Inklyuziv ta’lim siyosatining jahon miqiyosida huquqiy-me’yoriy asoslari
Download 238 Kb.
|
Inklyuziv 2-3-4
Irlandiya
Maxsus ta’limga muhtoj integrasiyalashgan o’quvchilarga yordam ko’rsatish maxsus pedagog, fan o’qituvchilari, assistentlar hamda Ta’lim va fan departamentining maktabdan tashqari ta’lim va psixologik xizmatlari mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinflar (va biroz kattaroq) o’quvchilari haqida ularda o’qish va matematikani o’zlashtirishda muammolar mavjud bo’lgan hollarda shu maqsad uchun ajratilgan maxsus pedagoglar g’amxo’rlik qiladilar. 2000 yildan boshlab mamlakatning barcha maktablari ularning xizmatlari bilan ta’minlangan. Ta’lim olishda jiddiy qiyinchiliklarga uchrayotgan o’quvchilar uchun umumta’lim maktablarida ma’sus sinflar yaratiladi yoki ular bilan maxsus pedagog ishlaydi. Ta’lim va fan departamentining maktabdan tashqari (keluvchi) ta’lim xizmati maktabgacha va maktab o’quvchilari va ularning ota-onalariga yordam ko’rsatadi. Gap eng avvalo ko’rish va eshitish qobiliyati buzilgan bolalar haqida ketayapti, biroq ayrim keluvchi o’qituvchilar Daun alomati mavjud bolalarga ham xizmat ko’rsatadi. Xizmat mutaxassislari sinf bilan birgalikda undan tashqarida ham ishlab turib, nafaqat boshlang’ich maktablarni, balki kattaroq yoshdagi o’quvchilarning ham oldiga kelib turadi. Ular o’quv yondashuvlari, metodikasi, dasturlari va resurslari masalalari bo’yicha maktab o’qituvchilariga maslahat beradi. Har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash uchun Ta’lim va fan departamenti psixologik xizmati pedagoglari ixtisoslashgan davlat va ko’ngilli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin. Ta’lim va fan departamentining psixologik xizmati ruhiy va xulq muammolari mavjud bolalar hamda ta’lim olishda qiynalayotgan o’quvchilarga katta e’tibor berib, umumta’lim maktablari uchun tekshiruv (baho berish) va maslahat berishni ta’minlaydi. Avvaliga bu xizmatlar yirik shaharlarda jamlangan edi, ammo 1999 yilda ularning o’rniga yagona Milliy ta’lim psixologik xizmati (NEPS) keldi; bu hol shahar tashqarisida yashaydigan o’quvchilarga ko’maklashishni ta’minlash imkonini berdi. 1998/99 o’quv yilida barcha maxsus ta’limga muhtoj integrasiyalashgan o’quvchilar hamda maxsus maktablarning o’quvchilari yordam bilan ta’minlandilar. Integrasiyalashgan ta’limga diqqatni qaratib, Irlandiya o’z oldiga maxsus ta’limga muhtoj barcha shaxslarning zarur resurlardan foydalanishini ta’minlashni maqsad qilib qo’ydi. Yuridik jihatdan bu aslida aytib o’tilgan kishilarga ta’lim olish konstitusion huquqidan foydalanish imkonini beradigan Ta’lim to’g’risidagi Akt (1998) tufayli mumkin bo’ldi. Aktda e’tirof etilishicha, ta’lim va fan vaziri insonning qobiliyati va ehtiyojlariga mos ravishda mamlakatning jismoniy nuqsonlarga ega va maxsus ta’limga muhtoj har bir fuqarosiga yordam ko’rsatish va sifatli ta’lim berish mumkinligi ta’minlashi lozim. Download 238 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling