Ingliz va o’zbek tilidagi allalarda murojaatni ifodalovchi so’zlar
Download 26.9 Kb.
|
1. .Murojaatni ifodalovchi so'zlar PUBLISHED
Kalit so’zlar: alla, murojaat, bola, ma’no, qiyoslash
Keywords: words, references, children, meaning, comparison Ключевые слова: слова, ссылки, дети, значение, сравнение Har bir xalq o’zining o’ziga xos an’ana va udumlariga ega. Asrlar bo‘yi yaratilib, zukko xalqning yuksak ijodiy salohiyati tufayli sayqallanib kelgan ana shunday an’analar aslida o‘sha millatning o‘zligini, milliy qiyofasini belgilaydi. Alla aytish an’anasi ham ana shunday betakror va muhtasham badiiy qadriyatlardan hisoblanadi.[1,122] allalar ma’lum bir ma’noda onalarning ruhiy ko’zgusidir. Onaning ohanglari ichida davr muhiti, jamiyatda bo’lib o’tayotgan voqealar, kishilar o’rtasidagi munosabatlar, qarama-qarshiliklar oddiy so’zlarning go’zal va badiiy, ruhiy qudrati o’z ifodasini topgan. Allalar odatda farzandga kuylanib uning shaxsini aniqlash qiyin kechadi. Onaning aynan kimga murojaat qilayotganini matn so’zlaridan bilish mushkul. Chunki allalarda ko’pincha ikkala jins vakiliga ham birdek murojaatni uchratishimiz mumkin. Ammo ayrim murojaatni ifodalovchi so’zlar bizga buni aniqlashda yordam beradi. Ularni bilish orqali esa biz allalarni noto’g’ri tarzda kuylashdan o’zimizni saqlay olamiz. Sinli, sinli sinbatlim. Narasherday kelbatlim, Qushday shunqor kelbatlim, Ulug’ shoxday savlatlim. Alla, bolam, alla-yay, Jonim bolam, alla-yay. [3, 26] Ushbu matnda keltirilgan sinbatlim, kelbatlim, shunqor va savlatlim kabi so’zlar o’zbek tilida faqat o’g’il bolalarga murojaatni ifodalashda ishlatiladi.
Sendan kelar gul isi, alla-yo alla. Ota-onasin qo’zichog’i, alla-yo alla, Momosining erkatoy qizi, alla-yo alla. [3,54] To’rtlikda keltirilgan ko’zmunchoq, qo’zichoq so’zlari qizaloqni erkalatishda ishlatiladi. Garchi qo’zichoq so’zini o’g’il bolaga ham, qiz bolaga nisbatan ham qo’llash mumkin bo’lgani holda ko’zmunchoq so’zi faqatgina qiz farzandga nisbatan qo’llaniladi. Oxirgi qatorda keltirilgan ‘erkatoy qizi’ jumlasisiz ham she’rning dastlabki satrlaridan va ular anglashayotgan ma’nodan allani qiz farzandga atab kuylangani ma’lum bo’lmoqda. Farzandga murojaatni ingliz allalari namunasida ko’radigan bo’lsak, unda ham xuddi shunday misollarni guvohi bo’lishimiz mumkin. Download 26.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling