Inklyuziv va maxsus taʼlim izohli lugʻot


Download 2.32 Mb.
bet4/92
Sana25.08.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1670259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
Inklyuziv va maxsus taʼlim izohli lugʻot

Adaptatsiya -

lotincha adapta - moslashtiraman,
muvofiqlashtiraman so‘zidan olingan bo‘lib, quyidagilarni bildiradi:

  1. organizmlarning yashash sharoitlariga moslashishi;

  2. analizatorlar sezuvchanligining o‘zgarishi. Kuchli taassurotdan kuchsiz taassurotga o‘tganda, sezuvchanlik asta-sekin oshadi, taassurotning kuchayishi esa sezuvchanlikning asta-sekin pasayishiga olib keladi. A. ko‘rish jarayonida, hid bilish, maza-tam, haroratni sezish jarayonlarida kuzatiladi. A. da nerv tizimining markaziy va periferik mexanizmlari ishtirok etadi. Har bir kishining moslashish imkoniyati uning irsiyati, yoshi, sog‘lig‘i va qay darajada mashqlana olganligiga bog liq bo‘ladi. Masalan: operatsiyadan keyin ham rinolaliyali bolalarda ovoz manqalangan, nutq noaniq bo‘ladi. Nutqni tuzatish uchun uzoq va muntazam logopedik mashqlar talab etiladi.






Shuningdek, eshitishi koxlear implantatsiya yo‘li bilan tiklangan bolaning operatsiyadan so‘ng nutqini rivojlantirish, atrofdagilar nutqini idrok etishga o‘rgatish borasida o‘z vaqtida surdopedagogik yordamning tashkil etilishi uning ijtimoiy moslashuvida muhim omil hisoblanadi (qarang: koxlear implantatsiya). Korreksiya mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, mehnat qilish va dam olish tartibini yo‘lga qo‘yish, organizmni chiniqtirish A. diapazonini kengaytiribgina qolmay, mavjud adaptiv jarayonlami ham yaxshilaydi. Shuning uchun turli yo‘llar bilan organizmni chiniqtirish, kasallik va uning oqibatlarining oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling