“Injenerlik geodeziyasi” fanidan on savollari
“KADASTR AGENTLIGI” TARKIBIDAGI KORXONALARNING
Download 399.96 Kb. Pdf ko'rish
|
GKMFX fanidan YaN savollari 2022
“KADASTR AGENTLIGI” TARKIBIDAGI KORXONALARNING
MEHNAT MUHOFAZASIGA OID TADBIRLAR BILAN TANISHISH 1. Qurilish obektida geodezik ishlarni bajarishda ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan mexnatni muxofaza qilish bo‘yicha soxa yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan mexnatni muxofaza qilish qoidalariga asoslanish kerak. GIBL(geodezik ishni bajarish loyihasi)da geodezik ishlarda mexnatni xavfsiz sharoitini taminlashni chora tadbirlari ko‘zda tutilishi zarur. 2. Geodezik ishlarni bajarishga geodezik va qurilish ishlarida mexnatni muxofaza qilish qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma olgan va uni o‘zlashtirgan, xamda bevosita ish joyida mexnat xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma olgan kishilar qo‘yiladi. 3. Transport xarakati serqatnov yo‘l chetida va ko‘p mexanizmlar ishlab turgan qurilish maydonchasida geodezik ishlarni bajarishda xarakatdagi transport va mexanizmlar yaqinida ish bajarayotganlar xavfsizligini taminlovchi aloxida kuzatuvchiishchilar safidan tayinlanadi. 4. Balandlik bo‘yicha 1,3 m va undan ortiqqa o‘zgaradigan joyda o‘rnashgan geodezist ish joyi ximoya yoki signal to‘siqlari bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim. 5. Balandlikda ishlash uchun meditsina ko‘rigidan o‘tgan kishi qo‘yiladi. 6. Kotlovanni qiyshaygan devori yonida, maxkamlanmagan ko‘tarma yer qirg‘og‘ida, yuk ko‘taruvchi mexanizm ilmog‘i ostida, xatto u ishlamayotgan bo‘lsa xam, ishlab turgan mexanizm yaqinida geodezik ishlarni bajarish mumkin emas. 7. Qish paytida grunt yoki beton qorishmani elektr toki bilan isitishda chiziq o‘lchash uchun po‘lat ruletkani tok ostidagi armaturaga tegib ketishdan saqlash kerak. Tok o‘tkazuvchi ochiq simla shtgan joylarda geodezik ishlarni bajarishda, ularni o‘chirib qo‘yishi zarur. Geodezik asboblar va moslamalarni qorong‘u paytida yoritish maqsadida faqatgina shaxtyorlar yoki cho‘ntak elektr fonaridan foydalanish kerak. 8. Geodezistlarni asboblar bilan bino ustiga chiqishiga faqat to‘siqlarga ega zinapoyalardan yo‘l qo‘yiladi. Zinapoyalar ishonchli maxkamlangan bo‘lishi kerak. Loy, qor va muzdan tozalanmagan zinapoyalardan geodezik asboblar bilan yurishdan voz kechish lozim. YUqoriga chiqishda trosdan, kanatdan foydalanish, xamda montaj satxini qirg‘og‘i, kapital devorlar ustida yurish man etiladi. Balandlikda geodezik asbob bilan bitta kolonnadan ikkinchisiga, xamda rigeldan rigelga to‘siqlar bildan taminlangan ko‘chirma ko‘priklardan foydalanib o‘tish ruxsat etiladi. Xavfli joylarda ishlashda ijrochi o‘zini ximoya belbog‘lar yordamida mustaxkam o‘rnatilgan konstruksiyalarga bog‘lab olishi va asboblarni tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. 9. Geodezistni montaj gorizontida ishlashida unga xavfli bo‘lgan teshiklar va ochiq joylar yopilishi yoki atrofi o‘rab qo‘yilishi lozim. 10. Binoni montaj satxlariga geodezik rejalash tarmog‘i nuqtalarini vertikal proeksiyalash teshikchalari ular orqali turli predmetlarni tushib ketishidan saqlangan bo‘lishi kerak. 11. Qurilish maydonchasida ishlarni bajarishda geodezist xavfli zonadan tashqarida bo‘lishi kerak. Geodezik asboblar montaj qilinayotgan elementdan, uning balandligidan bir yarim barobar uzoqlikda o‘rnatilishi kerak. 12. Oqava suv, suv o‘tkazgichlar quduqlari ichida ijroviy syomkalarni bajarishda ularda zararli gazlar yo‘qligiga ishonch xosil qilish kerak. Geodezik ishlarni bajarish quyidagi xolatlarda man etiladi: - kuchi 6 ball va undan ortiq shamol esayotganda, kuchli qor, yomg‘ir yog‘ishida, tumanda, ko‘rish sharoiti cheklangan sharoitlarda; - montaj satxlarida ximoya kaska va belbog‘siz, montaj va yuk ko‘taruvchi mexanizmlar tasiri zonasida; - sirpanchiq vaqtida qurilish maydonchasida; - shosse avtomobil yo‘llari xarakat qismida va temir yo‘llari, transport gabarit zonasida. 14. Qurilish maydonchasida lazer nuridan foydalanib ishlar bajarishda quyidagi extiyotkorlik choralarni ko‘rish lozim: - lazer asbobi korpusi va tok manbaasi erga ulanishi kerak; - lazer asboblari va tok manbaasini yoqilgan xolda ochish qatiy man etiladi, chunki bunda asbobdagi tok kuchlanishi 1500 – 2500 V ostida bo‘ladi; - razemlarni o‘chirish tok manbaasi o‘chirilgandan keyin kamida 1,5 daqiqa o‘tgandan keyin bajarilishi kerak; - asbobni tokka ulovi kabellari nosoz bo‘lmasligi kerak; - qurilish maydonchasida ishlovchilar barchasi lazer nurini ko‘z to‘riga zararliligi xaqida xabardor bo‘lishi kerak; - lazer nuri imkon qadar kishi bo‘yidan pastdan o‘tishi va ko‘zga bevosita tushmasligi kerak; - lazer nurini o‘tish yo‘lida oyna yoki yaltiroq metall predmetlar qo‘yilmasligi kerak; - lazer nuri, uni ishlatadigan zonadan tashqariga yo‘naltirmasligi lozim; - ish olib borilayotgan joy o‘ralgan va ogoxlantiruvchi signal lampasi yoki plakat bilan belgilangan bo‘lishi kerak. 15. Mexnat xavfsizligini taminlash tadbirlarni bajarish qurilish tashkilotlari boshliqlarini zimmasiga yuklanadi. Qurilish tashkiloti boshliqlari geodezistlarni texnika xavfsizligi qoidalarini bilishini yillik nazoratini tashkil qilishi lozim. 20. Yoritishning turlari va unga bo‘lgan gigienik talablar aytib bering. 21. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida qanday qonun hujjatlari borligini ayting. 22. Yoritishning asosiy texnikaviy tushuncha va kattaliklarini tushuntiring. 23. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini ta’riflab bering. 24. Ishlab chiqarish xonalarini yoritishning xarakteristikalari va me’yorlanishini ayting. 25. Mehnat xavfsizligi asosiy tadbirlarini tushuntirib bering. 26. Mehnat xavfsizligi asosiy qoidalarini ayting. 27. Yorug‘lik manbalari va yoritish uskunalarini tushuntiring. 28. Mehnat xavfsizligi asosiy normativ xujjatlariga qanday hujjatlar kiradi. 29. Ish o‘rinlarida yoritilganlikni o‘lchash va nazorat qilish-deganda nimani tushunasiz. 30. Mehnat muhofazasi tushunchasi-deganda nimani tushunasiz. 31. “G. va k.da mehnat faoliyati xavfsizligi” o‘quv fanining maqsadi. 32. Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari sinflanishini aytib bering. 33. Xavfsizlikni ta’minlash texnik vositalarining ishonchliligini ayting. 34. Qaysi xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emaslar ? 35. Ish beruvchi qaysi xodimlarni ishga qo‘ymaslikka haqli emaslar ? 36. Xodim qachon navbatdavn tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilishga haqli hisoblanadi ? 37. Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l yo‘riqlar berish, o‘qitish va tekshirib berish kishining zimmasiga yuklatiladi ? 38. Mehnatni muhofaza qilish tadbirdariga ajratiladigan mablag‘ va materiallardan foydalanish tartibi qaysi hujjatlarga binoan belgilanadi ? 39. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar qaysi mahsulotlar, maxsus kiyim bosh va himoya vositalari bilan bepul ta’minlanadilar ? 40. Xodimni sog‘lig‘i holatiga ko‘ra engilroq ishga o‘tkazish tartibini sharhlab bering. 41. Nogironlar mehnatni muhofaza qilishning qo‘shimcha choralari haqida nimalar bilasiz ? 42. Xodimlarga dastlabki tibbiy yordam qaysi tarzda ko‘rsatiladi ? 43. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar qaysi tartibda hisobga olib boriladi va tekshiriladi ? Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o‘tishi zarur bo‘lsa, N-1 shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi: bir vaqtning o‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar; o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar; oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchi darhol quyidagilarga xabar berishi kerak: davlat mehnat texnika nazoratchisiga; yuqori turuvchi xo‘jalik organiga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnatboshqarmasiga; baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga; baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisani viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi buyrug‘iga asosan tuzilgan komissiya maxsus tekshiradi. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar yuz berganida N-1 shakldagi dalolatnoma komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng bir sutka ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Ikki-to‘rt kishining o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi buyrug‘iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan olib boriladi: rais – O‘zbekiston Respublikasi (bosh) Davlat mehnat texnika nazoratchisi; a’zolar – yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi. Download 399.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling