Adekvat -
|
ma’lum bir narsa, buyum, hodisaga mos keluvchi, muvofiq.
|
Afaziya -
|
(yunoncha a - inkor etish, rhasis - nutq so‘zlaridan) bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida ro‘y beradigan nutqning to‘la yoki qisman yo‘qolishi. Miyaning jarohatlanish hududiga bog‘liq ravishda afaziyaning ikki xil asosiy: motor va sensor shakli uchrashi kuzatiladi. Motor A. da harakatlantiruvchi nutq markazi shikastlanadi. Sensor A. da sezuvchan nutq markazi zararlanadi. A. alaliyadan farq qiladi. Alaliyada nutq rivojlanishi buzilsa, A.da aslida rivojlangan nutq yo‘qoladi. Motor A. da nutqning ekspressivligi buziladi, bemor butunlay gapira olmaydi yoki faqat ayrim
|
|
so zlarni, qisqa-qisqa jumlalarnigina ayta oladi. Bunda so‘zlarning tovush va bo‘g‘inlar tuzilmasi (strukturasi) buzilgan bo‘ladi. Motor A.da bemor o‘zgalar nutqini ko‘pincha tushuna olmaydi. Bu hoi ayniqsa, bolalarga xos bo‘lib, ularning nutqi xastalik boshlangunga qadar to4 la shakllanmagan bo‘ladi. Sensor A. da bemorlar so'zlar va nutq tovushlarini idrok etolmaydilar va boshqalar nutqini
tushunmaydilar. Motor, sensor afaziyadan tashqari dinamik, amnestik, semantik, total A.lar ham mavjud. Total A. da bemor ham gapira olmaydi, ham o‘zgalarning nutqini tushuna olmaydi. Amnestik A.da bemorlar so‘zlar va ularning ma’nosini esdan chiqaradilar. Afaziyaga uchragan bolalar bilan ham logopedik mashg‘ulotlar, hamda tibbiy davolash chora-tadbirlari olib borilganda, bu muammolar bartaraf etiladi.
|
Afoniya —
|
(yunoncha a - inkor etish, rhape - ovoz so‘zlaridan) ovoz hosil boTish apparatining buzilishi natijasida fonatsiyaning kamchiligi yoki yo‘qligi. A. da ovoz butunlay yo‘qoladi, lekin shivirlab gapirish saqlanib qoladi. Chin (organik) A. va funksional (psixogen, isterik) A. mavjud. A. bo‘g‘iz bo shlig ining kasallanishi, yallig'lanish, saraton,
papillamatoz, tomoq stenozi (torayishi) kabi kasalliklarda (chin yoki organik A.), shuningdek, nevrozlarda (funsional yoki isteri A.) uchraydi. A. ovoz paychalarining butunlay
|
yoki yetarli darajada jipslashmasligi natijasida ro‘y beradi. Funsional yoki isterik A. nevrotik bemorlarda loringitdan keyin yoki asabiy kechinmalardan keyin yuzaga kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |