Kerakli masalliqlar:
700 gramm tovuq go'shti filesi
100-150 ml sut yoki qaymoq
100 gramm mol yoki qo'y go'shti yog'i
2 dona piyoz
1 dona tuxum
Ta'bga ko'ra tuz va murch
120-150 gramm oq non
0,5-1 stakan un yoki quritilgan non ushog'i (panirovka uchun)
0,5 stakan o'simlik yog'i
Tayyorlash usuli:
1. Tovuq go'shti va mol yog'ini yuving. Piyozni tozalang. Masalliqlarni go'sht maydalagich yoki blender idishiga mos ravishda to'rg'ang.
2. Go'sht maydalagich yoki blenderdan chiqaring.
3. Tayyorlangan qiymaga tuz soling.
4. Non bo'laklarini sut yoki qaymoqda uyuting.
5. Qiymani tuxum va uyutilgan non bilan birlashtiring.
6. Namlangan qo'lingizga osh qoshiqda qiymadan oling, kotlet shaklini bering. Un yoki quritilgan non ushog'iga yumalating.
7. Kotletlarni tovada qizdirilgan yog'da, o'rta olovda, qopqoq ostida, tilla tusga kirgunga qadar qovuring.
8. Mazali kotletlar tayyor!
Do'stlaringiz bilan baham: |