Ingliz tili grammatikasi


Download 3.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/30
Sana06.12.2017
Hajmi3.03 Kb.
#21681
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30

th
 
of December 15 dekabrgacha, by the end of the year yilning oxirigacha, 
by that time o‘sha vaqtgacha va boshqa vaqt ko‘rsatkichlari bilan:

95
We had translated the article by fi ve 
o’clock.
Biz soat beshgacha maqolani tar-
jima qilib bo‘ldik.
We  had shipped the goods by that 
time.
O‘sha paytgacha biz mollarni yuk-
lab bo‘lgan edik.
By the end of the year we had learnt 
to speak French.
Yilning oxirigacha biz fransuzcha 
gapirishni o‘rgandik.
b) Simple 
Past bilan ifodalangan o‘tgan zamondagi ikkinchi bir ish-
harakati bilan:
They  had shipped the goods when 
your telegram arrived.
Sizning telegrammangiz kelgan-
da, ular mollarni yuklab bo‘lgan 
edilar.
We sent him a telegram yesterday 
as we had not received any letters 
from him for a long time.
Biz unga telegramma jo‘natdik, 
chunki undan ko‘pdan buyon xat-
xabar olmagan edik.
We  had not reached the station 
when it began to rain.
Yomg‘ir yog‘a boshlaganda biz 
stansiyaga yetib bormagan edik.
They had not yet loaded the goods 
when they received our telegram.
Ular bizning telegrammamizni 
ol 
ganlarida hali mollarni yuklab 
bo‘lmagan edilar.
Ish-harakati sodir bo‘lgan vaqt Past Perfect ishlatilgan gapda emas, 
boshqa gapda ham bo‘lishi mumkin:
As I was going to the station, it 
began to rain.  Fortunately, I had 
taken an umbrella and (had) put 
on a coat.
Stansiyaga borar ekanman yom-
g‘ir yog‘a boshladi. Baxtimga 
soya 
bon olgan va palto kiygan 
ekan man.
I received a letter from my brother 
yesterday. I had not heard from him 
for a long time.
Men kecha akamdan xat oldim. 
Men undan ko‘pdan buyon xat-xa-
bar olmagan edim.
2. Ikki yoki undan ortiq oldinma-ketin sodir bo‘lgan ish-harakat sodir 
bo‘lish tartibida bayon qilinsa, hammasida Simple Past ishlatiladi:
He  arrived at the Waterloo station, 
took a taxi and drove  to the hotel. 
Then he went to the telegraph offi ce 
and sent his wife a telegram.
U Voterlo vokzaliga yetib keldi, 
taksi oldi va mehmonxonaga ket-
di. So‘ngra u telegrafga borib, 
xotiniga telegramma jo‘natdi.
He  came home late in the evening. 
He had supper, read newspaper and 
went to bed.
U uyiga kech keldi. Kechki ov qatini 
yedi, gazeta o‘qidi va uxlagani yot-
di.
Bir nechta oldinma-ketin sodir bo‘lgan ish-harakatlarning bayon
etish tartibi buzilsa, birorta oldin sodir etilgan ish-harakat o‘zidan keyin 

96
sodir etilgan ish-harakatdan keyin bayon etilsa, o‘sha ish-harakat Past 
Perfectda ishlatiladi:
He came home late in the evening. 
He had visited the Museum of Fine 
Arts and had been to the concert. He 
had supper, read the newspaper and 
feeling tired, went to bed.
U uyga kechqurun kech keldi. U 
San‘at muzeyiga bordi va konsert-
da bo‘lgan edi. U kechki ovqatini 
yedi, gazetani o‘qidi va charchagani 
uchun joyiga yotdi.
Misoldagi  came, had supper, read, went to bed harakatlari oldinma-
ketin sodir bo‘ladi, had visited va had been harakatlari esa ulardan oldin 
sodir bo‘lgan.
3.  after  –  dan keyin bilan bog‘langan ergash gapda Past Perfect ish-
latiladi:
After the sun had set, we decided to 
return home.
Quyosh botgandan keyin, biz uy-
ga qaytishga qaror qildik.
After the cases had been counted, I 
left the warehouse.
Qutilar sanab bo‘lingandan keyin, 
men ombordan chiqdim.
Ikki ish-harakatni biri boshqasidan oldin sodir bo‘lganligini ta’kid-
lash zarurati bo‘lmaganda after ishlatilgan gapda ham Simple Past ish-
latiladi.
After he turned off the light, he left 
the room.
Chiroqni o‘chirgach u xonadan 
chiqdi.
After he signed the letter, he asked 
the secretary to send it off.
Xatni imzolagandan keyin u koti-
baga xatni jo‘natib yuborishni aytdi.
4. Whendan keyin odatda Simple Past ishlatiladi. Lekin when -dan 
keyin ma’nosida kelganida when bilan boshlangan gapda Past Perfect 
ishlatiladi:
When the secretary received the tele-
gram, he immediately showed it to 
the manager.
Kotiba telegrammani olgani 
da 
u uni zudlik bilan menejerga 
ko‘rsatdi.
When (=after) they had gone, he be-
gan to work.
Ular ketganidan keyin u ishini 
boshladi.
5.  before  bilan boshlangan ergash gapli qo‘shma gapning bosh gapida 
Past Perfect, ergash gapida Simple Past ishlatiladi. Past Perfectning 
ishlatilishi bosh gapdagi ish-harakat ergash gapdagi ish-harakatdan oldin 
sodir bo‘lganligini ta’kidlaydi:
I  had fi nished  my work before he 
returned.
U qaytib kelishidan oldin men 
ishimni tugatdim.

97
We  had come to an agreement on 
the terms of payment before you ar-
rived.
Siz kelishingizdan oldin biz to‘lov 
shartlari haqida bir bitimga kelgan 
edik (kelishib olgan edik).
Ish-harakatlarni oldinma-ketin sodir bo‘lganligini ta’kidlash zarurati 
bo‘lmaganda, bosh gapda ham, ergash gapda ham Simple Past ishla-
tiladi:
I  turned off the light before I left 
the room.
Men xonadan chiqishimdan oldin 
chiroqni o‘chirdim.
He read the contract again before he 
signed it.
U shartnomani imzolashdan oldin 
uni qayta o‘qib chiqdi.
Ba’zan beforeli ergash gapda Past Perfect va bosh gapda Simple Past 
ishlatiladi. Bunda before -dan oldin degan ma’noni beradi:
The manager returned  before the 
typist had typed all the letters.
Mashinistka barcha xatlarni yozib 
bo‘lishidan oldin boshqaruvchi 
qaytib keldi.
We reached the station before it had 
become dark.
Qorong‘u tushishidan oldin biz 
stansiyaga yetib oldik.
6.  Hardly, scarcely, no sooner ravishlari bo‘lgan qo‘shma gaplarning 
bosh gapida Past Perfect va ergash gapida Simple Past ishlatiladi:
He  had  hardly (scarcely) entered 
the house, when it started to rain.
Yomg‘ir yog‘a boshlaganda u uyga 
arang kirib olgan edi.
No sooner had  he  arrived, than he 
fell ill.
U yetib kelar-kelmas kasal bo‘lib 
qoldi.
The Future Perfect Tense 
Kelasi tugallangan zamonning yasalishi
1. Future Perfect to have fe’lining kelasi zamondagi shakli (shall have, 
will have) va asosiy fe’lning o‘tgan zamon sifatdoshi (Past Participle) yor-
damida yasaladi:
 Ega + shall have (will have) + P.P.
I shall have worked, he will have worked, we shall have worked.
2.  Future Perfectning bo‘lishsiz shakli shall  yoki will yordamchi 
fe’llardan keyin not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:
 Ega + shall (will) + not + have + P.P.
shall not have worked, he will not have worked, we shall not have 
wor ked.
7 — M. G‘apporov

98
3. Future Perfectning so‘roq shakli shall  yoki  will  yordamchi fe’lini 
eganing oldiga o‘tkazish bilan yasaladi:
Shall (will) + ega + have + P.P.?
Shall I have worked? Will he have worked? Shall we have worked?
Bo‘lishli shakli
Bo‘lishsiz shakli
So‘roq shakli
shall have worked
He (she,it) will have wor-
ked
We shall have worked
You will have worked
They will have wor ked
shall not have wor ked
He (she, it) will not have 
worked
We shall not have worked
You will not have worked
They will not have worked
Shall I have worked?
Will he (she, it) have wor-
ked?
Shall we have wor ked?
Will you have wor ked?
Will they have wor ked?
KELASI TUGALLANGAN ZAMONNING ISHLATILISHI
1. Future Perfect kelasi zamondagi biror vaqtdan oldin tamom bo‘la-
digan ish-harakatni ifodalaydi. Kelasi zamondagi bu vaqt quyidagicha 
berilishi mumkin:
a)  by 5 o’clock soat beshgacha, by Saturday shanbagacha,  by 
the 15
th
 of December 15 dekabrgacha, by the end of the year yilning 
oxirigacha, by that time o‘sha vaqtgacha va boshqa vaqt ko‘rsatkichlari 
bilan:
We shall have translated the 
article by fi ve o’clock.
Biz maqolani soat beshgacha 
tarjima qilib bo‘lamiz.
We shall have shipped the goods by 
that time.
Biz o‘sha vaqtgacha mollarni yuk-
lab bo‘lamiz.
b) payt va shart ergash gapidagi Simple Present bilan ifodalangan kelasi 
zamondagi ikkinchi bir ish-harakati bilan:
They  will have shipped the goods 
when your telegram arrives.
Sizning telegrammangiz kelganida 
ular mollarni yuklab bo‘ladilar.
I  shall have fi nished this work be-
fore you return.
Men bu ishni siz qaytib kelishin-
gizdan oldin tamomlayman.
The train will have left by the time 
we get to the station.
Biz stansiyaga yetib borgunimiz-
gacha, poyezd jo‘nab ketadi.
Payt va shart ergash gaplarda Future Perfect ishlatilmaydi: Future 
Perfect o‘rnida Present Perfect ishlatiladi:
We shall send them the documents 
after we have shipped the goods.
Biz mollarni yuklab bo‘lganimiz-
dan keyin hujjatlarni ularga jo‘na-
tamiz.

99
2. Future Perfect ba’zan kelasi zamondagi ish-harakatini emas, o‘tgan 
zamondagi farazni ifodalaydi va ma’nosi must fe’lining ma’nosiga yaqin-
lashadi.
You will have read in the news-
papers about the conclusion of this 
agreement.
Siz bu bitimning tuzilganligi 
haqida gazetalarda o‘qigan 
bo‘lishingiz kerak.
The reader will have observed an 
upward tendency in wool prices on 
the London market.
O‘quvchi London bozorida yung 
narxlarining o‘sishga moyil-
ligini kuzatgan bo‘lsa kerak.
O‘tgan zamondagi kelasi tugallangan zamon
 (The Future Perfect in the Past Tense)
1. Future Perfect in the Past Tense xuddi  Future Perfect Tensedek 
yasaladi, lekin shall va will yordamchi fe’llarining o‘rnida should va would 
yordamchi fe’llari ishlatiladi.
2.  Future Perfect in the Past Tense ko‘pincha o‘zlashtirma gaplarda 
ishlatilib, bosh gapdagi ish-harakat o‘tgan zamonda bo‘lganda ko‘chirma 
gaplardagi kelasi zamonni ifodalash uchun ishlatiladi:
I said that I should have copied the 
text by fi ve o’clock. 
Men matnni soat 5 ga qadar ko‘-
chirib bo‘lishimni aytdim.
He said that he would have taken 
his examination by the fi rst of May.
U imtihonlarini birinchi mayga 
qadar topshirib bo‘lishini aytdi.
The Present Perfect Continuous Tense
Hozirgi tugallangan davom zamonning yasalishi
1.  Present Perfect Continuous to be fe’lining  Present Perfect shakli 
(have been, has been) va hozirgi zamon sifatdoshi (Present Participle) yor-
damida yasaladi:
Ega + have (has) + been + V ing
 
 
I have been working, he has been working, we have been working.
2. Present Perfect Continuousning bo‘lishsiz shakli birinchi yordam chi 
fe’ldan keyin not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:
Ega + have (has) + not + been + V ing

100
I have not been working, he has not been working, we have not been 
wor king.
4. Present Perfect Continuousning so‘roq shakli birinchi yordamchi 
fe’lni eganing oldiga o‘tkazish bilan yasaladi:
Have (has) + ega + been + Ving?
 
Have I been working? Has he been working? Have we been 
working?
Bo‘lishli shakli
Bo‘lishsiz shakli
So‘roq shakli
have been working
He (She, it) has been wor-
king
We have been working
You have been wor king
They have been wor king
have not been wor king
He (she, it) has not been 
working
We have not been wor king
You have not been wor king
They have not been wor king
Have I been working?
Has he (she, it) been wor-
king?
Have we been wor king?
Have you been wor king?
Have they been wor king?
HOZIRGI TUGALLANGAN DAVOM ZAMONNING ISHLATILISHI
 
1.  Present Perfect Continuous o‘tgan zamonda boshlanib hozir ham 
davom etayotgan ish-harakatni ifodalaydi. Bu zamon uchun ish-hara katning 
sodir bolish vaqtini ko‘rsatish zarur. Present Perfect Continuous for an 
hour bir soat davomida, for a month bir oy davomida, for a long time uzoq 
vaqt davomida, since yesterday kechadan buyon, since fi ve  o’c lock  soat 
beshdan buyon, how long qancha vaqt, since when qachondan buyon kabi 
vaqt ko‘rsatkichlari bilan ishlatiladi:
have been waiting for my brother 
for a long time.
Men akamni uzoq vaqt (davo-
mida) kutayapman.
have been reading the newspaper 
since fi ve o’clock.
Men gazetani soat beshdan bu-
yon o‘qiyapman.
What  have  you been doing here 
since early morning? –I have been 
preparing for my examination.
Ertalabdan buyon bu yerda 
nima qilayapsiz? – Imtihonimga 
tayyorlanayapman.
He  has been living in London for 
fi ve years.
U Londonda besh yil (davomi-
da) yashayapti.
He has been teaching English since 
1998.
U 1998-yildan buyon ingliz tili-
dan dars beradi.
How long has he been living in Lon-
don?
U Londonda qancha (qachon-
dan buyon) yashayapti?
Since when have you been working 
at this factory?
Siz bu zavodda qachondan bu-
yon ishlayapsiz?

101
2. Present Perfect Continuous hozir davom etayotgan ish-harakatni 
va odatiy, doimiy ish-harakatni ifodalaydi. Yuqoridagi misollarda ish-
harakatni qancha davom etishini ko‘rsatuvchi vaqt ko‘rsatkichlari bo‘l-
masa hozir davom etayotgan ish-harakatini ifodalash uchun Present Con-
tinuous va odatiy, doimiy ish-harakatni ifodalash uchun Simple Pre sent 
ishlatar edik:
Hozirgacha davom etib tugayotgan ish-harakati
Qancha davom etganligini ko‘r 
satuvchi 
vaqt ko‘rsatkichi bilan
Qancha davom etganligini ko‘r  satuvchi 
vaqt ko‘rsatkichi bo‘lmasa
have been waiting for my brother for a 
long time.
have been reading the newspaper since 
fi ve o’clock.
It has been raining since morning.
He  has been living in London for fi ve 
years.
He has been teaching English since 1998
am waiting for my brother.
am reading the newspaper.
It is raining.
He lives in London.
He teaches English?
3. Umuman sodir bo‘ladigan, doimiy, odatiy, egaga xos ish-hara 
kati 
to‘g‘risida gap ketganda yuqoridagi vaqt ko‘rsatkichlari bilan ish-harakatning 
davom etganligiga e’tibor berganimizda Present Perfect Con 
tinuous 
ishlatiladi, ish-harakatning sodir bo‘lganligi faktiga e’tibor berganimizda 
Present Perfect ishlatiladi:
He  has been living in London for 
fi ve years. = He has lived in London 
for fi ve years.
U Londonda besh yil (davomi-
da) yashayapti.
He has been teaching English since 
1998. = He has taught English since 
1998. 
U 1998-yildan buyon ingliz tili-
dan dars beradi.
He has been working at that factory 
since he came to Samarkand. = He 
has worked at that factory since he 
came to Samarkand.
U Samarqandga kelganidan bu-
yon o‘sha zavodda ishlaydi.
4. Davom zamonlarda ishlatilmaydigan fe’llar bilan Present Perfect 
Continuous o‘rnida Present Perfect ishlatiladi:
She  has been in London for two 
years.
U Londonda ikki yil (davomida) 
bo‘ldi.
How long have you known him? 
Uni qachondan buyon taniysiz 
(bilasiz)?
I  have known him since my child-
hood.
Men uni bolaligimdan buyon 
taniyman (bilaman).

102
5.  Present Perfect Continuous o‘tgan zamonda boshlanib bevosita 
hozirdan oldin tugagan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi. Davom 
etgan vaqt ko‘rsatilishi ham, ko‘rsatilmasligi ham mumkin:
I feel tired as I have been working 
in the garden for several hours.
Men charchadim chunki men 
bog‘da bir necha soat (davomida) 
ishlagan edim.
Although the sun is shining, it is still 
cold as it has been raining hard.
Quyosh charaqlab turgan bo‘lsa 
ham, hali ham sovuq edi, chunki 
kuchli yomg‘ir yoqqan edi.
The Past Perfect Continuous Tense
O‘tgan tugallangan davom zamonning yasalishi
1.  Past Perfect Continuous to be fe’lining  Past Perfect shakli  (had 
been)  va asosiy fe’lning hozirgi zamon sifatdoshi (Present Participle)
shakli yordamida yasaladi:
Ega + had + been + Ving
 
had been working, he had been working.
2. Past Perfect Continuousning bo‘lishsiz shakli birinchi yordamchi fe’l 
haddan keyin not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:
Ega + had + not + been + Ving
 
had not been working, he had not been working.
3.  Past Perfect Continuousning so‘roq shaklini yasash uchun birinchi 
yordamchi fe’lni eganing oldiga o‘tkazamiz:
Had + ega + been + Ving?
 
Had been working? Had he been working?
Bo‘lishli shakli
Bo‘lishsiz shakli
So‘roq shakli
 I had been working
 He (she, it) had been
 wor king
 We had been working
 You had been working
 They had been working
 I had not been wor king
 He (she) had not been
 working
 We had not been working
 You had not been working
 They had not been wor-
  king
  Had I been working?
  Had he (she, it) been working?
  Had we been working?
  Had you been working?
  Had they been working?

103
O‘TGAN TUGALLANGAN DAVOM ZAMONNING ISHLATILISHI
1.  Past Perfect Continuous Simple Past zamoni bilan ifodalangan 
birorta o‘tgan zamondagi ish-harakatdan oldin boshlanib o‘sha paytda ham 
davom etadigan ish-harakatni ifodalaydi. Past Perfect Continuousning 
ishlatilishi uchun for two hours ikki soat (davomida), for three
months uch oy (davomida), for a long time uzoq vaqt (davomida) kabi vaqt 
ko‘rsatkichlari bo‘lishi shart:
had been working for a long time 
when my brother came.
Akam kelganida men uzoq vaqt 
ishlayotgan edim.
His sister had been living in Lon-
don for three years when the war 
broke out.
Urush boshlanganda uning opasi 
Londonda uch yil (davomida) 
yashayotgan edi.
It  had been raining for two hours 
when I left home.
Men uydan chiqqanimda yomg‘ir 
ikki soat davomida yog‘ayotgan 
edi.
2. Yuqoridagi misollarda ilgari aytib o‘tilgan vaqt ko‘rsatkichlari bo‘l-
masa Past Perfect Continuous o‘rnida Past Continuous ishlatiladi:
O‘tgan zamondagi biror vaqtdan oldin boshlanib o‘sha vaqtda ham
davom etayotgan ish-harakati
 Qancha vaqt davom etganligini ko‘rsa -
 tuvchi vaqt ko‘rsatkichi bilan
 Qancha vaqt davom etganligini ko‘rsa-
  tuvchi vaqt ko‘rsatkichi bo‘lmasa
 1. I had been working for a long time
 when my brother came.
 2. His sister had been living in London for
 three years when the war broke out.
 3. It had been raining for two hours when
 I left home.
 4. She had been sleeping for three hours  
 when we returned.
 I was working when my brother came.
 His sister was living in London when the
 war broke out.
 It was raining when I left home.
 She was sleeping when we returned.
3. Past Perfect Continuous o‘tgan zamondagi birorta ish-harakatidan oldin 
boshlanib o‘sha ish-harakatdan bevosita oldin tugagan ish-harakatni ifo dalash 
uchun ham ishlatiladi. Gapda davom etgan vaqtni ko‘r satuvchi ko‘rsatkichlar 
mavjud bo‘lishi ham, mavjud bo‘lmasligi ham mumkin:
Although the sun was shining, it was 
still cold as it had been raining hard 
for two hours.
Quyosh charaqlab turgan bo‘lsa 
ham hali ham sovuq edi, chunki 
ikki soat (davomida) qattiq yom-
g‘ir yoqqan edi.
He felt very tired when he came 
home as he had been playing foot-
ball.
U uyga kelganida qattiq charcha-
ganini his qildi, chunki u futbol 
o‘ynagan edi.

104
The Future Perfect Continuous Tense
 Kelasi tugallangan davom zamonning yasalishi
1. Future Perfect Continuous to be fe’lining Future Perfectdagi shakli 
(shall have been, will have been) va hozirgi zamon sifatdoshi (Present Par-
Download 3.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling