Инженерлик геологияси


Download 37.18 Kb.
bet8/12
Sana30.01.2023
Hajmi37.18 Kb.
#1141713
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
oraliq javob

ЧЎКИНДИ ТОҒ ЖИНСЛАРИ

Choʻkindi togʻ jinslari — moddaning suvda choʻkishi yoki havodan tushishidan hamda quruqlik yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati natijasida hosil boʻladigan togʻ jinslari. Choʻkish mexanik (ogʻirlik kuchi taʼsiri va muhit dinamikasining oʻzgarishidan), kimyoviy (suvli eritmaning toʻyinish konsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaksiyalari natijasida) hamda biogen yoʻl bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bogʻliq) sodir boʻladi. Choʻkindi togʻ jinslari choʻkish xarakteriga koʻra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga boʻlinadi. Choʻkindi togʻ jinslarini hosil qiladigan asosiy manbalar: Yer poʻstini tashkil qilgan magmatik, metamorfik va qad. chukindi jinslar; tabiiy suvlarda erigan komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot faoliyati jarayonida hosil boʻladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat. Hozirgi zamon okean choʻkindilari va qad. choʻkindi jinslarda kosmik material va organik qoldiqlar ham uchraydi.


  • ФИЗИК НУРАШ НИМА?

Fizik nurashning asosiy faktori, tog’ jinslari va ularni tashkil etuvchi minerallar xajmini keskin o’zgarishiga sabab bo’luvchi temperatura hisoblanadi. Bu nomuvofiqlik jinslarning darz ketishi, yoriq bo’laklarga ajralishi va keyinchalik ularni maydalanishiga olib keladi. Agar jins yoriqlariga suv kirib, bu yerda suv muzlab qolsa, u xolda fizik nurash yana xam tezlashadi. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog’liq bo’lgan fizik nurash sovuqdan nurash deb ataladi. Fizik nurash natijasida qattiq jinslar mayda-mayda bo’lib ketadi, xatto zarrachalar 0,01mm gacha yetadi. Nurash xodissasi jinslarning kristalli va qatlamlarning darzli bo’lishiga xam bog’liq. Tog’ jinsida darz qancha ko’p bo’lsa, u shuncha tez yemiriladi. Mexanik nurash asosan tashqi sabablar yordamida yuz beradi. Yer yoriqlariga, mineral va tog’ jinslari orasiga kirib qolgan suvning xarorati pasayib, bu yerda suv muzlaydi, suv muzlashi bilan muz kengayib, jinslarni yorib yuboradi.



1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling