Inkor ma'noli inglizcha affikslar tahlili Affiksatsiya usuli


Download 220 Kb.
bet24/26
Sana21.06.2023
Hajmi220 Kb.
#1642208
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Inkor ma\'noli inglizcha affikslar tahlili

1. So‘z yasovchi affikslar o‘zakka qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi.Ular ko‘pincha bir turkumdagi so‘zdan boshqa bir turkumga mansub yangi so‘z yasaydi: yoz, qish – ot || yozgi, qishki - sifat || ish, qon–ot || ishla, qonat-fe’l || supur, o‘r–fe’l || supurgi, o‘roq - ot. Shuningdek, ular bir turkum doirasida so‘zlar yasashi ham mumkin: -chi: ishchi, xizmatchi, payvantchi || - bon: bog‘bon, darvozabon kabi. So‘z yasovchi affikslar o‘zakka birdan ortiq qo‘shilishi va yangi - yangi so‘zlar hosil qilishi mumkin: bog‘ + bon + lik, ter+im+chi+lik. Bunday yasalish, odatda, negiz asosida yasalish hisoblanadi. Xullas, so‘z yasovchilar o‘zakning lug‘aviy ma’nosini yangilovchi marfemalar bo‘lib, tilning Leksik qatlamini boyitadi. 2. Shakl yasovchilar (lug‘aviy shakl qo‘shimchalari) so‘zning lug‘aviy ma’nosini bir oz o‘zgartib, unga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i beradigan, biroq yangi so‘z hosil qilmaydigan morfemalardir. Masalan: kitoblar, kitobcha, kattaroq, kattagina, beshinchi, beshov, uchala, borgan, ishlamoq, kuldir, kelmaShakl yasovchilar o‘z tabiatiga ko‘ra so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i berish bilan birga ularning sintaktik munosabatini belgilashda ham o‘ziga xos o‘rnga ega bo‘ladi. Shu bois ularni lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchilar kabi ikki turga ajratiladi. Xususan, otlardagi son (kitob-kitoblar), kichraytirish- erkalash (qizcha, bo‘taloq,qo‘zichoq onajon, bolagina) ,chegara (uygacha), qarashlilik (ukamniki) shakllari, sifat va ravishlardagi daraja (kattaroq, shiringina, qoramtir, tezgina, sekinroq) kategoriyasiga mansub shakllar, sonlarning ma’no turlarini hosil qiluvchi (beshta, uchinchi, ikkala, to‘rtov) shakllar, gumon olmoshi hosil qiluvchi qo‘shimcha (kimdir,nimadir), fe’llardagi nisbat (kiydi, kiyindi, kiyishdi, kiydirdi, kiyildi), bo‘lishsizlik (chizma, o‘qima)harakatning takroriyligi, kuchsizligini ifodalovchi (bur-bura, tep-tepkila, oqar-oqarinqira, kul-kulimsira, yul-yulqi) shakllarni lug‘aviy shakl yasovchilar sifatida, fe’llardagi zamon, mayl, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllarini esa lug‘aviy-sintaktik shakl yasovchilar sifatida ajratiladi



Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling