Ingliz va o’zbek tilidagi allalarda murojaatni ifodalovchi so’zlar


Download 26.9 Kb.
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi26.9 Kb.
#199918
1   2   3   4
Bog'liq
1. .Murojaatni ifodalovchi so'zlar PUBLISHED

Sutdan oppoq, guldan islim,

Shirinlikda yo’qdir misli,

Alla-yo alla.

Olti o’g’lonning sultoni,

Senga qoqindiq shu jonim,

Alla-yo alla. [3,92]


Guldan islim va olti o’g’lonning sultoni iboralari allaning murojaat ifodalovchi so’zlari bo’lib, ona farzandini gul hididan ham hushbo’y hidga ega ekanligini tarannum etmoqda. Olti o’g’lonning sultoni iborasi orqali esa ushbu farzandni oilada oltinchi farzand ekanligidan dalolat beradi. Ushbu murojaatdan oilada 6 ta o’g’il farzand borligi va ona kenjatoyini shu olti farzandning ‘sultoni’ deya erkalatayotganini guvohi bo’lishimiz mumkin.

Alla desam, bog’im bor, alla,

Biring- olma, biring- nor, alla,

Shukronalar aytarman, alla,

Qanchalar tirnoqqa zor, alla. [4,78]



Egizaklar allalari faqat o'zbek tiliga xosdir. Egizaklar allalari so'zlari har doim, ot yoki fe'l bo'lishidan qat’i nazar ko'plik shaklda beriladi. Ba'zan kuylovchi ularning har biriga bitta-bitta murojaat qiladi. Qanday bo'lmasin, egizaklarning ikkalasi ham teng shartlarda aytib o'tilgan. Biroq ushbu turni ingliz allalari orasida uchrata olmaymiz. Berilgan namunada kichkintoylar ‘olma’ va ‘nor’ ya’ni anorga o’xshatilmoqda.

Litte Jesus, sweetly sleep, do not stir;

We will lend a coat of fur,

We will rock you, rock you, rock you,

We will rock you, rock you, rock you;

See the fur to keep you warm,

Snugly round your tiny form. [5,18]


Ingliz tilidagi ushbu alla namunasida kichkintoyga to’g’ridan to’g’ri Litte Jesus (kichkintoy Iso) deya murojaat qilinmoqda. Bilamizki, Iso Masih islomda Muhammad(sav)dan oldingi payg’ambar sifatida alohida e’zozlanadi. Unga “Bani Isroil” qavmini hidoyatga boshlash uchun payg’ambarlik darajasi iroda etilgan. Yahudiylarni noto’g’ri yo’ldan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntirgan. Bundan shu narsa anglashiladiki, ona o’z farzandini kelajakda Iso Masihdek buyuk bo’lib voyaga yetishini istaydi. Ehtimol bu alla namunasi aynan Bibi Maryamning o’zi tomonidan Iso Masihga kuylangandir.


Ostonada bug’doy ungay,

Ravzasida bulbul sayrar,

Bir Muhammad menga yetgay.

Alla Muhammadim, alla,

Alla, jon Ahmadim, alla!


Omina xotin onasi,

Abdulmuttalib bobosi,

Alla, Muhammadim, alla,

Alla, jon Ahmadim, alla!


Xuddi shunday holatni o’zbek allalari orasida ham uchratishimiz mumkin. Yuqoridagi alla namunasi buning yaqqol isbotidir. Alla matnida bola payg’ambarimiz Muhammad (sav)ga qiyoslanmoqda. Uningdek to’g’riso’z, halol bo’lishi, ta’madan yiroq, sabrli, shukrli va u zotdek go’zal xulqli inson bo’lishini istagan holda farzandiga ‘Muhammadim’ deya murojaat qilinmoqda.

Xulosa qilib aytish mumkinki, har ikkala tilda foydalanilgan leksik vositalar kuylovchining ko’nglidan o’tganlarinigina ifodalab qolmay, xalqning tafakkur tarzini ham o’zida mujassam etadi. Murojaatni ifodalovchi leksik birliklar orqali esa allani aynan qaysi shaxsga mo’ljallanganligini bilib olish mumkin. Bu esa kundalik hayotimizda uni noto’g’ri yo’sinda qo'llashdan oldini oladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1. S.R. Mirzayeva, Xalq og’zaki ijodi. Majmua. Andijon 2012

2.Barbara and Michael Cass-Beggs. Folk lullabies of the world.Oak publications. London. 2014.

3. Ohunjon Safarov.O’zbek xalq allalari. ‘Alla-yo alla’.O’qituvchi.1999.



4. Ohunjon Safarov. El suyarim, alla. Toshkent. O’zbekiston. 2009.

5. Jannat Messenger. Lullabies and baby songs. Springbourne Press Ltd. New York.1988
Download 26.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling