Inkor ma'noli inglizcha affikslar tahlili Affiksatsiya usuli


Download 220 Kb.
bet23/26
Sana21.06.2023
Hajmi220 Kb.
#1642208
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Inkor ma\'noli inglizcha affikslar tahlili

ishsiz so‘zlaridagi ish o‘zak morfemadir. Affikslar (qo‘shimchalar) yakka holda lug‘aviy ma’no ifodalamay, o‘zakka qo‘shilib uning leksik yoki grammatik ma’nosini shakllantirishda ishtirok etadigan morfemadir. Masalan, ish, odam, daraxt kabi narsa nomini bildiruvchi o‘zaklarga - chi||ishchi, -garchilik||odamgarchilik, -zor||daraxtzor kabi affikslar qo‘shilishi bilan mazkur so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari;
ularga ish+ning, odam+lar+dan, daraxt+lar+imiz kabi affikslar qo‘shilishi bilan esa so‘zlarning grammatik ma’nolari shakllangan. So‘zni morfemalarga ajratishda so‘z tarkibidagi ma’noli qismlarning hozirgi tilda leksik yoki grammatik ma’noni vujudga keltirishi nuqtai nazaridan yondashiladi. Xususan, o‘zak sifatida ajratiladigan qism, bugungi tilda ma’noga ega bo‘lishi, bu ma’no turli qo‘shimchalar asosida shakllangan o‘zakdosh so‘zlar bilan bog‘lana olishi lozim. Masalan: yig‘+im, yig‘+iq, yig‘+ma, yig‘+in+di kabilar. Affiks sifatida ajratiladigan qism esa turli o‘zaklarning leksik va grammatik ma’nolarini shakllantirishda ishtirok eta olish, ya’ni takror qo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Masalan: ter+im, o‘r+im, bos+im kabi. Shu bois ba’zi so‘zlar tarkiban o‘zak va affiks morfemadan iboratdek ko‘rinsa ham, ular qismlarga ajratilganda takrorlanuvchi ma’noga ega bo‘lmasa, bitta ma’noli qism hisoblanadi. Masalan: quloqchin, tirik so‘zlarini quloq+chin, tir+ik kabi ma’noli qismlarga ajratib bo‘lmaydi. Shuningdek, tarixan ikkita ma’noli qismdan iborat bo‘lib, hozirgi paytda ma’noli qismlar tushunarsiz holga kelib qolganda ham bunday so‘zlar bitta morfema sifatida baholanadi: bugun (bu+kun), yuksak (yuk+sa+k), qattiq (qat-iq).
Affikslar va ularning turlari. Affiksal morfemalar vazifasiga ko‘ra quyidagicha turlarga bo‘ladi: 1) so‘z yasovchilar; 2) so‘z o‘zgartuvchilar; 3) shakl yasovchilar. Ba’zi manbalarda affiksal morfemalarning vazifasiga ko‘ra ikki turi farqlanadi: 1) so‘z yasovchi; 2) shakl yasovchi kabi. Shakl yasovchilar esa o‘z navbatida a) lug‘aviy shakl yasovchilar; b) sintaktik shakl yasovchilarga ajratiladi. (Qarang:N.Mahmudov, A. Nurmonov va boshqalar, Ona tili. 6-sinflar uchun darslik.)

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling