Ingliz tili grammatikasi


Download 354.5 Kb.
bet1/43
Sana30.04.2023
Hajmi354.5 Kb.
#1402489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
DAFTAR


INGLIZ TILI GRAMMATIKASI
Grammatika – tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, unda tilda mavjud bo’lgan barcha so’z turkumlari, ularning gapdagi ishtiroki o’rganiladi. U 2 qismga bo’linadi.

1. Morphology – morfologiya


2. Syntax – sintaksis


Morfologiya – tilda mavjud bo’lgan barcha so’zlarni ifoda ma’nosiga ko’ra turkumlarga ajratib o’rganuvchi sohadir. U 2 qismdan iborat:



  1. Mustaqil so’z turkumlari:

  1. noun – ot

  2. adjective – sifat

  3. numeral – son

  4. pronoun – olmosh

  5. verb – fe’l

  6. adverb – ravish




  1. Yordamchi so’z turkumlari:

  1. preposition – predlog

  2. article – artikl

  3. particle – yuklama

Mustaqil so’z turkumlari quyidagi xususiyatga ega:



  1. Mustaqil ma’noli atash ma’nosi

  2. Biror so’roqqa javob bo’ladi

  3. Gapda istalgan bo’lak vazifasida keladi

Yordamchi so’z turkumlari esa yuqoridagi 3 ta tushunchaga ega emas. Ular faqat mustaqil so’z turkumlari yoki gaplarni bir-biriga bog’laydi yoki qo’shimcha ma’no bildiradi.





  1. Noun – (ot) – kishi, narsa-buyum, joy nomini bildirib, who? (kim?), what? (nima?)

so’roqlariga javob bo’ladi. Gapda ega, to’ldiruvchi va ot-kesim vazifasida keladi.
M: Parvina is reading
The book is on the table
Tashkent is the capital of Uzbekistan

2. Adjective – (sifat) – otning belgisi, rangi, shakli, hajmi, ta’mi kabi xususiyatlarini bildirib, what kind of? (qanday?) so’roqlariga javob beradi. Gapda aniqlovchi vazifasida keladi.


M: a beautiful girl
a green apple

3. Numeral – (son) – otning miqdori, sanog’i, tartibini bildirib, How many? How much? (qancha? nechta? nechanchi?) so’roqlariga javob beradi. Gapda aniqlovchi vazifasida keladi.


M: I have two brothers
Read the first sentence

4. Pronoun – (olmosh) – ot, sifat, son o’rnida qo’llanilib, ularning grammatikadagi xususiyatlarini o’zida jamlaydi. Gapda ot, sifat, son qaysi so’roqqa javob bo’lsa u ham shu so’roqqa javob bo’ladi, o’sha bo’lak vazifasida keladi.


M: Sanjar is writing – He is writing
5. Verb – (fe’l) – ish-harakatni yoki holatni bildirib, nima qilmoq? so’rog’iga javob bo’ladi. Gapda fe’l-kesim vazifasida keladi.
M: He is sleeping
I work there
6. Adverb – (ravish) – fe’lning belgisini, paytini, o’rnini bildirib, how? (qay tarzda?), when? (qachon?), where? (qayerda?) so’roqlariga javob bo’ladi. Gapda hol vazifasida keladi.
M: I am driving now
He runs fast

Sintaksis – gap va gap bo’laklarini o’rganuvchi sohadir. Gap – tugallangan mazmun va ohangga ega so’zlar tartibidir. Gap quyidagi bo’laklardan iborat:





    1. Subject – ega

    2. Predicate – kesim

    3. Object – to’ldiruvchi

    4. Attribute – aniqlovchi

    5. Adverbial-modifier – hol

1. Ega – ish-harakat yoki holatni bajaruvchisi, biror bo’lakka to’be bo’lmagan hokim qismi. U bosh kelishikdagi ot yoki olmosh bilan ifodalanadi. U kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladi.


M: Zafar is ill
Nafisa is coming
The book is interesting

2. Kesim – ega haqida ma’lumot berib, eganing harakatini bildirib, unga shaxs, son, zamon jihatdan moslashuv yo’li bilan to’be bo’lgan gap bo’lagidir. Uning quyidagi turlari bor:


a) Ot-kesim – ega haqida ma’lumot berib, uning holatini bildirib, ot, sifat, son, olmosh bilan ifodalanadi va quyidagi formulaga tushadi
S + TO BE + OT/SIFAT/SON/OLMOSH

M: I am a student


Cat is an animal

b) Fe’l-kesim – ega bajarayotgan harakatni ifodalaydi


M: I am reading
They closed the door

3. To’ldiruvchi – fe’l-kesimni ma’no jihatdan to’ldirib keladigan gap bo’lagidir.


M: He looked at me
I am drinking water

4. Aniqlovchi – ega yoki to’ldiruvchini aniqlab keladi.


M: A beautiful girl entered the room

5. Hol – kesimning sodir bo’lish tarzi, payti va o’rnini ifodalaydi


M: Parvina is sleeping now
Akmal runs fast


NOUN
Kishi, narsa-buyum nomini bildiradigan so’z turkumi ot deyiladi. U 2 turga bo’linadi

    1. common noun – turdosh ot

    2. proper noun – atoqli ot




Download 354.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling