Inklyuziv maktab o‘quvchilarining tasviriy san’atga darslarida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning shakl, metod va vositalari boltayeva Maftuna Ravshan qizi


Keywords: Inclusive education, fine arts, artistic creativity, methodology, aesthetic education. Inklyuziv ta’lim


Download 21.48 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi21.48 Kb.
#1292571
1   2   3
Bog'liq
Boltayeva Maftuna

Keywords: Inclusive education, fine arts, artistic creativity, methodology, aesthetic education.
Inklyuziv ta’lim Bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etilishi kerak
UNICEF inklyuziv ta’limni O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
Inklyuziv yoki inklyuziv ta’lim - bu umumiy maktablarda alohida ehtiyojli bolalarni o‘qitish jarayonini tavsiflash uchun ishlatiladigan atama. Inklyuziv ta’limning asosiy va muhim jihati - muayyan ehtiyojga ega bo‘lgan odamlarga nisbatan har qanday kamsitishlarni istisno qilishdir. Bunday ta’lim, masalan, alohida ta’lim sharoitlariga ega bo‘lgan bolalar uchun alohida sharoitlar yaratishi kerak.
Darhaqiqat, inklyuziv ta’lim masalalari mamlakatimiz uchun dolzarb mavzudir. Ayni paytda bu sohada hal etilmagan ko‘plab muammolar va qiyinchiliklarni bartaraf etish zarur.
Umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan va individual ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalarning ba’zilari go‘yoki chetda qolib ketishlari, o‘qishni tashlab ketishlari, o‘zlarini ta’lim jarayonidan chetlatishlari uzoq vaqtdan beri ma’lum. ularda mavjud bo‘lgan yo‘llar va usullarda bilimga ega bo‘lolmaydi. Bu erda ma’lum jismoniy yo‘qotishlar tufayli tengdoshlari bilan birgalikda to‘liq o‘qiy olmaydigan nogironlar bilan misol keltirishimiz mumkin.
Hozirda maktablar, afsuski, aksariyat hollarda bunday bolalarni to‘laqonli o‘qitishni tashkil eta olmayapti. Ularning ota-onalari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini qidirishga majbur. Natijada, bunday muassasada o‘qigandan so‘ng, bola o‘zini "hamma kabi emas" his qila olmaydi, bu uning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 6 noyabrdagi qaroriga asosan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilish belgilangan. Ma’lumki, 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston respublikasi bo‘yicha rasmiy tarzda 710 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatga olingan. Ularning 101 ming nafari - 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalardan iborat.
Ularni ta’limga qamrab olinishi uchun kamchiliklar mavjud bo‘lib, maxsus ta’lim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina. Masalan, ta’lim bilan qamrab olinmagan, uyda o‘tirib qolayotgan imkoniyati cheklangan bolalar mavjud bo‘lib, ularni maktablarda inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish uchun sharoit yaratilsa, 100 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan bolalarning 80 mingdan ziyod nafarini maktablarga qamrab olish mumkin.
Bugungi kunda yangi qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning mazkur Senat tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Qonunning 20-moddasida inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi band kiritilyapti. Moddada maktablarda nogiron bolalarga sharoit yaratib berilsa, imkoniyati cheklangan bolalar u yerda ta’lim olishlari mumkinligi aytilmoqda.
Maktablarda inklyuziv muhit yaratish davlat tomonidan majburiy bo‘lishi kerak. Hozirgi qonunga ko‘ra, maktablarda imkon bo‘lsa, inklyuziv ta’lim sharoiti yaratilishi, imkon bo‘lmasa, yaratilmasligi mumkinligi aytilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolari, ular ham boshqalar qatori ta’lim olish huquqiga ega. Bugungi kunda sog‘lom bolalar bilan bir qatorda nogironligi bo‘lgan bolalarning barcha yo‘nalishlarda sifatli ta’lim olishi juda muhim. 2019 yil holatiga ko‘ra, nogiron fuqarolarning 16 yosh va undan kattalarning bor-yo‘g‘i 10 foizi oliy ma’lumotli hisoblanadi. Ko‘rinib turganidek, oliy ma’lumotli nogiron fuqarolar juda kam.
Bu sohada tasviriy san’at sohasida bolalarni badiiy didlarini shakllantirish muhim vazifalardan biridir.
Tasviriy san’at ta’limi imkoniyati cheklangan bolalarning fazoviy tasavvurlarini o‘stiradi, aqliy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, shakllarning tuzilishi, ularning rang va shakl xususiyatlarini o‘zlashtirishlarida yordam beradi.
Ularga tasviriy san’at sirlarini o‘rgatish orqali kelajakda kasb tanlashiga yordam berish muhimdir. Aytaylik, sog‘lom bolalar ko‘rgan narsalarini sog‘lom qo‘llari bilan tasvirlay olsalar, jismoniy kamchiligi bo‘lgan bolalarda atrof muhitni tasavvur qilish (asosan ko‘rish imkoniyati past bo‘lgan) imkoniyati cheklangan bolalarning badiiy mahoratlarini o‘stirish dolzarb masalalardan biridir.
Bunda ta’lim olib boruvchi pedagog o‘zining kasb mahoratini ishga solishi kerak. Shundagina tasviriy san’at ularning maktab dasturlarida rejalashtirilgan o‘qishlarini yaxshi o‘zlashtirishiga ham yordam beradi.
Bundan tashqari imkoniyati cheklangan bolalarga «Ta’lim to‘g‘risida» qonunda ko‘zda tutilgan ta’lim turlari: umumta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va mahallalar qoshidagi tasviriy san’at to‘garaklari, «Barkamol avlod» bolalar markazlari, san’at va madaniyatga ixtisoslashgan turli to‘garaklarda bolalarga ta’lim berishda ularning iqtidori, jismoniy holati va yosh xususiyatlarini hisobga olib ta’lim tarbiya berish muhimdir.
Inklyuziv tarzda imkoniyati cheklangan bolalarga tasviriy san’atdan dars o‘tish uchun pedagog defektologiya mutaxassisligiga ham ega bo‘lish lozim. Chunki nogiron bola bilan ishlash metodikasiga ega bo‘lmagan pedagogning ular bilan shug‘ullanishi qiyin. Shuning uchun inklyuziv tarzda dars beradigan o‘qituvchilar uchun ham bunday talablarning ishlab chiqilishi vazirlik tomonidan rejalashtirilgan. Bundan tashqari, hozir “Xalq ta’limi” vazirligi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda «Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasini tayyorlanayapti. Unda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim oladigan muassasalardagi moddiy texnika bazasini takomillashtirish, o‘qitishda zamonaviy usullarni joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, eng katta qarorlardan biri bo‘lgan O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan «Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi» tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan. Buning bilan mamlakatda inklyuziv ta’limni joriy etish uchun huquqiy asos yaratiladi.
Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim maktablarida boshqa tengdoshlari bilan birga o‘qishi uchun qulay sharoit yaratiladi, moddiy texnik baza mustahkamlanadi, bolalarga ta’lim beradigan kadrlar salohiyatiga e’tibor qaratiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktablarda zamonaviy o‘quv laboratoriyalar tashkil qilish, kerakli texnikalar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarning malakasini oshirib borish masalalari ham inobatga olinadi.
«Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi»da barcha ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin harakatlanishi uchun sharoit yaratish, ularga to‘siqsiz muhit va integratsiyalashgan ta’lim sharoiti yaratish nazarda tutilgan.
Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar uchun barcha talablarga javob beradigan zamonaviy maktablar qurish bo‘yicha ham alohida qaror tasdiqlangan. Unga ko‘ra, zamonaviy maktablarga qo‘yiladigan me’yoriy talablar doirasiga imkoniyati cheklangan bolalar uchun tasviriy san’atdan sharoit yaratish ham lozimligi qayd etilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish ayniqsa, yosh avlodni badiiy jihatdan barkamol tarzda tarbiyalash va ko‘ngli o‘ksik bolalarni o‘zi kabi sog‘-salomat tengdoshlari bilan bir safda jamiyatning barcha sohalarida teng xuquqli tarzda ishtirok etishlarida hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar o‘z navbatini kutmoqda.

Download 21.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling