Injinerlik geodeziyasi fani va uning vazifalari
Injenerlik geoeziyasi fanining tarixi
Download 0.5 Mb.
|
INJINERLIK GEODEZIYASI FANI VA UNING VAZIFALARI mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048
- Foydalanilgan adabiyotlar
Injenerlik geoeziyasi fanining tarixi
Ma‖lumki, Injenerlik geoeziyasi xam boshqa fanlar kabi xayotiy talablar asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan tobora rivojlanib borgan. Inson qadimdan o‖zi yashagan joyni hayot talabiga ko‖ra har tomonlama bilishga qiziqqan va o‖rgangan. Injenerlik geoeziyasi tarixi ham shunday boshlanadi. Arxeologlarning aniqlashicha, Qadimiy Misr, Mesopotamiya, Xindiston, Xitoy, Grestiya, O‖rta Osiyo va boshqa mamlakatlar xalqlari o‖z ehtiyojlari uchun dehqonchilik qilish va sug`orish kanallarini kazish, turli bino va inshootlarni qurish, ekin maydonlarini o‖zaro taqsimlash kabi masalalarni echishda geodezik o‖lchashlardan foydalanilgan. Miloddan 4000 yil ilgari Misrdagi Nil daryosi havzasida yernio‖lchash ishlari olib borilgan. Nil daryosini Qizil dengiz bilan qo‖shish maqsadida kanal qurilishi miloddan VI asr ilgarigi vaqitga taalluqlidir. U vaqtlarda s‖yomkaning bazi bir usullarigina ma‖lum edi. Yunonistonlik olim olim Eratosfen miloddan 230 yil ilgari yersharining o‖lchamlarini aniklagan va Injenerlik geoeziyasidan maxsus kitob yozib, meridianlar va parallellar ko‖rsatilgan karta tuzgan. Ptolomey tomonidan proekstiyalash usullari joriy qilinib, Evropa va Osiyo kartalarini tuzishda ulardan foydalanilgan. Miloddan 7 - 6 asr ilgari xozirgi Iroq janubida yashagan xoldeylar yernishar deb faraz qilib, uning radiusi R uzunligini hisoblab chiqdilar. Miloddan 6 asr ilgariroq Pifagor yerni shar shaklida deb aytganligi fanga ma‖lum. IX asrda Arabistonda madaniyat ancha taraqqiy etib, Bag`dodda „Hikmat uyi‗ nomli ilmiy markaz tuzildi. Unda O‖rta Osiyolik „Er surati‗ nomli asar muallifi algebra fanining asoschisi Al-Xorazmiy xamda AlFarg`oniy, Al-Marvoziy, Al-Marvarudiy kabi olimlar ham ishladi. Xalifa Xorun Al-Rashid o‖g`li Al-Ma‖mun farmoyishiga binoan, 827 yili „Xikmat uyi‗ a‖zolaridan ikkita ekspedistiya tuzildi. yero‖lchamlarida bo‖lgan tafovutni bartaraf qilish uchun ularga „gadus o‖lchash usuli‗ ni ishlatib, yero‖lchamlarini aniqlash ishi topshirildi. Ular meridianning bir gradus yoy uzunligini o‖lchab, ishni 56,0 milya (110,5 km) va 56,66 milya (111,82 km) natija bilan yakunladilar va hisoblashlar uchun 111,82 km natija olindi Injenerlik geoeziyasi fani matematika, astronomiya, elektronika, geografiya, geomorfologiya gidrogeologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog`liq. Xorazmlik ulug` olim Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048 yy.) o‖z hayotida yozgan 150 ta asaridan 40 tasini geoeziya faniga bag`ishlab, boy va qimmatli ma‖lumotlar qoldirgan. Beruniy hisobi bo’yicha yer radiusi 6339,58 km bo’lib, hozirgi vaqtda ishlatilayotgan (Krasovskiy ellipsoidi) qiymat- 6371,11 km dan farqi atiga 31,5 km ni tashkil qiladi. Sanoat inshootlarni (zavodlar, fabrikalar, elektrostanstiyalar va h.k.) temir va avtomobil yo‖llarni, shahar va qishloq aholi punktlarni, aerodom-larni, yerosti inshootlar (metropoliten, shaxta, quvur yo‖llarni) loyihalash va qurish uchun muhim masalalarni hal qilishda Injenerlik geoeziyasi fanini ahamiyati juda kattadir. Geodezik o‖lchamlar suv omborlari va kanallarini loyihalash hajmlarini aniqlash, to‖g`onlarning cho‖kishi va siljishi jarayonini baholash kabi masalalarni hal qilishda ham qo‖llaniladi. Injenerlik geoeziyasi fani yernibo‖lish, uni hisobga olish, ona zaminni muhofaza qi-lish, yerdan unumli foydalanish, yerkadastrini o‖tkazish, tuproq, geobatonika va boshqa qidiruv ishlarini olib borishda keng qo‖llaniladi. Injenerlik geoeziyasi fani matematika, astronomiya, elektronika, geografiya, geomorfologiya gidrogeologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog`liq. Geodezik asboblar nazariy jihatdan fizika qonunlari asosida yasaladi, o‖lchash natijalari esa matematik qoidalar bo‖yicha hisoblanadi. Yer sirtida nuqtalar o‖rni geografik va astronomik koordinatalar bo‖yicha belgilanadi. Yer shakli va uning o‖zgarishidagi jarayonlarni o‖rganishida Injenerlik geoeziyasi va geologiya kabi fanlardan foydalaniladi. Hozirgi davrda Injenerlik geoeziyasi fani mexanika, avtomatika, informatika, elektronika fanlar bilan ham bog`liq holda taraqqiy etmoqda. Injenerlik geoeziyasi o‖z taraqqiyotida yangi ma‖no kashf etdi, zamonaviy asboblarga, geodezik o‖lchash va hisoblash usullariga ega bo‖ldi. Boshqa ko‖p injenerlik fanlar Injenerlik geoeziyasi yordamiga muhtoj. Injenerlik geoeziyasi juda ko‖p muhim masalalar xal qilishda qo‖llaniladi. Plan, karta, profillar, suv yig`iladigan maydonlar chegaralarini aniqlash, ularning yuzalarini hisoblash, suv omborlari, to‖g`on quriladigan joylar o‖rnini belgilash jismlar hajmini hisoblash, sug`orish va zak qochirish bilan bog`lik gidrotexnika inshootlarini qidiruv, loyixa-lash, qurish va ishlatish uchun nihoyatda zarurdir. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling