Ingliz va rus tillarida insonning emotsional holatini ifodalaydigan frazeologik birliklarning lingvokognitiv


International Journal of Education, Social Science & Humanities


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1540280
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunov Mirzo Maxmudovich

International Journal of Education, Social Science & Humanities. 
Finland Academic Research Science Publishers
ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 7.502 Impact factor 
Volume-11| Issue-4| 2023 Published: |22-04-2023|
 
 
867 
Publishing centre of Finland 
To burst with joy iborasi ham xursandchilikdan oshib toshmoq degan 
ma‟noda qo‟llaniladi, (to feel full to a figurative point of bursting with happiness). 
Ex. “My daughter was bursting with joy while getting ready for her first day of 
school.” To weep for joy, means to cry out of pure happiness. Ex. “It was hard not 
to weep for joy when I saw my brother.” Mazkur ibora ham quvnoqlik sinonimik 
qatorda ishlatiladigan iboralarda ishlatiladigan frazeologik birliklardan biri 
hisoblanadi. To be on cloud nine frazeologik birligi esa “xursandligidan 
osmonlarda uchmoq” yoki rus tilidagi o‟zining ekvivalentiga ham ega deb aytish 
mumkin, “на девятом небе” frazeologik birligi ham xuddi ingliz tilidagidek 
“osmon” leksik birligini o‟z ichiga olgan, bu yerda ham tillardagi insonning 
emotsional holatini ifodalashda xizmat qiladigan iboraning shaklan va ma‟no 
jihatdan shakllanishi bir-biriga ancha yaqin ekanligiga amin bo‟lmoqdamiz. To be 
on cloud nine means to be overwhelmed with happiness, satisfaction, or 
excitement. Ex. “Rachel felt like she was on cloud nine when she finally bought her 
dream house.” 
Ko'rib turganingizdek, yuqoridagi barcha idiomalar quvonch va baxtni 
anglatadi. Endi biz g'azab va umidsizlikni tasvirlaydigan idiomalarga e'tibor 
qaratamiz. Ba'zida xotirjamlikni saqlash qiyin bo'lishi mumkin. Bunday paytlarda 
biz asabiylashish, umidsizlik yoki boshqa salbiy his-tuyg'ularni boshdan 
kechirishimiz mumkin. Bu idiomalar qayg‟uli, xafa va shunga o‟xshash salbiy 
ottenkali psixoemotsional holatni bildiradi hamda ularni idiomalar bilan 
tasvirlashda yordam beradi: 
To get under one‟s skin, means to annoy someone through behavior or 
communication. Ex. “As much as she tried, her teenager daughter‟s behavior got 
under Elaine‟s skin.” Biror kishining teri ostiga tushish, hatti-harakatlar yoki 
muloqot orqali kimnidir bezovta qilish, joniga tegishni anglatadigan ibora ingliz 
tilida ancha uzoq vaqtdan beri ishlatiladigan frazeologik birliklardan biri 
hisoblanadi. Ingliz tilida insonning psixoemotsional holatini bildiradigan yana bir 
frazeologizm bu “to push one‟s buttons” hisoblanadi, uning ingliz tilidagi ma‟nosi 
“to cause a strong reaction or emotional response in someone; to provoke a 
negative response”dir. Ushbu ibora o‟zbek tilida “biror bir kishida kuchli reaksiya 
yoki emotsional javobni berishga majbur qilish, salbiy ma‟nodagi javob berishga 
sababchi bo‟lish” degan ma‟nolarga ega, mazkur frazeologik birlikning rus tilida 
ekvivalenti yo‟q. Ex. “My brother knew exactly how to push my buttons and get 
me in trouble with our parents.” Keyingi salbiy ottenkali frazeologik birligimiz bu 
“to be on edge” hisoblanadi, “to be nervous, anxious, irritated, and/or unrelaxed”. 



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling