bunday qurilmalar – “parallelizm” atamasi

bilan o’rganiladi. Parallelizm yonma-yon gaplar, sintagmalarning bir xil sintaktik

qurilishiga ega bo’lishidir:

Tangrim yana birgina karomat etsada, man vatan ozodligin ko’rsam. Vatan

erki xususidagi darakni eshitsamgina bas, orada to’rt ummon o’lsa-da surib

o’tajakman, vatan tuprog’in o’pajakman! Banda uchun shu baxtning o’zi basdir.

Banda-bandaga ta’zim etmas, ammo man banda vatan istiqbolin olam aro ovoza

etmish bandaga ta’zim qilajakman. Siza so’zim shuldir, azizlarim.

(Shaytanat, 124-b.)

Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini boyitish bilan birga

ma’noni kuchaytirishga va fikrning batafsil atroflicha ifodalanishiga, ta’sir obyekti

bilan bog’liq ma’lumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi.



Emotsional gaplar. So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik

holatlarini, yoki qahramonning his-hayajonini voqea-hodisaga emotsional

munosabatini ifodalaydi.

Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar

mavjud bo’ladi. O’sha so’zlar orqali qahramon ruhiyatidagi kechayotgan sevinch,

qo’rquv, g’azab kabi psixologik jarayonni yozuvchining ta’sir obiektiga nisbatan

subiektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida his-tuyg’uni (oh,

voy, sho’rim, eh, attang, bay-bay kabi) ifodalovchi undalmalar ham qatnashadi:

Asadbek To’lqinni har ko’rganda o’sha tupirish voqeasini eslab, bir

ijirg’anib olardi. Ayni damda, yuragi zardobga to’lib ezilib turgan ohlarda uning

tashrifi dard ustiga chipqon bo’ldi (Shaytanat, 19-b.)



Ritorik so’roq gaplar ham badiiy matnning emotsional ekspressivligini

ta’minlovchi uslubiy vositalardan hisoblanadi. Tasdiq va inkor mazmuniga ega

bo’lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar, ritorik so’roq gaplardir.

Bunday gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta’kidni kuchaytiruvchi so’zlar keladi.

Ular nutqga ko’tarinki ruh bag’ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan

ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi. Bunday gap shakllari qahramonning

hayratlanishini, quvonchini, achinishini, ajablanishini, shubha va gumonsirashin,

g’azab va nafratini ifodalashda juda qo’l keladi. Ichki va tashqi nutqda, monologik

va dialogik nutqda keng qo’llaniladi.

Atoqli shoir Abdulla Oripovning “Olomonga” deb atalgan she’ri ritorik

so’roqning go’zal namunasi bo’la oladi:

Mashrab osilganda qayoqda eding?

Cho’lpon otilganda qayoqda eding?

So’rishtirganmiding Qodiriyni yo,

Qalqon bo’lganmiding kelganda balo?

Hukmlar o’qilar sening nomingdan,

Tarixlar to’qilur sening nomingdan.

Nimasan? Qandayin sehrli kuysan?

Nechun tomoshaga bunchalar o’chsan?

Qarshingda hasratli o’yga tolaman,

Qachon xalq bo’lasan, ey, sen – olomon!?

Inversiyada gap bo’laklarining o’rni almashadi, yoki gap bo’laklarining

joylashish tartibining o’zgarishi. Invertsiya nutqqa xos xususiyat. Badiiy matnda

qahramonlar

nutqini

jonli

nutqqa



yaqinlashtirishda,

ularning

tilini

individuallashtirishda bu usuldan foydalaniladi:



-

Xo’jayin senmisan bu yerga? – deb so’radi Asadbek.

(Shaytanat, 289-b.)

Gradatsiya – nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib

borishidan iborat uslubiy jarayon.

-

Asad aka, to’xtang, orani ochiq qilib ketong. Asadbek to’xtab yarim



o’grildi da, juvonning yonida turgan Jalilga qarab:

-

Bularga tushuntirib qo’y: tor’t tomonlari qibla, - dedi.



-

Yuringlar buni keyin gaplashamiz, hozir mavridi emas, - dedi Jalil,

ziddiyatni yumshatish maqsadida.

-

Yo’q, - To’xtaxon bo’sh kelmay, - otamning uyiga bu odam nega



xo’jayinlik qiladi? Sadir sariqqa rahmlari kelsa, ana o’zlarining uulari bo’m-bo’sh,

xangillab yotibdi, borsinlar.

Asadbek unga g’azab bilan tikildi-yu, bir yutinib qo’yib teskari qaradi.

-

To’xta bo’ldi, yur, bu ishga Asad akangning dahli yo’q, u sira



aralashmagan, bu adangning vasiyatlari.

-

Vasiyat bo’lsa qog’oz ko’rsatsinlar.



-

Bo’ldi, qil-e, buncha shang’illaysan! – Jalil jerkib, juvonning

yengidan siltab tortdi: - bor uyga kir.

To’xtaxon Jalilning amriga bo’ysinib orqasiga o’grilishga o’grildi-yu, ammo

tilini tiymadi:

-

Qorinlari to’yib qolgan bularning. Adamning nonlari bo’lmaganda


qirilib ketishardi (Shaytanat, 277-b.)

O’zbek tiliga davlat tili berilishi bu tilning ichki va tashqi imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish imkoniyatini yaratadi. O’zbektili asrlar davomida

necha minglab turkiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bo’lib, o’zbekxalqi

orasida o’zaroaloqa qilmoqda.

O’zbek tilining o’zigaxos jilosi, uning serqirraliligi badiiy obrazlar yarata

olish qudratini to’laroq anglash uchun mumtoz va hozirgi zamon adiblarimiz

badiiy asarlarini tilini o’rganish zamon talabidir.

Gap. Matnning eng kichik bo’lagi hisoblanadi. Bu o’rinda gap atamasi biz

odatlanib kelgan “tugal fikr anglatgan predikativ aloqaga ega bo’lgantil birligi”.

Ma’nosidan keng, ya’ni “gap” nutq birligi sifatida mustaqil konstruksiya asosida

mavjud bo’lganbirlik deb tushuniladi. Shuning uchun ham istalgan so’zlarni

biriktirib so’z birikmasi yoki gap tuzib bo’lmagani kabi har qanday gaplarni

biriktirib ham matn tuzib bo’lmaydi. Masalan, quyidagi to’rtta gapdan bir matn

yaratib bo’lmaydi:

Dalalar ko’m-ko’k bo’ldi.

Suv vodorod va kislorodning birikuvidan hosil bo’ladi.

Mashina yurdi.

Ilg’or o’quvchilar mukofotlandimi?

Bu gaplar mazmun va grammatil jihatdan turlicha bo’lib, ular orasuda

umumiy mazmuniy bog’lanish yo’q. Boshqacha qilib aytganda, matndagi gaplar

bir-biri bilan kontakt yoki distant holatda bog’lanishi shart. Matn bo’lishi uchun

barcha gaplar mazmunan bir ma’no asosida bo’lishi lozim.

Matnlar hajm va tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Matnlar hajm

jihatidan uchga bo’linadi: kichik, o’rta va katta.

Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati va vaqtli
matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi.

O’rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta

hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiya, epopeyalar kiradi.

Tuzilishiga ko’ra matnlar gap, murakkab sintaktik butunlik, abzats, bo’lim

va boblarga bo’linadi.

Abzats – kompozitsion uslubiy ajratish harakteridagi nutq birligi bo’lib,

kitobxonning diqqatini yangi fikrga, yangi tasvirga jalb etish vazifasini bajaradi.

Abzats matnda tugal ma’noni ifodalagan bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha

bo’lganyaxlit mantiqiy nutq birligidir.

“Badiiy matn tasviriy, obrazli va jozibali bo’ladi. U xalq tilinning barcha

imkoniyatlarini o’zida aks ettiradi. Bunda tilning fonetik, leksik-semantik,

grammatik vositalari badiiy tasvir vositasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib

aytganda, badiiy matn o’zaroaloqador bo’lganfonetik, leksik va grammatik

birliklarni mujassamlashtirgan eng yirik nutq birligi sifatida bir butun sistemani

shakllantiradi. Shuningdek, badiiy matn o’zida semantik hamda stilistik sistemani

o’zichiga oladi.

Demak, badiiy matn tilshunoslikning eng murakkab, ko’p qirrali tekshiruv obyektidir”

Leksik sath. Har bir matnda leksik ma’no ifodalovchi so’zlar, grammatik

ma’noli so’z bo’ladi. Shuningdek, ko’chmama’noli, omonimik, sinonimik

xususiyatga ega so’zlar zid ma’noli so’zlar ham bo’lib, ular nutqning

ta’sirchanligini oshiradi. Umumiy fikrga nisbatan tinglovchining qiziqishini

kuchaytiradi.

Matnning leksik asosini o’zbek tilida keng iste’molda bo’lgan so’zlar tashkil

qiladi. Shuningdek, asar mavzu va mazmuniga mos ravishda qo’llanish doirasi asaridan to’pladik.

“Grammatik shakllarning funksional uslubiy va emotsional uslubiy

xususiyatlari morfologik uslubiyatdao’rganiladi. Morfoligik elementlar so’zlarni

shakllantirish, munosabatga kiritish, shu asosda ma’lum bir fikrni ifodalashga

xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, ayrim shakllar o’zi qo’shilib kelgan so’zga

konnotativ ma’nolar ham qo’shadi. Morfologik vositalarda konnotativ ma’nolar

leksik vositalarga nisbatan ozroq bo’lsa da, ular turli nutq uslublarida rang-barang

hissiy ta’sirchanlikni ifodalay oladi.

Ayniqsa,

qo’shimchalardagi

polosemiya,

omonimiya,

sinonimiya,

antonimiya va boshqalar sulubiy potensiyaga ega. Grammatik shakllar va ularning

variantlari deyarli barcha so’z turkumlarida uchraydi. Ana shi variantlardan birini

tanlash, hatto oppozitiv xarakterdagi grammatik shakllarni biri o’rnida ikkinchisini

almashtirib qo’llash (ko’plik shaklini birlik ma’nosida ishlatish, birinchi shaxs

o’rnida ikkinchi shaxsni qo’llash) ham muhim uslubiy ahamiyatga ega. Bu o’rinda

matn va ohang muhim rol o’ynaydi”.

Shunday qilib, funktsional uslubiy bo’yoqqa ham hissiy ta’sirchan –

bo’yoqqa ham ega bo’lgangrammatik shakllarning barchasi morfologik

uslubiyatning tekshirish obyektidir. Otlardagi ko’plik qo’shimchasi ham

polisemantik xususiyatga ega. Birlik shaklidagi qarindoshlikni bildiruvchi ot

negizlariga qo’shilganda hurmat ma’nosini bildiradi:

Yaxshi hamki oynavand devorning xiraligi otalari yoynog’iga dumalagan

ko’zyoshni parda qilib to’sdi.

(Shaytanat, 116-bet).

Go’zal yorlari hamrohligida uyga kirib bormoqni, kelin salomdan quvongan

otalari bilan ko’rishmoqni orzu etgan o’g’illar xira oynavand to’siq ortidan

“Adajon, bizning hech gunohimiz yo’q”, - degan ma’noda jovdirov qarashardi.

Bilasizku tillari bilan yuradigan bo’libketishgan.

(Shaytanat, 116-bet).

Subyektiv baho shakli so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda,

kichiraytirish, erkalash ma’nosi kuchaytiriladi:

-

Asad, keldingmi, toychoq bolam, - dedi u tetik ovozda. Bu toychog’ingizni men yetaklab keldim.



(Shaytanat, 208-bet).

Olib kelsang … yonimga qo’y, xo’pmi, toychog’im.

(Shaytanat, 209-bet).

Kelishik shakllarining har biri o’z vazifasini bajarishi bilan birga, ba’zan

boshqa-boshqa kelishiklarga xos bo’lgan vazifa ma’nolarini ham ifodalashi

mumkin. Jumladan qaratqish kelishigi qo’shimchasi o’zi qo;shilib kelgan so’zbilan

birgalikda aniqxoslik, umumiyxoslik, butunning bo’lagi, to’dadan ajralganlik,

o’xshatish, qiyos qilish kabi qator semantik-uslubiy ma’nolarini ifodalaydi:

Tepasida uchar gala qush,

Arg’imchog’i daryoga solib.

Subyektiv baho shakllarining uslubiy qo’llanilishi hozirgi o’zbektilidagi: -

gina (-qina, -kina), -cha, -choq, -chak, -loq, -jon, -xon, -oy, -voy tipidagi

qo’shimchalar so’zlovbchining obyektiv borliqqa, o’z nutqiga ega bo’lganmodal

munosabatini ifodalaydi.

Bu shakllar sevish, erkalash, kuchaytirish kabi konnotativ ma’nolarni

ifodalaydi. Bu qo’shimchalar orqali ifodalanadigan ma’nolar badiiy asarda

qahromonlarning o’ziga xos xususiyatlarini: ulardagi dilkashlik, muloyimlik,

yoqimlilikni ochishda muhim uslubiy ahamiyatga ega. Kichraytirish-erkalash

shakllari ham nutq jarayonida ishlatiladi. Shuning uchun ularning ma’nolari

nutqning umumiy mazmuniga bog’liq bo’ladi.

Subyektiv baho shakllaridagi ma’nodoshlik va ko’p ma’nolilik ularning turli

nutq uslublariga xosligi bu vositalarning uslubiy vositasini belgilaydi.

-cha qo’shimchasi funktsional nutq uslublarining barchasida bir xilda ishlatiladi. Bunda obyektiv kichiklik ma’nosidan tashqari subyektiv baho ma’nosi ham ifodalanadi.

Atoqli otlarda –cha morfemasi qo’shilganda esa, so’zlovchining salbiy

emotsiyasi bo’rttiriladi. Shuningdek, egalik qo’shimchalari bilan yonma-yon kelib,

o’rni bilan kesatish, piching, hazil ma’nolarini ham bildiradi.



Inversiya (lot. unversio — oʻrnini almashtirish) (tilshunoslikda) — ran boʻlaklari odatdagi tartibining oʻzgarishi. Tidda I. ikki xil vazifa bajaradi: semantik va asemantik. I.ning semantik vazifasi gapning biror boʻlagini alohida taʼkidlash yoʻli bilan nutqqa emotsional-ekspressiv ruh baxsh etishda (mas, Bu chol shu ahvolda qayoqqa boradi? — Shu ahvolda qayoqqa boradi bu chol?!), asemantik vazifasi esa surok, ran (ayniqsa, roman va german tillarida), sheʼriyatda kompozitsiya, ritm, vazn, qofiya hosil qilishda na-moyon boʻladi (mas, ketdimi u?; ilk bor rozilik soʻrashim mening). I., faqat uslubiy emas, balki sintaktik-uslubiy (sintaktikpoetik) hodisadir. U jonli soʻzlashuv tilida, badiiy adabiyotda, ayniqsa, sheʼriyatda koʻp uchraydi.

O’xshatish- badiiy tasvir vosifalaridan biri bo’lib, obyektni orazli, ta’sirchan, konkret va ixcham ifodalash xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Sana’tkor qahramonlarni tasvirlashda ularning o’ziga xos individual xususiyatlarini ochishda, ruhiy holatlarni aks ettirishda, tabiat manzaralarini tasvirlashda o’xshatishlardan foydalanadi. Ularni konkretlashtiradi, bo’rttiradi. Kitobxonning diqqatini obrazning ko’rinmas tomonlariga jalb qiladi, asarning g’oyasini ochishga yo’naltiradi.

O’xshatish deb, bir predmet yoki hodisani ikkinchi bir predmet yoki hodisa bilan taqqoslanganda ularning shakli yoki mazmun tomondan obrazli o’xshashligiga aytiladi.

O’xshatish obyekti tasvirlamoqchi bo’lgan predmet, hodisa; o’xshatish obrazi- taqqqoslangan predmet, hodisalarning tasviriy vositasi, ikki predmet va hodisaning bir-biriga mos kelishidir.

O’xshatishlarni belgilashda asosan ana shu uch belgining roli katta.

Masalan: Arava g’ijϊrlab borar, gap mavzudan-mavzuga ko’char, Turg’unoy gapga aralasholmay, bedalar ichida bir bog’ bedaday silkinib borar edi. (A. Qahhor, Hikoyalar, 29-bet). Bunda Turg’unoy-obyekt, bir bog’ beda-obraz, silkinish-belgisidir. Belgi obyekt va obrazlar bilan alohida bir sintaktik aloqani tashkil etadi.16

Tashqi tomondan qaraganda , bir bog’ beda bilan odam o’rtasida hech qanday aloqa yo’qdek tuyiladi. Lekin yozuvchi Turg’unoyni gapga aralasha olmasligini va uning aravada silkinib borishini asosiy o’xshashlik belgisi qilib olgan. Belgi (silkinish) asosida ikki predmet bir-biri bilan taqqoslanmoqda. Agar “belgi” (silkinish) bo’lmasa, Turg’unoy bilan bir bog’ beda o’rtasida o’xshashlik bo’lmas edi.

O’xshatishning belgisiga qarab, ularni ikki guruhga ajratish mumkin.

  1. Grammatik belgili o’xshatishlar. Bunda obyekt, obraz va belgilar grammatik-ko’rsatkichi bilan mavjud bo’ladi. Uch belgidan birortasi ham tushib qolmaydi: U (Siddiqjon) o’g’lining yodsirayotganini ko’rib, ikki qadam olg’a bosdi-yu, bundan ortiq yaqin borsa xuddi bir narsa portlab ketadiganday, engashib bolaning ko’kragiga chiqib ketgan qayiqchasidan ushlab tortdi va ko’tarib oldi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, 3-tom, 184-bet).


Bu misolda bundan ortiq yaqin borsa-obyekt, bir narsa portlab ketadiganday-obraz, tortdi va ko’tarib oldi-belgidir.


  1. Logik o’xshatishlar. Bunda grammatik belgi ko’rsatkich bo’lmaydi. Lekin mazmunan “obyekt” va “obraz”lar bir-biriga mos keladi, ya’ni “obyekt” va “obraz”larning shaklan va mazmunan moslik belgisi obrazning o’zida bo’ladi. Masalan: …ketmon kichkina, poyteshadekkina kelar edi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 140-bet). Bu misolda ketmon-obyekt, poyteshadekkina-obraz, belgi grammatik nol formada. Lekin mazmundan o’xshatishni anglash mumkin.


O’xshatish strukturasiga ko’ra oddiy va tizmali bo’lishi mumkin.

Oddiy o’xshatish terminida bir “obyekt” va “obrazli” o’xshatishlar ko’zda tutiladi. Masalan:…sarg’imtir kulrang sahro yuzini va undagi past-baland do’ngliklar ustini tutib ketgan odamlar, onda-sonda o’rgimchakday o’rmalab yurgan aravalar ko’rindi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 151-bet). Bu misolda arava-ob’ekt, o’rgimchakday-obraz, o’rmalash-belgi.

Tizmali o’xshatish deb, biz ikki va undan ortiq “obrazli” o’xshatishning mos kelishini aytamiz: Qori kirdi. U uzoq yo’ldan benihoya charchab kelganday oyoq ustida zo’rg’a turar, yuzi yangi kasaldan turganday so’lg’in va oqargan bo’lib, chiroqning xira shu’lasida qo’rqinchli ko’rinar edi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 224-bet).

Bu misolda oyoq ustida zo’rg’a turishi, so’lg’in va oqargan bo’lishi-obyekt, uzoq yo’ldan charchab kelganday va yangi kasaldan turganday-obrazlardir. Bu o’xshatishlar bir-biriga obrazli taqqoslanmoqda.

O’xshatishlarni tarkibiga ko’ra yana to’liq va to’liqsiz o’xshatishlarga ajratish mumkin.

To’liq o’xshatishlarda qancha “ob’ekt” bo’lsa, shuncha “obraz” bo’ladi. Ya’ni “obyekt” bilan ‘obraz” teng bo’ladi.

To’liqsiz o’xshatishlarda esa bir “obyekt”ga “obraz” yoki undan ortiq “obraz”larning taqqoslanishiga, yoki bir “obraz”, ikki “obyekt” o’rtasida bo’lib, har ikkala obyektga tegishli bo’ladi. Masalan: O’rmonjonga uchrashmasdan burun sordan qochgan jo’jaday boshini qayerga tiqishini bilmay qolgan Siddiqjon endi dakan xo’rozday mag’rur qadam tashlab borar edi… (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 183-bet). Bu misolda Siddiqjon-obyekt, sordan qochgan jo’jaday va dakan xo’rozday-obraz, boshini qayerga tiqishni bilmay va mag’rur qadam tashlash-belgidir.

O’xshatishni chegaralashda asosiy uch ko’rsatkich, ular grammatik tomondan tasnif etish, o’xshatishning badiiy asarlardagi roli va yozuvchining uslubiga bog’liq holda o’rganish masalasi muhimdir.

O’xshatish strukturasi (material tarkibi) haqida gapirganda yana quyidagi struktural tiplar haqida ham gapirish mumkin.

O’xshatish oborotlari. Bu o’xshatishning ko’p tarqalgan formasidan biri hisoblanadi. Bu forma ba’zan o’xshatish ergash gaplarga o’xshab ketadi. Ammo ularni aralashtirmaslik kerak: “o’xshatish oborotlari, sostavlari qancha keng bo’lsa ham, tarkiblarida ega va kesimlari bo’lmagani uchun ergash gap bo’la olmaydilar.”17

O’n yil burun na’ra tortib chiqqanding



Vulqon kabi qonga to’lgan yerlardan.

(H. Olimjon).

O’xshatish ergash gaplar. Bunday gaplar nisbatan tugallangan sostavida esa egasi bilan birga kesimi ham bo’ladi. O’xshatish ergash gaplarda ifodalangan va gapdagi aytilgan fikrni qiyoslash orqali to’ldiradi va unga go’yo, xuddi yordamchilari, -ki bog’lovchisi hamda o’tgan zamon sifatdoshi –day, -dek formalari orqali bosh gapga birikadi. Masalan:

Erkalanib yotadi u vatan tuprog’ida

Yosh bola yotganday onaning quchog’ida.

(H. Olimjon…”Jangchi Tursun”).

O’xshatishning chiqish kelishigi qo’shimchasi yordamida ifodalangan shakli: Bir siqim tuprog’i oltindan aziz.

(H. Olimjon).

-day (-dek), -simon, -ona, -namo, -omuz, -ga, -chasiga, -larcha affikslari yordamida ifodalangan forma: harbiychasiga, tog’dek, guldek, gulday, shoirona, odamsimon, kinoyaomuz kabilar.

Izohlovchi izohlanmish formalaridagi o’xshatishlar: sog’liging boyliging, oshnang-belbog’ing. Til yurakning kaliti.

Inkor ma’nosini anglatuvchi emas to’liqsiz fe’li yordamida tuzilgan shakl: Shahar emas, jahannam bu.

( M. Ibragimov “Shunday kun keladi”)

O’xshatishning kengaytirilgan formasi. Bunda bir gapning ichida bir necha o’xshatish bo’ladi. Gapning birinchi qismida ikki predmet chog’ishtirilsa, ikkinchi qismida yana ikki predmet bir-birlari bilan chog’ishtiriladi. So’ngra ular yana bir-birlari bilan chog’ishtiriladi:

Meni she’rsiz deding yovlar quyondir

Quyonlarning ishi senga ayondir.

(Uyg’un va I. Sulton. “ Navoiy”)

Idioma va frazeologik birikmalar vositasida ifodalangan forma: ko’z qorachig’idek saqlamoq, suvga tushgan mushukdek kabi.

Birdan ortiq vosita ishtirok etgan shakl:

Ana shu haqiqat go’yo Adolatni uyqudan uyg’otgandek bo’ldi, uni dalaga mehnatga chaqiradi.

Hozirgi o’zbek tilida o’xshatish leksik va grammatik vositalar yordamida hosil bo’ladi.


  1. Leksik vositalar. O’xshatish hosil bo’lishida anchagina mustaqil va yordamchi so’zlar ishlatiladi:


a)kabi, singari, qadar ko’makchilari vositasida. Bunda predmetlar harakati holati bilan bog’liq bo’lgan bir-biriga yaqin belgilar qiyos qilinadi. Bu ko’makchi har doim o’xshatiladigan predmetni ko’rsatuvchi so’zlardan keyin keladi.

Misollar: Vatan ona kabi muqaddas.

(Og’zaki nutqdan).

b)yanglig’, bamisoli, misoli, misli ravishlari vositasida. Bunda boshqa bir qonuniyatni kuzatamiz.

Yanglig’ so’zi doimo o’xshatish obrazidan so’ng qo’llaniladi, postpozitiv holatda bo’ladi:

Har vodiyki, bir-bir izladim.

Yetim qo’zi yanglig’ bo’zladim.

(H. Olimjon).

v) bog’lovchilardan go’yo ham predmetlar, voqea-hodisalarni bir-birlariga qiyos qilishda tez-tez ishlatiladi. Go’yo yordamchisi ko’proq o’xshatish ergash gapni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qiladi.

To’yingizga yig’ilibdur butun el,

Xalq kelmoqda to’yga oqib go’yo sel.

(H. Olimjon).

2. O’xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik vositalar. O’zbek tilida bir nechta affiks borki, ular biror bir predmet belgi yoki holatni boshqalariga o’xshatish, qiyos qilish uchun xizmat qiladi. Ular quydagilar: -day (-dek), -simon, -ona, -namo, -larcha, -omuz, -cha, -chasiga, -dan, -li.

Bu affikslar, odatda o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi so’zga qo’shiladi va biror predmet, belgi yoki holatni shu so’z orqali ifodalangan predmet yoki belgi bilan qiyos qilishga yordam beradi.

Ularning ba’zilari grammatik jihatdan sifat (-simon, -day, -dek, -li) yasovchi affikslar hisoblansa ikkinchi bir xillari ravish (-lar –cha, -omuz, -cha, -chasiga) yasash uchun xizmat qiladi. –ona affiksi belgi bilan bog’liq bo’lgan o’xshatishlar hosil qiladi:

Ba’zilari ovozini pastlatib do’stona maslahat beradi.

(O’. Hoshimov “Tushda kechgan umrlar”)

-dek: Bu affiks –day ning fonetik variantidir. -dek affiksini olgan so’zda, uning o’rniga –day affiksini almashtirish bilan ma’nosida hech qanday o’zgarish yuz bermaydi.

Uning yuzi olmadek qizardi.

(Og’zaki nutqdan) .

O’xshatish –borliq haqidagi bizning bilimlarimiz har doim nisbiy xarakterga egadir. Tashqi olamdagi ayrim narsalar haqida bir aniq tushunchaga yoki tasavvurga egamiz. Masalan, olma, quyosh, olov, daryoning oqishi jarayoni, tiniq suvning rangi, toza osmonning rangi kabi yoki qushning uchishi, osmondagi yashinning xarakteri, shamolning harakati kabilar.

O’zbek tilidagi yeryong’oq, yer tut, anjir, shaftoli kabi predmet nomlari shunday qiyoslash natijasi emasmikan? Bu masalaning bir tomoni, masalaning biz uchun zarur bo’lgan tomoni boshqa: yaqin-yaqinlargacha o’zbeklar banan, apelsin, anananas kabi predmetlarning na ma’zasini, na hajmini bilar edilar. (Hozir ham qishloqlarda bu narsalar haqida tasavvurga ega bo’lmagan kishilar uchraydi). Agar biz qulupnayning ma’zasi haqida so’zlamoqchi bo’lsak, u tanish bo’lmagan kishiga tutning mazasini chog’ishtirib izohlashga majbur bo’lamiz. Yoki bo’lmasa, sizga tanish bo’lmagan qizning qoshini ta’riflash uchun qaldirg’och uchib borayotganidagi qanotining chiroyli ko’rinishini ko’z oldimizga keltiramiz, agar uning qomatini izohlamoqchi bo’lsak, sarv daraxtining chiroyli bir ko’rinishi tasvirlaymiz.

Bir parcha patir, olamga tatir topishmog’ida oy patirga o’xshatilayapti.

Bu o’rinda shu darajada noziklik, aniqlik borki, uni inson sezgisining, inson aql- zakovatining kuchini yaqqol ko’rsatuvchi dalillarning biri desa bo’ladi. Haqiqatdan ham oy nega patirga o’xshatiladi? Nega quyoshni patirga o’xshatish mumkin emas? Sabab hammaga aniq bo’lsa kerak. Chunki oyda ham, patirda ham, dog’ bor, bu esa ularni bir-biriga o’xshatishga asos bo’lgan, quyoshda esa dog’ yo’q.

Maqollarda, eng avvalo, jumlalar aniqligiga, ortiqcha so’zlarga yo’l qo’ymaslikka e’tibor beriladi. Bu esa xalq maqollaridagi o’xshatish oborotlarining ham nima uchun juda qisqa ekanligini izohlovchi asoslardir:

Ona yurting-oltin beshik. Yer-suv bitmas kon. Yer-xamir, o’g’it-xamirturushdir. Yer-xazina,suv-oltin. Yosh qo’l-arslon parchasi.Quruq ayoz-tilsiz yov. Ayriliq-o’limdan qattiq. Borliqning tirikligi-odam bilan. Ilm-aql chirog’i. Ilm olish-igna bilan quduq qazishga teng. Aqlli ish-qanotli qush. Dono-durdan a’lo. Til-aql tarozisi. Odam temirdan qattiq, guldan nozik.

Mumtoz adabiyotda tashbeh deb nomlanuvchi bu qo’llanish tashbehi sareh (ochiq o’xshatish), tashbehi mashrut (shartli o’xshatish), tashbehi tafzil (chekinish yo’li bilan o’xshatish), tashbehi aks (teskari o’xshatish), tashbehi muzmar (yashiringan o’xshatish), tashbehi tavsiya (barobar o’xshatish), tashbehi musalsal (ketma-ket oxshatish) tashbehi kinoyat (kinoya yo’li bilan o’xshatish), tashbehi mu’kad (ta’kid yo’li bilan o’xshatish) kabi bir necha xil ko’rinishlari mavjud.18

O’xshatish, yuqorida aytganimizdek, juda qadim zamondan xalq og’zaki ijodiyotida, mumtoz adabiyotda ishlatilib kelingan. Shuning uchunki, poetikaga bag’ishlangan eng birinchi asarlarda ham tashbeh, uning tahlili masalasiga alohida o’rin beriladi.

O’xshatish ikki narsa yoki voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to’laroq, konkretroq, bo’rttiribroq ko’rsatib berishdir.

O’xshatish eng qadimgi tasviriy vositalardan bo’lish bilan birga, eng sodda va ko’p ishlatiladigan, tez-tez qo’llaniladigan sintaktik hodisa hisoblanadi.

O’xshatish o’zbek adabiyotshunosligida ham (I. Sultonovning “Adabiyot nazariyasi” asari va yo’l-yo’lakay bayon etilgan fikrlar hisobga olinmaganda), o’zbek tilshunosligida ham so’ngi yillargacha maxsus kuzatish obyekti bo’lgan emas. Faqat keyingi yillarda matbuotda M. Mukarramov2, Yo.Is’hoqovlarning ayrim maqolalari maydonga keldi.



Ammo bir shoir yoki yozuvchi tilidan hatto biror alohida olingan asar tilida ishlatilgan o’xshatishlar, undagi muallif individual uslubi xususiyati, shu asar tilida o’xshatishlarni ishlatishdagi novotorligi uning boshqa yozuvchi yoki boshqa asarlarda ijodning dastlabki va keyingi davrdagi o’xshatishlardan foydalanishdagi taraqqiyot masalalari, ma’lum adabiy oqimlarga mansub bo’lgan shoir yoki yozuvchining o’xshatishdan foydalanishdagi uslubi kabi masalalar o’zbek tilshunosligida ham o’z kuzatuvchisini kutmoqda.

O’xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. Chunki bu o’rinda ma’lum predmet bir predmetga o’xshatilsa, xuddi shu predmet biror predmetga o’xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o’rinda ikkinchi narsaga o’xshatilishi mumkin. Prof. R. Qo’ng’urov o’xshatish haqida o’zining “O’zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida shunday degan: Ammo yuzni oyga, qizni gulga qiyos qiluvchi doimiy o’xshatishlar borki, ular ham emotsionallik, ham baholash qimmatini yo’qotgandir. Bu tipdagi o’xshatishlarni lingvistik hodisa sifatida qarash kerak.
Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling