Sanatoriya turidagi maktab-internat -
sog‘lig‘ida turli muammolari bo‘lgan bolalar sog‘lig‘ini tikiash va profilaktikalash hamda ta’lim-tarbiyasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi ta’lim muassasasi. Bunday muassasaning asosiy maqsadi o‘quvchilarga Davlat ta’lim standart (DTS) lariga muvofiq ta’lim-tarbiya berish, bolaning sog‘Iig‘ini tibbiy va tabiiy resurslar (toza havo, fizioterapiya, dori-darmonlar), kun tartibi va ovqatlanishni gigienik jihatdan to‘g‘ri tashkil etishdan foydalangan
holda mustahkamlash, parvarishlash, davolash va uning kasalligini profilaktikalash hamda shaxsning ta’lim olishiga doir konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir. Muassasa o‘quvchilariga ta’limning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlari asosida o‘quv
fanlaridan bilim, ko‘nikma hamda malakalar beriladi. Sanatoriya turidagi maktab-internat shahardan tashqarida, ekologik jihatdan toza hududda ochiladi.
Kun tartibi muassasada dars, dam olish,
jismoniy mashqlar, sport mashg‘ulotlari, mehnat malakalarini rivojlantirishni samarali tashkil etishni nazarda tutadi.