Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalar hal


Download 234.5 Kb.
bet6/30
Sana02.05.2023
Hajmi234.5 Kb.
#1421291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
инклюзив таълим1

Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy
rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etish va korreksiyalashga qaratiladi. Muassasa psixologlari bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi, doimiy ravishda psixologo-
pedagogik jihatdan o’rganib boradi, individual rivojlantirish dasturlarini tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash bo’yicha ota-onalarga maslahatlar beradi, inklyuziv ta’lim
muassasasining pedagogik hodimlariga psixologik rivojlantirish masalalarida metodik yordam ko’rsatadi.
Inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya olayotgan
maxsus yordamga muhtoj bolalarning ayrimlari doimiy ravishda tibbiy xizmatga muhtoj bo’lishi mumkin. Inklyuziv ta’lim muassasasi shifokor-pediatri (psixonevrolog) har bir bolaning ruhiy asab holatini doimiy ravishda tekshirib boradi, zarurat bo’lganda davolash muolajalarini tavsiya etadi, korreksion pedagogik ta’lim jarayonida bolalar sog’lig’ini nazorat qiladi, aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini belgilaydi, ota-onalarga bolaning somatik hamda ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan maslahatlar beradi.
Shunday qilib, inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim - tarbiya jarayoni har tomonlama amalga oshirilgan islohotlar asosidagina samarali kechadi.


INKLYuZIV TA’LIMNI AMALGA OShIRISh YO’LLARI.


1. Harakatlanishida mummolari bo’lgan bolalar
Kuzatishlaringizdan ma’lumki, atrofimizdagi ayrim insonlarning harakatlanishida muammolar bo’lganligi sababligi hassa, trostlar, aravachalar yoki xodunoklar yordamida harakatlanadilar. Bunday bolalar yoki katta yoshli kishilarda bosh miyaning quyi qismlari yoki orqa miyaning jarohotlanishi natijasida harakat tayanch a’zolarida muammolar yuzaga keladi.Umurtqa jarohatlari Ko’plab bolalarda orqa miya jarohatlari natijasida
umumurtqaning normadan qiyshayishi yoki haraktlanishdagi
nuqsonlar kuzatiladi. Orqa miya turli joylaridan, turli darajada ;
va turli xil shaklda buzilishiga qarab farklanadi Paraplegiya: ;
orqa miyaning quyi qismlari jarohatlanishi natijasida tananing
quyi qismlari "ishlamaydi". Ba’zi hollarda tos sohasidagi ichki
organlar ham yaxshi ishlamaslik hollari kuzatiladi. Tetraplegiya:
insonning butun tana qismida falajlanish kuzatiladi.
Skleroz.
Skleroz rivojlanib boruvchi (progressiv) nevrologik kasallik
bo’lib, ushbu kasallikda insonning harakatlanishida buzilishlar
yengil darajada bo’lsa, ularning faolligi borgan sari zaiflashib
boradi. Bu kasallikda ruhiy o’zgarishlar yuzaga kelmaydi.
Kasallikning asosiy belgilari, qimirlab turuvchi ("o’yinga
tushuvchi") qomat, zaif ko’rish va tez unutuvchanlikdir. Statistik
ma’lumotlarga ko’ra ushbu kasallik asosan yoshlar (20-40 yosh) orasida
juda ko’p, 50 yoshdan keyingilarda esa kamdan-kam uchraydi.

Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling