Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalar hal
Download 234.5 Kb.
|
инклюзив таълим1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tashqi olam.
- 4. Imkoniyatlar chegaralanganligi tushunchasini muhokama qilish bosqichlari 1.
3. Maktabdagi atrof-muhit. Maktab atrofida imkoniyati cheklangan o’quvchilarning erkin va muammosiz harakatlanishiga ham o’qituvchi eng birinchi galda e’tibor qaratishi talab etiladi.
Shuning uchun ham siz aravachada o’tiradigan o’quvchi bilan maktab atrofini aylanib chiqing. Natijalarini muhokama kiling va yozma tarzda maktab rahbariyatiga taqdim eting. 4. Tashqi olam. Sinf bilan sizning mahalliydo’koningizning atrofini barcha hudud va alohida segmentlarinitasvirlang, xarita bilan sayr qiling. Oldin ayrim do’kon turlari yoki xizmat qilish binoalarini belgilash uchun belgilarini kelishib oling. Bolalarga oziq-ovqat do’konlarini, sartaroshxonalari, banklar, restoran, dorixonalarning aravachada harakatlanuvchi insonlar uchun to’siq bo’la oladigan jihatlarini daftarda belgilab borishni taklif eting. Aniqlangan belgildar bo’yicha butun sinf bilan muhokama o’tkazing. Shuningdek bolalarninganiqlanganlari buyicha nimalarni ylayotganliklarini ham har biridan so’rang. Munozara natijasida guruhlar sinfda quyidagi topshirklari asta-sekinlik bilan bajarishlari mumkin: A) Tashkilot rahbariyatiga muassasasining nogironlarga noqulaylik jihatlari aniklanganlarini tushuntirish xati asosida yozib tushuntirish ishlarini olib borish; B) Qulaylik barchaga kerakligini va nima uchunligini aks ettirgan devoriy gazeta yaratish yoki chizish. V) Xizmat kursatish sohalarida qulaylik mavjud bo’lmaganda nogironlarda yuz beruvchi ayrim muammolarning aks ettiruvchi rolini sahnalashtirish. G) Umumiy majlis uyushtirish va butun sinf o’quvchilarini maktabda amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berishlari. 4. Imkoniyatlar chegaralanganligi tushunchasini muhokama qilish bosqichlari 1. "Nogiron" so’zidan uyalmang. Bu so’zni siz kimlarningdir imkoniyatlari cheklanganligini bayon etish uchun emas ko’prok jamiyatning insonlarga bulgan munosabatini bildirish uchun qo’llashingiz mumkin. Nogironlik haqidagi suhbat o’quvchilar o’rtasidagi farqlarni muhokama qilishning bir qismi bo’lishi kerak, masalan, irqi, jinsi, dini, madaniyati va boshqalar haqidagi ma’lumotlar kattalar kundalik muloqotining bir qismi bo’lishi kerak. Darslarni nogironlar hayoti bilan bog’lab olib boring. Masalan, tarix darslarida imkoniyati cheklngan insonlar haqidagi tarixiy materiallarni kuzatish, matematika darslarida shunga oid muammolarni yechishga karatilgan topshiriqlar berish (masalan, o’quvchilargi binoga aravacha kirishida mos yo’lka qurish uchui proporsiya tuzish topshirig’i beriladi). Uquvchilarga insonlarning cheklangan imkoniyatlari haqida savollar berishni ma’n etmang. Yaxshisi gapirilayotgan insondan so’rang, uning o’zi mana shu savolga javob berishni istaydimi. Agar istamasa bolaga bu inson hozir ushbu mavzuda gaplashishni istamayotganini tushuntirish kerak. Masalan, sizning o’zingiz javob bera olasiz yoki javob topa olasiz, boladan mana shu hakda bir och keyinrok so’rashni taklif eting. Siz nogironlik haqida baxtsizlik haqida gapirgandek gapirmayotganingizga amin buling. Imkoniyati cheklanganlar o’zlarini kasal sifatida his qilishlari yoki ortiqcha davolanishga extisj sezishlari shart emas. Nogiron bolalar uchun ularning xayotlarida katta yoshdagi nogiron insonlarning ijobiy xayotlaridan namunalar ko’rsatilishi, o’zi haqida va o’z xayoti haqida ijobiy lug’at boyligining bo’lishi muhimdir. Imkoniyati cheklangan bolalarga o’zlarining cheklangap imkoniyatlari haqida gapirib berishga imkon bering, lekim istamasalar majburlash mumkin emas. Imkoniyati cheklangan bolaning hoxish-istaklari, qiziqishlari va ehtiyojlarini doimiy ravishda so’rab turing. Shunday muxit yaratingki, bolalar o’z fikrlari va qiziqishlarini mustaqil bildira olsinlar. Bolalarning o’zlaridan oilalarida, tanishlari orasida nogironlar bor yoki yo’qligini so’rang. Ularga mana shu insonlar haqida savollar bering. O’quvchilarga erkin gapirishlariga imkoniyat yarating, ammo haqoratli va masxaromuz mulohazalarga darhol chek qo’ying. XULOSA Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar inklyuziv ta’limi bugungi kunning eng dolzarb va muhim masalasidir. Chunki alohida ehtiyojli bolalar inklyuziv ta’limining samarali tashkil etilishi natijasida imkoniyati cheklangan farzandlari mavjud bo’lgan oilalarning moddiy va ma’naviy muammolariga barham beriladi va mahallarda ajratish iskanjasidan qutulishga imkon yaratiladi; imknoniyati cheklangan bolalarni maktablar va jamoatchilik orasida kamsitishlarning oldi olinadi, bolalar o’rtasida tenghuquqlilik ta’minlanadi, do’stona munosabatlar shakllanadi; maxsus ehtiyojli bolaning o’z oilasi va jamiyat davrasida bo’lishdek ulkan imkoniyat yaratiladi; jamiyatning yanada inklyuzivlashuviga olib keladi; barcha uchun ta’lim sifati yanada yaxshilanadi; imkoniyati cheklangan bolalar sog’lom tengdoshlari orasida tabiiy sharoitlarda yashash va mehnat qilishga moslashadilar; imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy jamiyatga erta va samarali moslashishlari ta’minlanadi, ya’ni jamiyatda boshqalar ko’magiga qaramlar soni kamayadi. Inklyuziv ta’limni joriy etish borasida Respublikamizda ko’zga ko’rinarli yutuqlar qo’lga kiritilayotgan bo’lsada ammo, • juda ko’plab umumta’lim muassasalarida kompleks tibbiy- pedagogik yordam olish imkoniyatining yo’qligi; •umumta’lim muassasalari pedagoglari maxsus metodikalarni bilmaganligi sababli imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondira olmayotganligi; •umumta’lim muassasalarida tiflotexnik, surdotexnik vositalar mavjud emasligi; sinfda o’quvchilar sonining ko’pligi natijasida imkoniyati cheklangan o’quvchilargi individual yondashish jarayoning qiyinligi; imkoniyati cheklangan bolalar o’qituvchi tomonidan ko’proq diqqat-e’tibor talab qilishi oqibatida, boshqa o’quvchilarning o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatyotganligi; umumta’lim muassasalarining binolari imkoniyati cheklangan bolalarning xususiyatlariga mos ravishda qurilmaganligi sababli maktabda xarakatlanishga qiynalayotganligi; ota-onalarda inklyuziv ta’lim xususidagi tushunchalarning juda sayozligi natijasida, qarshiliklarning mavjudligi; imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta’lim uchun individual dasturlarning ishlab chiqilmaganligi kabi boshqa ko’plab muammolar kuzatilmoqsa. Ushbu muammolarni hal etish va inklyuziv ta’limning samaradorligini oshirishda muassasa pedagoglarining o’rni va roli juda katta. Inklyuziv ta’limni joriy etilishi natijasida umumta’lim muassasalari pedagoglariga yanada yuqoriroq talablar qo’yiladi. Chunki, inklyuziv ta’lim pedagoglari har bir turdagi imkoniyati cheklangan bolalarni o’qitish va tarbiyalashning maxsus usullarini, bolalar ruhiyatidagi o’ziga xosliklarni, imkoniyati cheklangan bolalar Korreksion Davlat ta’lim standartlarini ham mukammal bilishi talab etiladi. Shuningdek o’qituvchi normal rivojlanishdagi hamda alohida ehtiyojli o’quvchilar o’rtasida iliq-do’stona, samimiy munosabatlar uyg’ota olishi, ota-onalar ongida inklyuziv ta’lim xususida ijobiy va to’liq tushunchalarni shakillantira olishi ham zarur. Xulosa qilib aytganda, inklyuziv sinflarda o’quv tarbiya jarayoni ijobiy munosabat va ertaga bugundan ham yaxshiroq bo’lishiga ishonch bilan yo’g’rilgan bo’lishi lozim. Har bir darsni shunday yakunlash lozimki, barcha o’quvchilar uni ishonch va mamnuniyat bilan hamda yana va yana o’qish, o’rganish ishtiyoqi bilan tark etsin. Ana shunday muhitni yarata olsakkina, chinakkam inklyuziv jamiyatni qura olamiz. Barchasi biz pedagoglarning shijoatimiz va mahoratimizga bog’liq. Download 234.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling