Ingliz va o‘zbek tili izohli lug‘atlarida
ko‘chma Biror noqulay holatdan qutulish uchun qo‘llaniladigan chora, ayyorlik; hiyla, makr. Bu muttahamning hunari hali ko‘p. –
Download 37.15 Kb.
|
9- maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Macmillan English Dictionary
3. ko‘chma Biror noqulay holatdan qutulish uchun qo‘llaniladigan chora, ayyorlik; hiyla, makr. Bu muttahamning hunari hali ko‘p. – Janobi oliy va darbar ahllarining ming hunarlari bor. Ayniy, Buxoro jallodlari. Hunar ishlatmoq 1) o‘z san’at, mahoratini namoyish qilmoq. Ali bor ovozi ila hamma hunarini ishlatib, g‘azal tugaguncha ashulani aytib bordi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar; 2) ko‘chma biror qiyinchilik, og‘ir vaziyatdan qutulish uchun hiyla ishlatmoq, ayyorlik qilmoq. U bir hunar ishlatib jazodan qutulib qoldi.
4 s.t . ko‘chma Kelishmagan xatti-harakat, odat, qiliq, fe’l. Uning bunaqa hunari yo‘q edi. – Kesatiq hunari esingdan chiqdimi, deb turgan edim. Har nechuk yodingda ekan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Hunar ko‘rsatmoq 1) biror ishga bo‘lgan qobiliyatini, mahoratini namoyish qilmoq. Gulsum o‘z hunarini ko‘rsatish uchun, faqat ana shunday ta’sirli bir gapni kutib turgan ekan, xolos. P. Tursun, O‘qituvchi; 2) ko‘chma kishiga yoqmaydigan ish, qiliq qilmoq. Bitta erka qizim, nima hunar ko‘rsatdi -yu, bulardan nima huzur ko‘rardim! R. Rahmonov, Mehr ko‘zda11. Q.X.Xonazarov tahriri ostida 1988 - yilda yaratilgan Ensiklopedik lug‘atda berilgan izohga ko‘ra: Kasb [hunar], 1. muayyan tayyorgarlikni talab etib, odatda tirikchilik manbai bo‘lgan mehnat faoliyati. 2. Kasb-hunar leksikasi [professionalizmlar] muayyan kasb yoki hunar egalari nutqiga xos so‘zlar yoki tushunchalar majmui. Masalan gajak [naqqoshlikda], zanjira [ganchkorlikda], zulf [zargarlikda] va h.k12. Shuningdek, A.Madvaliyev tahriri ostida 2006-yilda yaratilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da [kasb leksemasi arabcha so‘z bo‘lib, biror narsani o‘rganish, egallash, foyda; hunar, mashg‘ulot] 1. Ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, sohasi; hunar. Bu kishi o‘zlari hosilot, kasblari agronom, kechki maktabda muallimlik ham qiladilar. A . Qahxor, Qo‘shchinor. Hayotda shunday odamlar bo‘ladiki,ular butun umrlarini faqat bir ishga, biror kasbga bag‘ishlaydilar. X.Yodgorov, Hayot to‘lqinlari. 2.Umuman odat qilingan ish; odat. Molning tilini bilish ham o‘ziga yarasha kasb ekan. O‘. Umarbekov, Shonli avlod. Foydaxo‘rlik — tan - suyagingizga singib ketgan kasbingiz. H. G‘ulom, Mash’al. Xotinini qo‘shib amal olish u sizning kasbingiz, ming boshi! M. Ismoiliy, Farg‘ona t. o13. Shu manbada hunar[arabcha – san’at; bilim, ko‘nikma, mahorat,ustalik ;kasb] 1 Muayyan ko‘nikma,mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashg‘ulot; kasb. Hunar, hunardan unar. Maqol.Yigit kishiga yetmish hunar oz. Maqol. Onam ham o‘qituchi, Bir hunari – to‘quvchi, Men - chi a’lo o‘quvchi.. Q. Muhammadiy. Yigitning qo‘lida gulday hunari bor. Oybek, Tanlangan asarlar. Otasining hunarini yaxshi egallab olgan bu yigitcha uchun qishloqda ish ko‘p edi. S.Ahmad, Hukm – Boshqa bir hunarga bersak bo‘lmaydimi? – dadamning sartaroshlikka hech ko‘gillari yo‘q edi. E.Raimov, Ajab qishloq. 2. Biror ishdagi mahorat, san’at; mohirlik, ustalik talab etuvchi ish, xatti- harakat … Hunarining borin unda bildirgan,Kungurasin po‘latdan qip endirgan. A.Qahhor. Tanlangan asarlar. Chekinish uchun ham hunar kerak.. bu ham san’at talab qiladi. Oybek, Quyosh qoraymas. 3.Odat tusidagi ish, harakat. Ammo eski hunaringizni qilib, otamga chaqsangiz,mendan shafqat kutmang! Mirmuhsin, Me’mor. Uyda qovog‘ini osiltirib, ko‘chada begona ayolni ko‘rganda iljayadigan, tirjayadigan hunarga o‘rganadi. “Mushtum”. Kesatik hunarning esingdan chiqdimi, deb turgan edim. A.Qodiriy,Mehrbdan chayon. 4. Bo‘lmag‘ur, kelishmagan xatti-harakat, qiliq, odat. Abdishukur,ovozni bunchalik boshqacha qilishni kimdan o‘rganding? Hunaringga balli-e.. Oybek, Tanlangan asarlar. G‘aroyib kuchdan “sher” bo‘lib ketgan bolalar tarbiyachilarini ko‘rib xijolat tortish,izza bo‘lish o‘rniga g‘ilaylashgan ko‘zlarini suzib,o‘z “hunar”larini davom ettiraverishdi. Gazetadan14. A.Madvaliyev tahriri ostida 2020 yilda yaratilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan ta’rifga ko‘ra kasb - kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (mas, vrachlik kasbida xirurg, oftalmolog, dermatolog va b.). Kasb odatda, shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi15. A.Madvaliyev va D.Xudayberganova tahriri ostida 2022 yilda chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan tasnifga ko‘ra kasb leksemasi arabcha so‘z bo‘lib, biror narsani o‘rganish, egallash, foyda; hunar, mashg‘ulot] Ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, sohasi; hunar16. Shu manbada hunar [arabcha – san’at; bilim, ko‘nikma, mahorat,ustalik ;kasb] 1 Muayyan ko‘nikma,mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashg‘ulot; kasb. Hunar, hunardan unar. Maqol.Yigit kishiga yetmish hunar oz17. Ingliz tilidagi lug‘atlarni tahlil qilish jarayonida profession/craft, kasb-hunar leksikasi haqida berilgan izohlar turlicha ekanligi aniqlandi. Ingliz tilining mashhur “Macmillan English Dictionary” lug‘atida profession a job that you need special skills and qualifications to do [kasb - bu sizga maxsus ko‘nikma va malaka talab qiladigan faoliyat] deb, tariflangan bo‘lsa, ingliz tilining “Oxford Advanced Learner’s Dictionary” lug‘atiga berilgan izohda esa profession 1. A type of job that needs special a belief or position that needs a high level of education. [ Ish-faoliyatiga doir ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror kasb turi, sohasi ekanligi qayd etilgan. Yuqoridagi lug‘atlarda keltirilgan kasb – hunarga oid misollar ham turlicha. Biroq keltirilgan izoh va misollar turlicha bo‘lganligi bilan kasb va hunar leksemalarining umumiy mazmun va mohiyati bir-biriga hamo-hangdir. Izohli lug‘atlarda kasb-hunar leksikasidagi sharhidagi farqlar haqida ham to‘xtalsak, O‘TILning 1981 yilda nashr qilingan ikki tomlik va 2006-2008 yillarda nashr qilingan 5 tomlik nashrlarini, 2021 va 2022 yillarda chop etilgan 6 tomlik izohli lugatlarni tahlil qilib, ushbu nashrda kasb-hunar leksikasidagi izohlar turlicha ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Biroq, bizning nazarimizda, izohli lug‘atlarda berilgan ta’rif va tasniflar turlicha bo‘lganligi bilan kasb-hunar leksikasi to‘grisidagi berilgan sharhlar ushbu leksemalarning umumiy mazmunini ifodalab keladi. Download 37.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling