Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
Segregatsiya - (lot. segregatio — ajratish, izolyatsiya qilish, olib tashlash
Download 238.75 Kb. Pdf ko'rish
|
Uzgw06KlHMxwXMAHOKg2A8cBGdmgCDiaZ9t7VIHH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integratsiya - (lot. integratio - tiklash, to‘ldirish, bog‘lanish so‘zidan) - qismlarni bir butunga birlashtirish jarayoni. Integratsiya
- Inklyuziv – (lot. include – o‘zi ichiga olish, kiritish)
Segregatsiya - (lot. segregatio — ajratish, izolyatsiya qilish, olib tashlash,
ajratish) — kundalik hayotda odamlarni irqiy, etnik yoki boshqa guruhlarga majburan ajratish. Segregatsiya ta’limida quyidagi ta’lim sharoitlari kuzatiladi: • Maxsus maktab • Nogironligi bo‘lgan bolalar • Maxsus pedagoglar • Maxsus shart-sharoitlar Segregatsiya ta’limida qobiliyatlari, imkoniyatlari va shaxsiy sifatlarini inobatga olgan holda ta’limga ajratish, bo‘lish jarayoni kuzatiladi. Integratsiya - (lot. integratio - tiklash, to‘ldirish, bog‘lanish so‘zidan) - qismlarni bir butunga birlashtirish jarayoni. Integratsiya ta’limida quyidagi ta’lim sharoitlari kuzatiladi: • Ta’lim tizimi o‘zgarmas • Bola talablarga moslashishga majbur • Bola tizimga moslashadi yoki tizim murakkablik qiladi • Sog‘lomlashish jarayoni oqsaydi Integratsiya ta’limi birgalikdagi, biroq alohida ta’lim turi hisoblanadi. 6 Inklyuziv – (lot. include – o‘zi ichiga olish, kiritish) – nogironligi bo‘lgan shaxslarni faol ijtimoiy hayotga qo‘shilish jarayoni. Ta’lim sohasida esa ularga barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratgan holda ta’limga jalb etishdir. Inklyuziv ta’limida quyidagi ta’lim sharoitlari kuzatiladi: • Barcha bolalar turlicha • Barcha bolalar ta’lim shaklini tanlay oladilar • Bolalarning qobiliyatlari, imkoniyatlari, yoshi, turli darajadagi kelib chiqishi inobatga olinadi • Tizim bolalarga moslashtiriladi Inklyuziv ta’lim bolaning ta’lim ehtiyojlari va imkoniyatlariga moslashuvchi ta’lim jarayoni hisoblanadi. Xozirgi kungacha ko‘pgina pedagoglar nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlashda turli xil yondashuvlardan foydalanib kelmoqdalar. Masalan, o‘qituvchilar aksariyat hollarda quyidagi 2 xil yondashuvdan foydalanadilar: 1-yondashuv. Nogironligi bo‘lgan o‘quvchi oxirgi partalardan birida. O‘qituvchi dars yakunida nogironligi bo‘lgan o‘quvchiga vaqt ajratadi. Aksariyat hollarda vaqt kam qoladi va oqibatda nogironligi bo‘lgan o‘quvchi e’tiborsiz qoladi. 2-yondashuv. Nogironligi bo‘lgan o‘quvchi birinchi partada va asosiy e’tibor nogironligi bo‘lgan bolaga qaratiladi. Oqibatda sog‘lom o‘quvchilarga kam vaqt ajratiladi. Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy hayotga yo‘naltirish maqsadida quyidagi yondashuvlarni amalga oshirish mumkin: 1. Tibbiy – bu nogironlikni operatsion aralashuvlar asosida to‘g‘irlash va nogironlarni sog‘lomlashtirish jarayoni. 2. Ijtimoiy – afsuski, so‘nggi tibbiyot yangiliklari ham nogironlikni to‘g‘irlashda ojizlik qiladi va ijtimoiy yondashuv ularni jamiyatning qarashlari asosida ularni ijtimoiy hayotga yo‘naltirishga yordam beradi. Masalan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘maklashuvchi yordamchi texnologiyalar va korreksiya, kompensatsiya jarayonlari. 7 Inklyuziv ta’lim jarayonida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror asosida belgilangan. Aynan shu qaror asosida inklyuziv ta’lim ishtirokchilari bilan olib borilishi lozim bo‘lgan ishlarni qarorda belgilab berilgan inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari asosida ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 638-son qarori asosidagi inklyuziv ta‘limning maqsadi: Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo‘llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda to‘siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to‘laqonli uyg‘unlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 638-son qarori asosidagi inklyuziv ta‘limning vazifalari: 1. rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish; 2. jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini shakllantirish; 3. ta’lim jarayonida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish; 4. barcha o‘quvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratish; 5. o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy ko‘nikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 6. alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat yordami berish hamda ota-onalarni farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling