Ingliz va o`zbek tillarida antonim so`zlar va ularning xususiyatlari


Download 95.52 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi95.52 Kb.
#1631760
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Antonimlar


INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA ANTONIM SO`ZLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Antonimlar va ularning hosil bo‘lish yo‘llari.
2. Ingliz tili antonimlarning turlari.
3.  Paronomiya hodisasi haqida
4. O`zbek tilida antonimlar va ularning hosil bo‘lish


1. Antonimlar va ularning hosil bo‘lish yo‘llari.
Antonimlar (anti … va yun. onoma — ism, nom) — zid maʼnoli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland — past, uzun — qisqa); 2) affik-A. (suvli — suvsiz); 3) sintaktik A. (yuz - bashara).
Antonimlar (zid maʼnoli soʻzlar) — grekcha anti — „zid“, „qarama-qarshi“ onoma yoki onyma — „nom“ degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlardir, yaʼni maʼnosi bir-biriga zid maʼnoli soʻzlar antonim deyiladi.
Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha maʼno jihatdan oʻzaro qarama qarshi boʻlishi kerak. Feʼllardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar baʼzan juft holda qoʻllanib maʼno kengaytiradi yoki maʼno ifodalaydi: tunu kun (har doim). Koʻp maʼnoli soʻz oʻzining har bir maʼnosi bilan ayrim-ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi. Yoki qattiq yer — yumshoq yer; qattiq (xasis) odam — saxiy odam.
Bundan tashqari unga sinonim boʻlgan shod, xushvaqt kabi soʻzlarga antonim boʻla oladi. Demak, bir soʻz sinonimik qatorni tashkil etuvchi soʻzlarning har biri bilan atnonim boʻla oladi: qattiq — yumshoq, saxiy; tez — sekin, ogʻir; chiroyli — goʻzal — xushroʻy — koʻhlik; xunuk — badbashara — badburush — taʼviya. Antonimik juftlar koʻchma maʼno ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga koʻchgan), achchiq-chuchuk (otga koʻchgan).
Antonim badiiy nutqda qoʻllanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi ogʻrir. Antonimlarni kel — kelma, bor — borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar feʼlning boʻlishli va boʻlishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil soʻz turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik — yomonlik (ot), uzun — qisqa (sifat), koʻp — oz (ravish), keldi — ketdi (feʼl). Nutqimizda lugʻaviy antonimlardan foydalanish fikrimizni taʼsirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid maʼnoli soʻzlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy sanʼat hosil qilinadi. Bunday sanʼatga tazod sanʼati deyiladi.
1. Antonimlar va ularning hosil bo‘lishi
Olamdagi narsa va hodisalarni kuzatsangiz, ular taraqqiyotining asosida muntazam qarshiliklar, ziddiyatlar yotganligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Қarama-qarshiliklar qonuni dunyo taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Turgan gapki, bu qarama-qarshiliklar tilda ham o‘z aksini topgan. YAxshilik bilan yomonlik, oqlik bilan qoralik, yorug’lik bilan qorong’ilik o‘rtasidagi ziddiyatlar asosida son-sanoqsiz qarama-qarshiliklar yuzaga kelganki, ularni ifodalash uchun har bir holatda alohida til birliklari jalb qilingan. Bu esa o‘z navbatida tilda yangi bir hodisaning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu til hodisasi antonimiya, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar esa antonimlar atamasi bilan yuritiladi. Antonimiya so‘zi grekcha anti-zid, onyma—nom so‘zlaridan olingan.
Antonimiya hodisasini belgilashda tilshunoslikda bir-biriga to‘g’ri kelmaydigan, zid fikrlar ham yo‘q emas. Har qanday qarama-qarshi turgan so‘zlarni antonimlar sifatida talqin qilish ham o‘rinli emas. Masalan, oq-qora, baland-past, sekin-tez so‘zlaridagi qarama—qarshi ma’nolar yaqqol sezilib turibdi. Ularda har ikki jihat: ham ifoda plani, ham mazmun plani bir - biriga zid qo‘yilgan. SHunga ko‘ra ularni lug’aviy antonimlar deyish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, antonimiyada ikkita til birligi ishtirok etmoqda. Biri ikkinchisi ifodalagan ma’noniig aks ma’nosini, teskarisini ifodalamoqda. Ikki til birligi orasidagi ma’noviy munosabat antonimiya hodisasini keltirib chiqarmoqda. Ikkisi birgalikda antonimik juftlikni tashkil qilmoqda.
Tol-terak, opa-singil, aka-uka ko‘rinishlarida ham o‘ziga xos ziddiyatlar bor, lekin ularni antonimlar deb bo‘lmaydi. Sababi antonimiya hodisasini belgilaganda ikki til birligi o‘rtasidagi semantik tuzilishga, ulardagi semalarning ziddiyatiga alohida e’tibor qilinadi.
Leksik ma’no (semema) muayyan komponentlardan semalardan tashkil topgan bo‘ladi. Antonimik juftlikni tashkil qilayotgan umumiy semalar ichida shu hodisani yuzaga chiqaruvchi bitta differentsial sema ham mavjud bo‘ladiki, shu sema asosida narsalar bir-biriga zidlanadi. Masalan, ikkita ko‘ylak material, bichim, tikuvchi, iste’molchi semalari bo‘yicha bir xil bo‘lishi mumkin, ammo rang semasida ulardan bittasi oq, bittasi qora bo‘lsa, mana shuning o‘zi ularni bir-biriga zidlash uchun kifoya qiladi. YOxud ikkinchi holatda rang semasi ham bir xil bo‘lib razmer semasida biri tor, ikkinchisi keng bo‘lsa ham antonimiya hodisasi kelib chiqadi. Demak, differentsial semalar asosidagina antonimiya hodisasi kelib chiqar ekan.
Odatda belgini bildiruvchi so‘zlar orasida farqlar yaqqol sezilib turadi:
baland-past, katta-kichik, uzun-qisqa, achchiq-shirin, tungi-kunduzgi kabi.
Ba’zan ot bilan ot, sifat bilan sifatdosh ham antonimik juftlikni hosil qilib qolishi mumkin: er-xotin, o‘g’il-qiz, xom-pishgan, o‘tkir-o‘tmas.
Antonimlarni tahlil qilgan olimlar ular orasidagi ziddiyatlarda quyidagilar yotganligini ta’kidlaydi.
1. Gradual (darajalangan), koordinatsiya qilingan qarama-qarshiliklar: baland-past, toza-iflos, arzon- qimmat kabi.
2. Konversiya, ya’ni bir so‘z turkumidan ikkinchi so‘z turkumiga o‘tgan so‘zlardagi qarama-qarshiliklar: yosh-qari, katta-kichik, urush-tinchlik (sifatdan, fe’ldan otga o‘tish holati mavjud)
3. Ikkilangan, ya’ni bir tushunchaning dixotolik holatiga asoslangan ziddiyatlar tuzli-tuzsiz, aqlli-aqlsiz, o‘rinli-noo‘rin singari.
Demak, antonimlardagi ma’no ziddiyatini ochib berish uchun ularni qismlab, ya’ni semik tahlil qilish lozim. Ularni tashkil etgan barcha belgilar majmui-ideografik semalar ichidan differentsial semani ajratgan taqdirimizdagina antonimiya hodisasini anglashimiz, topishimiz mumkin.
Antonimiyani hosil qilayotgan semalar belgilar strukturasiga semantik komponent deyiladi.
2. Antonimlarning turlari
Lingvistik adabiyotlarda antonimlarning turlari haqida har xil qarashlar bor. Ularga asoslangan holda birinchi galda antonimlarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish lozim.
1. Lug’aviy antonimiya: og’ir-engil, keng-tor, o‘g’il-qiz va shu kabilar
2. Grammatik antonimiya: uyli-uysiz, boobro‘-obro‘siz, serjahl-yuvosh kabi.
Lug’aviy antonimiyada o‘zak holatida til birliklarining qarama-qarshi ma’nolarni ifodalashi hisobga olinadi. Grammatik antonimiya esa morfemalar bilan yasash asosida ro‘y beradi.
Lug’aviy antonimiyani uchga bo‘lib o‘rganish mumkii.
a) leksik antonimiya; kech-erta, oq-qora, ingichka-yo‘g’on;
b) frazeologik antonimiya: yerga ursa, ko‘kka sakraydi — qo‘y og’zidan cho‘p olmagan, oq ko‘ngil - ichi qora kabi;
v) leksik — frazeologik antonimlar: xursand — ichini it tatalaydi, xafa— og’zi qulog’ida.
Ba’zi bir adabiyotlarda antonimlarni to‘la va yarim (chala, to‘liqsiz) kabi turlarga ajratish bor. O‘qigan-o‘qimagan, yur-yurma, ko‘ylakli-ko‘ylaksiz ko‘rinishidagi leksik birliklarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Ular oddiy inkorni ifodalayapti. Biror narsaga shaxsning ega yoki ega emasligini bildirmoqda. Bunga asoslanib ularni antonimlar deyish o‘rinli sanalmaydi.
Antonimlar leksik ma’no anglatadigan sememalar orasida bo‘ladi.
Leksik ma’no tarkibiga kiruvchi semalar ideografik semalar hisoblanadi. Bosh (to‘g’ri) ma’noli semalar antonimiyani hosil qiladi; quyuq-suyuq, oq-qora, tor—keng.
Hosila (ko‘chma) ma’noli semalar ham antonimiyani yuzaga keltirish mumkin; to‘g’ri (odam) -egri (odam). 3.Paronimiya hodisasi haqida
So‘zlar orfoepik va orfografik jihatlardan bir-biriga yaqinlashib, shakliy jihatdan o‘xshab qolishi mumkin.
Aytilishi va yozilishiga ko‘ra bir-biriga yaqinlashib qolgan so‘zlarga paronimlar deyiladi: oxur-axir-oxir, yoriq-yoruq, borlik-borliq kabi. O‘zbek tilidagi paronimlar deyarli yasama suzlarda uchraydi. Paronimiya hodisasining paydo bo‘lishida nutqiy jarayonlar, xususan intonatsiya, urg’u, bo‘g’in muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekcha so‘zlar monosillabik (bir urg’uli) bo‘lganligi uchun tub leksemalarda paronimiya hodisasi kuzatilmaydi, kam uchraydi.

Paronimiya hodisasini tashkil qilish uchun, albatta, ikkita komponent bo‘lishi shart. Bu komponentlarniig har biri o‘zicha mustaqil, bir-biriga buysunmagan, o‘ziga xos semantik strukturaga ega bo‘ladi. quyidagi misollarga e’tibor bering: kaft-kift, oraz-araz,tog’- dog’ kabi.


Paronimlarni aytilishi jihatidan bir xil, lekin yozilishiga va ma’nosiga ko‘ra har xil bo‘lgan omofonlar bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Masalan: yod-yot, bob-bop, mard-mart kabi.
Paronimlarni o‘z qatlamda ham o‘zlashma qatlamda ham uchratish mumkin: qarz-qapc, kiyik-qiyiq, ombor-ombyp kabi so‘zlar o‘zbekcha so‘zlar sanaladi.
Adam-odam, banda-bandi, mash’al-mahtal kabi so‘zlar arab va fors-tojik tillaridan o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlar sanaladi.
Paronimiya hodisasi badiiy adabiyotda so‘z o‘yinlari, qochirimlar yasashda keng ishlatiladi. Masalan: kurort so‘zining ko‘r ot, uzum so‘zining o‘zim, jinoyat so‘zining jin oyat tarzida qo‘llanilishi bunga misol bo‘la oladi. Bu hodisaga paronomaziya deyiladi.
Umuman olganda, tilda paronimlarning ham o‘z o‘rni bor, lekin ularni nutq hodisasi sifatida izohlash joiz.
Ma’lumki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan so‘ng, yurtimizda ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi, shu bilan birgalikda, xorijiy tillarni o‘qitishga oid turli islohotlar amalga oshirildi. Chet tillariga bo‘lgan e’tibor ham yanada oshdi. O‘zbek tili bilan bir qatorda ingliz, rus, nemis, fransuz kabi tillar ham o‘qitilishi davlatimizning porloq kelajagini bunyod etish maqsadida yo‘lga qo‘yildi. Umuman olganda,barcha tillar keng imkoniyatli va rang-barang tillar ekanini yaxshi bilamiz. Bugun biz ushbu maqolamiz orqali ingliz hamda o‘zbek tillarida antonimlarning qanday ahamiyat kasb etishiga to‘xtalib, ularga yangicha nigoh bilan qarashlikni oldimizga maqsad qilib qo’ydik va bu haqda qisqacha yozishga qaror qildik. Antonimiya bu semantik aloqadorlikni ifadalovchi konsept sifatida muhim lisoniy ahamiyat kasb etadi. Antonimlar odatda juftlik tarzida iborlarda (Yerga ursang, ko‘kka sapchiydi), maqollarda (Avval o‘yla, keyin so‘yla. A friend to everybody is a friend to nobody. (Hammaga do‘st bo‘lgan hech kimga do‘st bo‘lmaydi.)), va boshqa turli adabiy janrlarda (tazod: Bu yerda na g‘urbat, na ofat, na g‘am. Bunda bor: harorat, muhabbat, shafqat. G‘.G‘ulom) keng foydalaniladi vanutqqa o‘ziga xos bezak beradi. Bundan tashqari antonimlar til o‘rganishda ham o‘z o‘rniga lisoniy hodisadir. Masalan “tall” (baland so‘zi) “not short” (past emas) so‘zi bilan izohlanadi. Antonim so‘ziga olimlar turlicha ta’riflar berganlar. XIX asrda tilshunos S. J. Smit “antonim” tushunchasini oddiygina qilib “sinonim” tushunchasining teskarisi yohud aksi deb ta’rif berdi, keyinchalik esa bu ta’rif turli muhokamalarga sabab bo‘ldi, chunki ma’no torayib ancha soddalashib qolgandi. XX asrga kelib esa antonim konseptiga aniqlik kiritila boshlandi. Xususan, 1977-yilda Lyons antonimni zidalanish va qarama-qarshilik asosiga qurilgan so‘zlar munosabati deya ta’rif berdi. [2, 32] Masalan, ochmoq va yopmoq so‘zlari o‘rtasidagi aloqadorlik antonimiyani ifodalaydi. Boshqa bir tilshunos Lich esa antonim va antonimiyani semantik tushunchalar sifatida ta’riflab qarama-qarshi ma’nolar o‘rtasidagi aloqadorlik antonimiya, qarama-qarshi ma’noni esa antonim deb ataydi. [3, 54] Xitoylik mashxur tilshunos Hu Zhuanglin oddiygina qilib antonimiya qarama-qarshilik asosidagi aloqadorlik ekanini tasdiqlaydi. [1, 164] O‘zbek tilshunosligida dastlabki antonimlar tadbiqi o‘tgan asrning 70- yillarida R. Shukurov tomonidan tadqiqotlar amalga oshirildi va dastlabki “O‘zbek tilida antonimlar” nomli ilmiy asar yozildi. Ushbu asarda bir-biriga yaqin tushunchalar omonimlik, polisemiya va antonimiyaning farqlari ularning leksik-semantik xususiyatlari yoritib o‘tilgan. Bizning fikrimizcha bu asarda ham asosan antonimlarni yasalish jihatidan turlarga ajratilganligi, ya’ni shakl nuqtai nazaridan xosil qilinishi tadbiq etilganligi, ma’noning miqdoriy jihatdan antonimlarning tasniflanishi tahsinga loyiqdir. [4] Antonimlar formal jihatdan xosil bo‘lishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: leksik antonimlar (yaxshi-yomon, good-bad); affiksal antonimlar (muhim-nomuhim, important-unimportant) hamda sintaktik antonimlar (qalbi pok-ichi qora).Bulardan shunday ma’no anglashiladiki, antonimiya bu ma’lum bir lison birliklarining o‘zaro qarama-qarshiligi. Ingliz tili semantikasi o‘zbek tiliga nisbatan qisman murakkabroq bo‘lib, ularda antonimlarning 3 turi mavjud va ular: gradable antonyms-asliy antonimlar (beautiful-ugly ya’ni, go‘zal-xunuk); complementary antonymsto‘ldiruvchi antonimlar (day-night ya’ni, kun-tun);hamda relational antonyms-nisbiy antonimlar (teacher-pupil ya‘ni, o‘qituvchi-o‘quvchi). O‘zbek tilshunosligida antonimlarning leksik semantik xususiyatlariga ko‘ra tasnifini birinchi bo‘lib S.Usmonov boshlab berdi. Uning fikricha antonimlar bir-birini inkor etish darajasiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: to‘la va yarim. [5, 33] To’la antonim bu biz yuqorida keltirgan gradable (asl, asliy) antonimga to‘g‘ri keladi. Ular doim bir konsept doirasida vujudga keladi. Masalan, issiq-sovuq- hamma joyda, do‘st-dushmanhamma. Yarim antonimlarda esa o‘zaro zidlik kuchsizligi yaqqol sezilib turadi, lekin bu shuni anglatadiki, ular o‘rtasida hamon aloqadorlik va qarama-qarshilik mavjuddir. Masalan: aka-uka (ular umumiy tushuncha-farzand tushunchasi ostidabirlashsa-da, biri ikkinchisisiz ham mavjud bo‘lishi mumkin: ular muntazam juftlik xossasiga ega emaslar, lekin tenglik nuqtayi nazaridan bir xil darajadadirlar.) Yuqorida ta’kidlangan fikrlar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida ingliz tilidan farqli ravishda 2 ta leksik-semantik antonimlar turi bo‘lsa, ular ingliz tilida 3 tadir. Yana bir muhim farq shuki,buni ziddiyat ya’ni qarama-qarshilik deb olsak ham to‘g‘ri bo‘ladi, bizningcha. Ingliz tili grammatikasida antonimlarning uchinchi turi sanalmish “relational antonyms” (nisbiy) bizning tilda turlicha talqin qilinishi ham mumkin. Ularni ba’zi yuqoridagi kabi tilshunoslar, bizning milliy tilimizda bunday tur mavjud emas desalar, ba’zi adabiyotlarda esa, ingliz tilidagi “relational antonyms” (nisbiy) hisoblangan doctor-patient antonimlari bizda antonim sanalmaydi aksincha, shifokor-bemor shaklida oddiygina “uyadosh so’zlar” sirasiga kiradi. Farqlar mavzusini davom ettirar ekanmiz, o‘zbek tili antonimlarining tarkibiga kiruvchi «sintaktik antonimlar» bizning nutqimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan turlardan sanaladi. Chunki bunday antonimlar tom ma’noda iboralar asosida qurilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi (qo‘li uzun-qo‘li kalta, ya’ni, boy-kambag‘al ma’nosida). Bu tur ingliz tili grammatikasida mavjud emas. Lekin umuman olganda, ikki til o‘rtasida farqlar borligiga yarasha, o‘xshashliklarni ham topish mumkin.



Download 95.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling