Инглиз тили Ўқитувчиси, Н. А. Нематова Cho’lponning adabiyot to’g’risidagi qarashlari Annotasiya


Download 22.23 Kb.
bet2/2
Sana12.12.2021
Hajmi22.23 Kb.
#179955
1   2
Bog'liq
maqola adabiy tanqidchilik 2020

)

“Adabiyotatamasi kishilarga yaxshi xulq va umuman hayotni to’g’ri tushunish va to’g’ri yashashni o’rgatish maqsadida yozilgan asarlar deb tushuniladi. O’zbek adaboyotiga “adabiyot” atamasi XX asrda kirib kelgan. Undan oldin esa bu atama o’rnida turli so’zlar “nazm”, “manzuma”, “ nasr”, “bayoz”, “devon” kabi so’zlar ishlatilgan. XX asrga kelib bu so’zlarni umumiy qilib “adabiyot” so’zini ishlatish odat tusiga kirdi. Adabiyotshunoslikning o’ziga xos tarkibiy qismlarini olimlarimiz ajratib chiqishdi. Unga ko’ra “adabiy tanqid”, “adabiyo tarixi”, “adabiyot nazariyasi”, “adabiy manbashunoslik”, “adaboiy matnshunoslik” kabilar kiradi.

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlaridan biri adabiy tanqidchilik bo’lib, o’zbek adaboytshunosligida IX-XIX asrlar va XX asr tanqidchiligi deb o’rganiladi. O’zbek adabiy tanqidchiligini o’rganish bo’yicha O’zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot institut olimlari ikki tomlik “O’zbek sovet tanqidi tarixi” (1987), B.Valixo’jayevning “O’zbek adabiyotshunosligi tarixi. X –XIX asrlar” (1993), A.Hayitmetovning “Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlari” (1959), H.Qudratullayevning “Boburning adabiy tanqidiy qarashlari” (1983) kabi bir qator kitoblari nashr qilindi. O’zbek adabiy tanqidchiligini metodologik jihatdan T.Boboyev ikki tipga ajtatib o’rganadi:

a) IX asrdan tortib XIX asr oxirigacha bo’lgan O’zbek adabiy tanqidcgiligi:

b) XX asr o’zbek adabiy tanqidchiligi deb yuritiladi.

Biz mana shu ikki tipga bo’lingan o’zbek tanqidchiligiga xos bo’lgan, baralla u haqida qarashlarimiz va fikrlarimizni ayta oladigan ham shoir, ham nosir, ham dramaturg, ham tarjimon, ham publisist sifatidagina emas, balkim uni barkamol adabiyotshunos, san’atshunos ham deb biladigan adib Abdulhamid Cho’lponning adabiy tanidchiligi yo’lida qilgan ishlari haqida so’z yuritamiz. Cho’lponning badiiy asarlari xalqqa ma’naviy ozuqa berishdek vazifani bajarsa, adabiy tanqidiy maqolalari ham adabiyot to’g’risida fikr-mulohazalar yuritishimizga debocha bo’lib xizmat qiladi. Bir necha tarix oralig’ida uning ijodi to’g’risida judayam mavhum tasavvurga ega edik. Mustaqillikdan so’ng o’z tariximizga, ma’naviyatimizga qaytishimiz o’zligimizni to’la qonli anglab yetishimizga yo’l ochib berdi va shu qatori o’zbek adiblarimizning biz bilmay, tushunmay kelgan sarhadlarini o’rganishimiz, ularni xalqimizga to’la qonli yetkazib berishimiz uchun imkoniyatlar tug’ildi. Shu qatorda buyuk adibimiz xalqimizning ardoqli farzandi Cho’lponning ijodi to’g’risidagi mavhum qarashlarimizni oydinlashtirishga ham kirishdik. Uning badiiy adabiyotimizga qo’shgan she’rlari, tarjimalari, adabiy tanqidchilik yo’lida qilgan ishlarini yosh tadqiqotchi olimlarimiz o’rgana boshlashdi. Jumladan, Sh. Turdiyev, U.Dolimov, Z.Eshonova, N.Yo’ldoshevlar Cho’lponning inqilobdan oldin va undan so’ng chop etilgan ilmiy maqolalarini izlab toppish va ularni o’rganish ustida ancha izlanishlar qilishmoqda. Shoirning 1914-1937 yillarda chop etilgan adabiy tanqidiy maqolalari taqdim etildi. Olimlarimiz Cho’lpon ilmiy tanqidchiligiga oid bo’lgan 63 ta ilmiy maqolalar ro’yxatini taqdim etishdi. Izlanishlar davomida bu ko’rsatkich yana o’sishi ko’zda tutilmoqda. O’tgan asrning 20-30 yillarida o’zbek adabiyotini shakllantirish juda murakkab muhitda Cho’lponning adabiy qarashlarini kamsitib qarab, past baho berish mumkin emas. Cho’lpon san’at nazariyasida yangi bir sahifa ochmagan bo’lsa-da, lekin uning o’z qarashlai ma’naviy uyg’onish, rivojlanish jarayonida dolzarb muammolarga javob topishga intildi. Sovet tuzumini Cho’lpon adib, san’atkor sifatida o’sishiga ta’sir etganligini uning taqdiridan ko’rishimiz mumkin va buni hech kim inkor eta olmaydi. Rabindranat Tagor, italyan dramaturgi Karlo Gontstsi, Gorkiy, Pushkin, Matyoqub Harratov,

Uning ilk adabiy tanqidchilikda 1914 yil 14 yoshida “Sadoi Turkiston” gazetasida “Adabiyot nadur” maqolasi chiqdi. Bunda yosh ijodkorning adabiyotga qo’ygan ilk qadamida maqola qisqa bo;lishiga qaramasdan unda adabiyot haqida o’z fikr mulohazalarini qisqa, tushunarli qilib yoritib bergan. Unda shunday fikrlar mavjud “ Adabiyot yashasa – millat yashar. …. Maishat yo’lida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdur” degan so’zlarni tan olishimiz kerakki, adabiyot orqali xalqni orzu umidlarini ko’rsatib bera olishligimizni, millatga haq yo’lni ko’rsatishimizga ham adabiyot suv va havodek zarurliginiadibimiz yosh bo’lishiga qaramasdan anglab yetgan. U millatning farovon hayoti, istiqbolli kelajagi, ma’naviyatining yuksak bo’lishi to’g’risida qayg’urdi. O’sha paytdagi bir qator jadidchilar bilan birgalikda millatni oydin kunlarga yetaklashning, erksizlikdan, mustamlakachilikdan qutqarib qolishning birdan-bir kurash- mustamlakachilikdan xolos bo’lish, bu kurashda qurol o’rnida adabiyotdan foydalanish eng to’g’ri yo’l ekanligini tushunib yetdi. U bu yo’lda o’ziga shior qilib adaboyot yashasa-millat yashar deb oldi. “Adabiyot nadur” maqolasini chuqurroq, teranroq tahlil qilsak, adabiyot orqali qadam bosgan inson ruhiyatiga ta’sir o’tkazish ham quvontirish, ham xafa qilish mumkinligini tushundi.

“Muhtaram qalam ahllari milliy maishatni yomon deb bezmay, zohirda bo’lsa ham to’ylarda, gapxonalarda, bachchabozlar majlisida, bazmlarda va shunga o’xshash millatning eng tanqid qiladurgann o’rinlarda birga aralashib yurmaklari kerakdurki, toki komil o’ha odatlarini kitob sahifalarida chiroyliroq qilib yozgunday bo’lsunlar. …. Kitob betlarida ko’chirib yozmoqqa materiallarning eng asllari xalq orasidan olinur”. Adib bu bilan xalq hayoti ichida yurish, xalqning o’zidan olib yana o’ziga chiroyli qilib yetkazib berish zarur deb qalam ahliga murojaat qiladi. Bir marotaba o’qigandan bu maqolani soda tilde yozilganligini fahmlaysiz, hech narsa topolmaganday, tushunmaganday tuyuladi sizga, lekin chuqurroq, e’tiborliroq bo’lsangiz uning fikrlari qanchalik qiymatga ega ekanligini tushunib yetasiz.

Yana bir 1925 yilda “Maorif va o’qituvchi” jurnalida buyuk hind shoiri Rabindranat Tagorga bag’ishlanadi. O’lab qolishimiz mumkin nega aynan hind shoiri rus shoiri emas, ozarboyjon shoiri emas yoki o’zbek shoirlaridan biri emas. Maqolani qayta qayta o’qib unung zamirida nima mujassamlanganligini tushunib yetamiz. Cho’lpon o’zbek adabiyoti to’g’risida qayg’uradi, uni dunyoning ilg’o adabiyotlari qatorida bo’lishini xohlaydi, g’arb va sharq ijodiy tajribalariga tayanib ish yuritishda deb biladi.

Cho’lpon o’zbek adiblari orasida birinchilardan bo’lib Alisher Navoiyning 500 yillik yubeliyni hfgfgfgo’tkazish masalasini qo’yib “500 yil” maqolasini chop ettiradi. Alisher Navoiy o’zbek xalqining jahon madaniyati xazinasiga qo’shgan hissasini yuqori baholaydi.

“Qalamning toyilishi”,

U otashin millatparvar edi, millatning madaniyatsizligi borasida o’rinsiz aytilgan ta’na dashnomlarga, tanqid bilan qaraydi.



Cho’lpon hech qachon hukmron mafkura ta’siriga berilmagan, uni o’zida millat madaniyat, siyosat, adabiyot to’g’risida o’z qarashlari bo’lgan. U ham boshqa adiblar qatorida sovet tuzumi aldovlariga ishongan va bu iskanjadan qutilish maqsadida o’zining turli mazmundagi maqollarini gazeta va jurnallarda taqdim etgan.
Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling