Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalar hal


Download 234.5 Kb.
bet28/30
Sana02.05.2023
Hajmi234.5 Kb.
#1421291
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
инклюзив таълим1

2. Inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning ba’zi bir xususiyatlari
Aravachaga yuradigan yoki hassa va boshqa moslamalar orqali harakatlanuvchi bolalar uchun sinfdagi harakatlanish joylarini yetarli ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida kuyidagilarga e’gibor bering:
• Ko’rish va eshitish qiyinchiliklariga ega bolalar gilam va partalar orasida butun sinf faoliyatida ishtirok eta oladigan tarzda o’tirganlariga ishonch hosil qiling;

  • Ta’lim olishda qiyinchilikka uchraydigan bolalar o’yinlarda ishtirok etishlariga imkoniyat yaratilgan va bunda ta’lim olish imkoniyatlarini qo’llay olishlariga ishonch hosil qiling;

  • Turli xil tibbiy muammolarga ega bolalarning ayrimlari tez-tez ovqatlanish, suyuqlik ichish yoki boshqalarga qaraganda hojatga ko’proq borish ehtiyojiga ega bo’ladilar. Bunday bolalar o’zlarini nokulay his etmasliklari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga e’tibor qarating;

•Uzok muddatlik tik tura olmaydigan bolalarni ham e’tibordan chetda qoldirmang;
• Agar bolaga diqqatni jamlash yoki ko’rinmas yashirin (autizim
yoki giperfaollik natijasida dikkatning yetishmasligi) natijasida
tinch o’tirishga qiynalsa, boshqa o’quvchilar aytilgan vazifalar bilan
mashg’ul bo’lsalar ham diqqati tarqoq o’quvchilarning bir nafas dam
olishlariga imkon bering.
3. Inklyuziv ta’limda tenglik tushunchasini shakllantirish yullari

  • Pedagoglar imkoniyati cheklangan biror bir katta yoshdagi shaxsni taklif etish asosida nogironlikning ijtimoiy holatlari xaqida suhbatlashish natijasida o’quvchilarga nogiron insonlar hayoti, ularning yutuq va muammolarini tushuntirib berishlari mumkin. Sinfni nogironlik-imkoniyatlarning chegaralanganligi tushunchalarini tushuntirib, kimlar nogiron xisoblanishini aytib, o’quvchilarga to’g’ri tushuncha bera oling.

  • Kasal bo’lgan yoki qisqa muddatga biror joyini jarohatlagan inson bilan nogiron inson orasidagi farqni tushuntirib bering. Ko’pgina bolalar kasallik yoki jarohatlanishi tajribasiga egalar. Ular bilan shu haqida va ularning tanalarida yuz bergan o’zgarishlar haqida suhbatlashing. Ulardan bunday vaqtda o’zlarini qanday his qitganliklarini so’rang. Ularga nogironlik bu batamom tuzalib ketmaslik yoki sog’ayish uchun yillar kerak bo’ladigan holatda tana bilan yuz beradigan hodisa ekanligini tushuntiring. Nogironlikning ko’rish, eshitish, ruhiy va boshqa jarayonlarning zaifligi, kamligi kabi oddiy tushuncha ekanligini o’quvchilar ongiga singdiring.

  • Nogiron insondan o’z hayoti haqida gapirib berishni iltimos kiling, bu bolalar uchun katta taassurot qoldiradi.O’z hayotlarida kechirgan qiyinchiliklar, muammolar, boshqalarning munosabatlari, nima sababdan kasitishlarga uchraganligi va hokazolar. Bu o’quvchilardan o’z hatti-harakatlarini nazorat qilishga yordam berdi.

  • Sinflar oshkoralik tamoyili asosida barcha masalalarni muhokama qilish lozim. Bolalar o’z tajribalarini yoki o’zlarini taniydigan masalan, qarindoshlari yoki do’stlarining nogironligi haqida gapirib berishlari mumkin. Boshqalarning masxaralashlari, haqorat qilishlari qanday ta’sir qilganligini so’zlab berayotgan vaqtda imkoniyati cheklangan o’quvchining hikoyasini qo’llab-quvvatlab turish kerak. Barcha nogironlar sinfda o’zlarini erkin sezishlari va bemalol gaplashishlari lozim, xattoki yashirin turdagi nogironlar xam (masalan, tutqanog’i bor, qandli diabetlar, surunkali astmalar).

• Pedagog so’zga chiqqan nogiron bolaning yoki sinfdagi istalgan nogiron bolaning erishgan yutuqlarini yoki qobiliyatlarini qayd etib o’tishi mumkin. Shuningdek quyidagilarga ham e’tibor qarating:
1. Insonlar o’rtasidagi farqlar mavzusini tushuntirish uchun rasm chizish, o’yin o’ynash, spektakl, musiqa, ashula, hikoyalardan foydalaning. Shuni har doim eslatib turingki, har tomonlama sog’lom insonlarning hammasi ham jamiyatga foyda keltiravermaydi.
2. O’quvchilarga aslo laqab qo’ymang. Butun sinfni guruhlarga bo’lib katta formatdagi qog’ozga yoki doskaga nogironlik haqida eshitgan so’zlarini barchasini yozishlarini talab eting. So’ngra butun sinfdan yoki har bir guruhdan salbiy deb xisoblangan so’zlarni alohida ijobiy deb hisoblanganlarini
alohida ajratib yozishlarini so’rang. Bolalar bilan ularning o’zlarini boshqalar mana shu so’zlar bilan atashganda qanday his qilishlarini muhokama qiling. O’zingizda mana shu so’zlarning
ayrimlarini kelib chikishi yozilgan kartochkalar bo’lsin.

Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling