Inklyuziv ta’lim
Rossiya V.A.Berezina, L.M.Shipsinalarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra hozir Rossiyada
Download 238.85 Kb.
|
Fanning maqsad va vazifalari Fanning maqsadi-fayllar.org
Rossiya
V.A.Berezina, L.M.Shipsinalarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra hozir Rossiyada maxsus ta’lim ikkita yo‘nalishada: differensial va integrasiya tarzda tashkil etilgan. Differensial ta’lim 8 yo‘nalishda tashkil etilgan. Oxirgi paytlarda Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa Rossiyaning bir qator shaharlarida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etish borasida ilmiy izlanishlar va psixologo-pedagogik amaliy ishlar olib borila boshladi. Rossiyada integrasiya modeli asosida umumta’lim muassasalarida maxsus sinflar tashkil etilgan bo‘lib, ular quyidagicha: -aqliy rivojlanishida orqada qolgan bolalar uchun guruhlar va sinflar; -ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun guruh va sinflar; -xulqi og‘ir bolalar uchun guruh va sinflar. L.M.Shipsinning bergan ma’lumotlariga ko‘ra Rossiyada hozirgi kunda 38 % imkoniyati cheklangan bolalar umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olmoqdalar. “Latviyada-deb yozadi- Eljosiene I., (1998 yil). integrasion ta’limga muammo sifatida qaralib, Liyepayskiy oliy pedagogik maktab dasturiga kiritildi. Bu yerda asosiy muammo integrasion pedagogikada o‘qituvchilar bilan maxsus pedagogika o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini yaratish edi. Litvada 1992 yil Maorif vazirining tashabbusi bilan maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim tizimiga integrasiyalash modeli ishlab chiqilishiga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun xorijiy va litvalik Velnyuskiy universitetining maxsus pedagogika laboratoriyasi qoshiga bu tuzum tashabbuskorlaridan ishchilar, bolalar, psixiatrlar, psixologlar, logopedlar va pedagog defektologlardan iborat mutaxassislar guruhi tuzildi. Bu guruh tomonidan “Maxsus ta’lim tizimining loyihasi” nomi bilan integrasion ta’lim tizimining boshlang‘ich loyihasi ishlab chiqildi. 1993 yilda Litva madaniyat va maorif vazirligi tomonidan “Maxsus ehtiyojli bolalarga umumta’lim muassasalariga yordam berish (imkoniyatlari) tartibi” Qonuni tasdiqlandi. Armaniston Barcha SNG mamlakatlaridagidek Armanistonda har bir shaxsni jamiyatda ta’lim olish huquqiga ega ekanligi va uni ijtimoiy kelib chiqishi, jismoniy xolatidan qatiy nazar ta’lim olish huquqini ta’minlaydi. Shu bois oxirgi 10 yil ichida Armanistonda ijtimoiy himoyaga muxtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, yetim bolalar, imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy qo‘llashga, ta’lim olish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Shuningdek inklyuziv ta’lim tizimini shakllantirish va rivojlantirishga oid dastlabki ishlar olib borilmoqda. Qo‘shimcha yordam ko‘rsatuvchi xodimlar va yordamchi xizmatlarni jalb qilish uchun, inklyuziv ta’limni moliyalashtirish masalasi davlat tomonidan ma’qullanib, 2006 yilda inklyuziv maktablarga qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Armanistonda 49 inklyuziv maktab mavjud bo‘lib 700ta jismoniy, aqliy va ijtimoiy muammosi bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar. Bu maktablar inklyuziv ta’lim jarayonini rivojlantirish va kengaytirish uchun resurs bo‘lib xizmat qiladi. Armanistonda maxsus extiyojli bolalarni extiyojini qondirishni davomiyligini ta’minlash maqsadida maxsus va inklyuziv ta’lim jarayonini nafaqat asoslash, rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishga xukumat parlamenti tomonidan bir qator qonun va qarorlar qabul qilingan, Rivojlangan, ijtimoiy himoyaga muxtojligi sifatida qarashlarini davom etishidir. Bunday eskicha yondashish davomiyligi hamma uchun bir xil bo‘lgan yangi inklyuziv ta’lim muxitini shakllantirishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Jamiyatda notug‘ri stereotipni va psixologik komplekslarni shakllanganligini yo‘q qilish va inklyuziv ta’lim muxitini shakllantirishning eng ma’qul va to‘g‘ri yo‘li sinfda va sinfdan tashqarida bolalar orasida hamkorlik qilishi. Shu fanni o‘qitadigan o‘qituvchi hamda shu sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar, ota\onalari, zaruriyat tug‘ilganda maxsus pedagoglar, psixologlar va ijtimoiy ishchilarning faoliyatidir. Interfaol usulda o‘zaro yordam ko‘rsatishga asoslangan guruxlarda o‘qitish metodi. Armaniston respublikasining ma’lumotlariga ko‘ra inklyuziv maktablarni umumta’lim muassasalari deb qarashmaydi. Bu maktablarda imkoniyati cheklangan bolalar sog‘lom bolalar bilan yonma\yon formal o‘qiydilar. Shuning uchun ham inklyuziv maktabda birgalikda ta’lim olish jarayonida individual mashg‘ulotga jiddiy e’tibor beriladi, aks xolda maxsus sharoitdagi ta’limga extiyoji bo‘lgan o‘quvchilar o‘qishdan orqada qoladi Download 238.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling