K ) qoridagi vazifalarni to’laqonli amalga oshirishda eng birinchi galda quyidagilarga e’tibor qarating:
O’z navbatida 9 ta xorijiy mamlakatda bu masala ijtimoiy ga’minot va Ijtimoiy rivojlantirish Vazirligiga yuklatilgan. 24 ta davlatda esa o’zini-o’zi boshqarish tashkilotlari tomonidan, 11 ta davlatda esa mehr-muruvvat tashkilotlari tomonidan hal etiladi. Jahon bo’iicha 30% davlatlarning qonunlari nogiron bolalarning ota-onalari farzandi uchun ta’lim muassasasi (maxsus yoki umumta’lim)ni tanlash huquqini kafolatlaydi.
O’zbekiston Respublikasida ham olib borilgan ishlar natijasida inklyuziv ta’lim tizimining huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Masalan, "Ta’lim hamma uchun" Milliy dastur Rejasi, "Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim muvaqqat Nizomi" va boshqalar. Demak, inkltoziv ta’lim tizimi maxsus ehtiyojli bolalar pedagogik tizimida, ijtimoiy hayotga moslashuvida, korreksion rivojlantiruvchi ish tizimining ishlab chiqilishida muhim ahamiyatga ega ekanligi jahon miqiyosida e’tirof etilgan muhim va dolzarb masaladir.
Mavzu: INKLYuZIV TA’LIMNING AMALIY ASOSLARI. 2 soat
Raja
Inklyuziv ta’limda hal etiladigan maqsad va vazifalar
Imkoniyati cheklangan bolalar, ularning ota-onalari va pedagoglar o’rtasidagi munosabatlar
O’qituvchi amal kilishi lozim bo’lgan bolaga ijobiy munosabatning pedagogik-psixologik qoidalarn
Inklyuziv ta’lim tamoyillari.
Inklyuziv ta’limda mutaxassislar faoliyati
Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalar hal etiladi: ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik pedagogik, orreksion sharoitlarni yaratish, ularnivd imkoniyatiga yo’naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksiog’ ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
o’quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash; jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, do’stong munosabatlarni shakllantira olish, bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni oilalarda ajramagan holda yashash huquqini ro’yobga chiqarish; jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |