Инженерлик геологияси


МООС ШКАЛАСИ ВА УНИНГ АҲАМИЯТИ


Download 37.18 Kb.
bet6/12
Sana30.01.2023
Hajmi37.18 Kb.
#1141713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
oraliq javob

МООС ШКАЛАСИ ВА УНИНГ АҲАМИЯТИ




Moos shkalasi — minerallar nisbiy qattiqligining oʻn ballik shkalasi. Nemis olimi F. Moos tomonidan 1811-yilda taklif qilingan. Qattiklikning 10 ta etalonidan iborat. Moos shkalasi boʻyicha ularning joylashish tartibi quyidagicha: talk — 1; gips—2; kalsit —3; flyuorit—4; apatit—5; ortoklaz—6; kvars—7; topaz—8; korund—9; olmos—10.C Nisbiy kattiklik Moos shkalasi etaloni bilan sinalayotgan obʼyekt yuzasiga chizib aniqlanadi. Minerallarning faol va passiv qattiqligi farq qilinadi. Agar mineral bilan oʻzining boʻlagi tirnalganda iz qoldirsa, u faol qattik/shkka ega boʻladi (mas, olmos). Qattiqligi 5 boʻlgan etalon bilan tadqiq qilinayotgan namuna tirnalganda iz qoldirsa va u oʻz navbatida kattikligi 4 boʻlgan etalonda iz qoldirsa, u holda oʻrtadagi mineralning qattikligi 4,5 ga teng boʻladi. Moos shkalasidan minerallarga tez tashhis qoʻyishda foydalaniladi. Aniq qattiqlik esa priborlar yordamida aniqlanadi. Minerallar k.attiqligi ularning zichligi bilan bir qatorda minerallarning eng muhim konstanti hisoblanadi.[1]


  • ЕРОСТИ СУВЛАРИ


Yer osti suvlari'l - Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Ye.o.s. umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Ye.o.s. suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Ye.o.s. tuproq suvi (qarang Tuproq suv rezkimi), mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi.’

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling