Injener-geodezik izlanishlar deb nimaga aytiladi?
-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga kiritiladigan ma’lumotlar
Download 84.31 Kb.
|
yo\'nalish bo\'cha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat yer kadastri nima Yer kadastri
14-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga kiritiladigan ma’lumotlar
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni olgan shaxs to‘g‘risidagi; yer uchastkasi to‘g‘risidagi (erning toifasi, foydalanish maqsadi, erning turi, uning sifati, chegaralari, maydoni, kadastr raqami va boshqa tavsiflari); yer uchastkasining berilish shartlari, uni saqlash vazifalari va servitutlar to‘g‘risidagi; tuman, shahar, viloyat hokimining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkasini davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun ajratiladigan zonaga kiritish xususidagi qarorlari to‘g‘risidagi; davlat ro‘yxatiga olinganlik haqidagi guvohnomaning tartib raqami va u berilgan sana to‘g‘risidagi. Yer kadastri daftariga qonunchilikda belgilangan boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Davlat yer kadastri nima? Yer kadastri - yer uchastkasini miqdor va sifat jihatdan baholash hisoblanadi. Yer kadastri, davlat yer kadastri — yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari oʻrni, oʻlchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda hujjatlar majmui. Yer kadastri „Davlat yer kadastri toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1998-yil 28-avgust) va ushbu qonunga oid meʼyoriy hujjatlar, yoʻriqnoma va uslubiy koʻrsatmalar asosida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlarini taʼminlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr maʼlumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashga qaratilgan davlat tadbirlar tizimi hisoblanadi. yer kadastri ga doir axborotlarni bir tizimga solinishi ularni saqlash, tahlil qilish va yangilab turish ishlarini ham oʻz ichiga oladi. yer kadastrini yuritish quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: mamlakat yer fondinn toʻla qamrab olish, fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qoʻllash, axborotlar ishlab chiqish metodining birligi va yer kadastriga oid axborotlarning toʻgʻri boʻlishi. yer kadastrini yuritish jarayoni quyidagilarni oʻz ichiga oladi: aerokosmik suratga olish, topografiya — geodeziya, haritagrafiya, tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanika, gidrogeologiya ga oid va boshqa izlanishlar va tadqiqotlarni oʻtkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish va baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatiga olish; yerlarni taqsimlash, ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi davlat xizmat organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish; yerlarning holati, mavjudligi va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish; joriy (mavsumiy) tadqiqotlar, suratga olish, yer oʻlchash ishlarini hamda yer monitoringi maʼlumotlaridan foydalangan holda yer kadastriga oid axborotlar bankini yaratish va uni tartibga solib turish. Download 84.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling