Inklyuziv ta’lim


Download 238.85 Kb.
bet35/56
Sana14.11.2023
Hajmi238.85 Kb.
#1772332
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
Bog'liq
Fanning maqsad va vazifalari Fanning maqsadi-fayllar.org

Spastik diplegiya-bu eng ko‘p tarqalgan shakli bo‘lib, u ma’lum
bir og‘ir kasllik yoki Littal sindromining ta’sirida kelib chiqadi.
Spastik dipligiya shaklidagi bolalarda ikkilamchi nuqson sifatida
ruhiy rivojlanishda sustlashish kuzatiladi. Bu shaldagi bolalarning 30-35%i yengil darajadagi aqli zaiflik, 70%ida esa nutq nuqsonlari kuzatiladi. Spastik dipligiya turidagi falaj bolalarning oyoqlari qo‘llariga nisbatan ko‘proq falajlik ta’siri ostida bo‘lib, qo‘llar bir oz beo‘xshov harakatlanadi. Oyoqlar bir biriga yopishgan va ichkariga qaragan holatda bo‘lishi kuzatiladi.
Gemiparetik shaklida bir tomonlama falajlik kuzatiladi. Ya’ni bolaning bir tomonlama oyog‘i va qo‘li falajlanadi. Bu bolalarning 25-35% yengil darajadagi ruhiy sustlashish, 45-50% ikkilamcha ruhiy sustlashish, 20-35% ida nutq nuqsonlari kuzatiladi.
Giperkinetik shaklining kelib chiqishiga ilk vaqtda gemolitik kasalliklarning natijasida bilirubin ensefalopatiyasi sabab bo‘ladi.
Bu bolalarda harakatlanishdagi g‘ayri oddiy harakatlar, qo‘l va oyoqni harakatlanishdagi buzilishlar kuzatiladi. Bolalar serebral falajligining giperkinetik shaklining tug‘ma turida bolalar juda kech o‘tiradilar, kamdan-kam hollarda 2-3 yoshidan boshlab yura boshlaydilar, ko‘p hollarda ular 4-7 yoshidan boshlab, hatto 9-12 yoshlarida mustaqil yurishlari mumkin. Bu bolalrning 90% ida giperkinetikdizartriya, 50% ida ruhiy rivojlanishning sustlashishi, 25-30%ida eshitishdagi buzilishlar kuzatiladi.
Atonik-astatik shakli boshqa shakllarga qaraganda yengilligi bilan xarakterlanadi. Ularda harakat kordinasiyasidagi buzilishlar, reflekslar tonusidagi buzilishlari, 60-70% ida psvdobul’bar dizartriya kuzatiladi.
Ayrim hollarda serebral falajlikning aralash shakli ham uchrab turadi. Bu shaklda bolada spastik-giperkinetik, giperkinetik holatlar yoki atetoz harakatlar (nazorat qilib bo‘lmaydigan, g‘ayri odatiy harakatlar) bilan muskullar tonusining tarangligi birga kelishi mumkin.
Harakatlanishida muammolari bo‘lgan serebral falaj bolalardagi mavjud nuqsonlarni korreksilashda nuqson turini erta aniqlab alohida yondashish juda yaxshi samara beradi.

Download 238.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling