Инженерлик геологияси
Download 37.18 Kb.
|
oraliq javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- СИЗОТ СУВЛАРИ Sizot suvlar
ЮҚОРИ СУВЛАР
Yoriq suvlari — intruziv, metamorfik, choʻkindi va vulkan togʻ jinslari yoriqlarida toʻplangan erkin (gravitatsion) yer osti suvlari. Asosan qor, yomgʻir, baʼzan, oqar suvlarning yigʻilishidan paydo boʻladi. Yo. s.ning quyidagi turlari farq qilinadi: tektonik yoriqlar bilan bogʻliq yoriqtomirli (koʻpincha bosimli) suvlar, yoriqligrunt (bosimsiz) suvlar, ayniqsa nurash darzliklari bilan bogʻliq; yoriq qatlamli (odatda bosimli) — suv oʻtkazmaydigan jinslar bilan qatqatlashgan kam metamorflashgan suv oʻtkazuvchan jinslarning litogenetik yoriqlarida toʻplanadi; yoriqlikarst suvlari — bosimli va bosimsiz boʻladi. Yo. s. koʻpincha biri ikkinchisi bilan bogʻliq, ularning dinamik sharoiti murakkab, minerallashganligi va kimyoviy tarkibi turlicha. Yo. s.ning haroratlanishi filtratsiyaning choʻzikli qonuni asosida boʻladi. Yo. s ayniqsa qalqonlarda (Ukraina qalqoni), shuningdek, platforma va togʻlik rnlarda tarqalgan. Yo. sdan xoʻjalikni va sanoat korxonalarini texnik suv bilan taʼminlashda foydalaniladi. Minerallashgan Yo. s. tibbiyotda ishlatiladi. Yo. s.ning konchilik inshootlarida koʻpayib ketishi foydali qazilmalarni kavlab olishni ancha qiyinlashtiradi. СИЗОТ СУВЛАРИ Sizot suvlar — yer ostidan sizib chiqadigan suv, zax suvi АРТЕЗИАН СУВЛАРИ Artezian suvlari – bosim ta’sirida boʻlgan yer osti suvlarining bir turi, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oraligʻida hosil boʻladi, ular ochilganda suv burgʻi quduqlardan fontan shaklida otilib chikddi. Artezian suvlari Yevropada birinchi marta Fransiyaning Artua (lot. Artesium) provinsiyasida ochilgani uchun shu nomni olgan. Bunday quduqlar Xitoy va Misrda juda qadimdan ma’lum edi. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan zonasi Turon payette-kisligi artezian havzalari tizimiga ki-radi, uning tarkibida Sirdaryo va Amu-daryo guruhlariga boʻlinadigan nisbatan kichik bir qancha havzalar bor. Har bir yirik artezian havzasining turli gori-zontlaridagi suvlar turli xil kimyoviy tarkibga ega: oʻta minerallashgan xlorid tipli shoʻr suvlardan to kam mineral-lashgan gidrokarbonat tipidagi suvlargacha uchraydi. Artezian suvlarining birinchi turdagi suvlari, odatda, havzaning juda chuqur qismlarida joylashgan boʻladi, mineral va termal suvlar manbai hisoblanadi; ikkinchisi – yuqori gorizontlarda joy-lashgan boʻlib, yay-lovlarni suv bilan ta’minlashda (mas, Qizilqum yaylovlari, Qarshi choʻl va hokazo), ichimlik suvi olish-da, ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi (qarang Artezian qudugʻi). Download 37.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling