Inklyuziv ta’lim


Integrasiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi


Download 238.85 Kb.
bet11/56
Sana14.11.2023
Hajmi238.85 Kb.
#1772332
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Bog'liq
Fanning maqsad va vazifalari Fanning maqsadi-fayllar.org

Integrasiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi.
Nogironlikning individual yoki tibbiy ko‘rinishida bola maktabga yoki jamiyatga moslashishi uchun uni o‘zgartirish yoki tiklash kerak, deb taxmin qilinadi. Masalan, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola umumta’lim sharoitiga moslashishi uchun eshituv appaaratidan foydalanib gapirishni o‘rganishi kerak. O‘qituvchi va me’yorda rinojlanishidagi boladan esa imo-ishora tilini va muloqotning boshshqa shakllarini o‘rganish talab qilinmaydi. Uqishda esa muammo bor. Bola standart talablarni bajarishi kerak. Aks holda ikkinchi imlga qoldiriladi yoki maktabni tark etishiga to‘g‘ri keladi.
Inklyuziv ta’lim bolani emas ta’lim mazmunini o‘zgartirishni taqozo qiladi.
Inklyuziv ta’limga nogironlikning ijtimoiy ko‘rinishining mkilasi sifatida qarash mumkin. Nogironlikning ijtimoiy modeli (trcha bolalarning individual-psixologik, o‘zlashtirish chususiyatlari har xilligini hisobga olishni va maktab ta’limini barcha bolalarning imkoniyatlariga moslashtirishni nazarda tutadi. Lekin inklyuzivlik-hamma bolani bir xil qilib qo‘yish yoki "assimilyasiya" emas. Uning mohiyati moslashuvchanlik ya’ni, (yulalarning har xil tezlikda ta’lim olishini hisobga olib uqituvchidan ushbu jarayonnni qo‘llab-quvvatlashi uchun bilim va kunikmalar talab qilishdir4
Integrasion va inklyuzivlik tushunchalarining o‘rtasida umumiylik ham mavjudligi o‘ganildi, bu umumiylik zamirida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitiga kiritish yotadi.
2. Xorijiy va qo‘shni mamlakatlarda inklyuziv ta’limni joriy qilinish holati
Jahon miqiyosida juda ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish borasida amaliy tajribalar olib Gyurilamoqda.
Italiya, Norvegiya, Shvesiya kabi mamlakatlar alohida ehtiyojli Gyulalarni umumta’lim muassasalariga to‘liq integrasiyalab, maxsus korreksion maktablarning yopilishiga erishdilar. Biroq maxsus chqtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitiga qabul qilgan davlatlar jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiyalash va kompensasiyalashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha ta’lim \i shatini ko‘rsatish ma’suliyatidan ozod etilmaydi.
AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya kabi bir qator mamlakatlarda maktab turini tanlash qonun tomonidan belgilanadi, ota-onalar esa talim turini tanlashni yozma ravishda tasdiqlashi, ayrim hollarda asoslab berishlari lozim, deb topilgan.

Download 238.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling