Monolit beton deb nimaga aytiladi? Monolit usulining afzalliklar- Monolit betonda bino poydevordan boshlab yaxlit xolatda bo’ladi.
Monolit beton- yordamida xar xil shakllarni qurilish jarayonida apolubkalar yordamida shakllantirish mumkin
Monolit beton- zil zila bardoshliklikga yaxshi ishlaydi
Monolit betonni – ishlatilish soxasida qo’l keladi ( gidrotexnika inshootlarida, yuqori bosim xosil bo’ladigan inshootlarda)
Monolit inshootda ishlar quruvchilarga yuqori tezlikda ishlash imkonini beradi
Monolit betondan foydalanilgan binoda quvur yorilsa pastgi qavatga suv utish xavfini pasaytiradi
Monolit betonning kamchiliklari – shundaki massasi jixatdan og’ir
Devorlari yupqa bo’lganligi sababli ovoz va issiqlik o’tqazuvchanligi past
Monolit beton usulida qurulish usuli uneversal usul emas
Monolit beton – qurilish sharoitini shakllantirish qiyin
Portlandsement deb nimaga aytiladi va qanday turlari mavjud? Portland sement (Inglizcha: Portland – Birlashgan Qirollikadagi yarim orol nomidan), suvga chidamli bogʻlovchi modda; qurilish materiali. Tarkibi asosan kalsiy silikatlardan iborat. Sementning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Klinker va gips (3—7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga maʼlum miqdorda (10—15%) faol mineral modda aralashtirilishi ham mumkin. Tarkibi, xossalari va qoʻllanish sohalariga koʻra, Portland sement oddiy, tez qotuvchan, gidrofob, sulfatga bardoshli, oq rangli, asbest-sement mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan va boshqalarga boʻlinadi. Portlandsementning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning qanchalik mayin tuyilganligiga bogʻliq. Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka bilan belgilanadi, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Portland sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material shuncha sifatli hisoblanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |