Inklyuziv ta’limning tashkil etilishi va uning istiqbollari


Download 37.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi37.91 Kb.
#1495807
  1   2   3   4
Bog'liq
inklyuziv-ta-limning-tashkil-etilishi-va-uning-istiqbollari



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
182 
INKLYUZIV TA’LIMNING TASHKIL ETILISHI VA UNING 
ISTIQBOLLARI 
 
Rushana Xamrayeva Kozim qizi 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU 
Qarshi filiali 1-bosqich magistranti Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 
Pokiza Jalolova Muzaffarovna 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali 
Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedra mudiri 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7258116
 
Annotatsiya: Ushbu ishda inklyuziv ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llash 
samaradorligi, inklyuziv ta’limda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi 
va istiqbollari yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, raqamli texnologiya, masofaviy ta’lim va 
interaktiv xizmatlar, elektron pedagogika. 
Har qanday jamiyatda yosh avlodning har tomonlama yetuk, komil inson boʼlib 
voyaga yetishiga, munosib fuqarolar sifatida ulgʼayib, davlat taraqqiyoti va gullab-
yashnashiga ulush qoʼshishlariga umid bogʼlanadi. Butun jahon bolalariga tegishli 
boʼlgan bolalar huquqi haqidagi Konventsiyada, Oʼzbekiston Respublikasining 
«Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonunida, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» singari qator 
muhim meʼyoriy hujjatlarda koʼrsatilishicha, barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy 
yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, taʼlim olish, hayotda 
oʼz oʼrnini topish huquqlariga egadirlar.Respublikamizda ijtimoiy tashabbuslarni 
qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tomonidan 2007 yildan buyon «Oʼzbekistonda 
Inklyuziv taʼlim» loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Loyiha hamkorlari: 
Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi; Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi; 
Navoiy shahridagi «Umr» imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish markazi, 
Samarqand shahridagi «Hayot» nomli nogironlarga yordam berish markazi, Jizzax 
shahridagi «Istiqbolli avlod» markazi, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi 
«Umid» tashabbuslarga koʼmak berish va rivojlantirish markazi, Termiz shahridagi 
«Imkon» imkoniyati cheklangan bolalar va oilalarga koʼmak berish markazi, 
Fargʼona viloyatining Qoʼqon shahridagi «Ziyo» maxsus zaruratli bolalarga ijtimoiy 
koʼmak berish markazi, maqsadli hududlar hokimliklari; Oʼzbekistondagi Shvetsariya 
elchixonasidir. Ushbu loyiha doirasida Toshkent, Guliston, Qarshi, Samarqand
Termiz, Аndijon, Qoʼqon, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlaridagi maktabgacha 
taʼlim muassasa, maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda imkoniyati 
cheklangan bolalar aralash guruhlarda inklyuziv texnologiya asosida taʼlim-tarbiya 



Download 37.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling