Инновацион технология лойиҳасининг интерфаол методлари билан анъанавий ўқитиш методларининг ҳамкорлиги


Ta’lim va tarbiya jarayonida integratsiya


Download 189.5 Kb.
bet3/14
Sana16.01.2023
Hajmi189.5 Kb.
#1095830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
9. Tarbiya jarayoni

1.1 Ta’lim va tarbiya jarayonida integratsiya.
Didaktik olimlarning tekshirmiarida uslubning amaliy faoliyat bilan Bo’lgan genetik tabiati ajratib ko'rsatiladi. N.N. Skatkin, I.Y. Lerner, Y.K.Aleksyuk, Babanskiylarning tekshirmiarida taiim uslublariga taalluqdi ikkilamehi tur belgilarining tarifi berilgan. Ular uslub ifoda, mazmun va taiim usuli ekanligini isbotlab berishgan. Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko'rsatadi. Ta’lim jarayonida turli xil mantiqiy tizimlar orqali o'qituvchi va u bilan birgalikda o'quvchilar o'z bilim, qobiliyat va ko'nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalavdidar.
Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bogiangan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlangich sinflarda o‘quv jarayoni fovdalanilayotgan usul. uslub va shakllarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda amalga oshirilavotgan yangi o'quv rejalari va dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o'rtasidagi aloqalarni uyg'unlashtirish. atrof-muhitga jiddiy munosabatni o'rnatish va shakllantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlangich sinflarda o'rgatiladi. Shuning uchun iqtisodiy taiimning natijasi maktab taiimining birinchi bosqichiga bogiiq.
Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchalarni ko’rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlangich iqtisodiy taiimning barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlangich sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. XI asrlar oralig'ida tabiiy fikri paydo boigan. Bu fikr A.Y. Gerd, D.N.Kaygorodov, A.P. Pavlov nomlari bilan bogiiq boiib, ular boshlangich maktabga atrofdagi muhit bilan tanishtirishning integratsiyalangan kursini yaratish jonli va jonsiz dunyo haqidagi boiinmagan kursni kirgizishni talab qilishdi. Integratsiyalashgan taiim-tarbiya. fanlararo aloqalarning ayrim jihatlari mashhur pedagoglarning (Y. Komenskiy, D.Lokk, I.Gerbart, M. Pestalotstsi, K.Ushinskiy va boshqalar),
«Integrativ faoliyat» tushunchasi qator holatlar bilan bogiiqdir. Birinchidan. «boshqari lad igan» pedagogik integratsiyaning «betartib» (boshqarilmaydigan) integratsiyadan ajralish zaruriyati. Zamonaviy pedagogikaning rivqjlanish qonuniyati boimish bu zarur bugungi kunda maxsus tashkil qilingan integratsion ish sohasidan tashqarida ham amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda,
maium maqsadga yo'naltirilgan holda amalga oshirilayotgan integrative faoliyat ham o*zining mavjudligidan darak bera boshladi.
Ikkinchidan, integratsiyani faoliyat sifatida baholash uning texnologik olchamlarini ham batafsilroq tahlil qilish imkonini beradi. Uchinc-hidan, pedagogikada allaqachon «integrativ ish» (VI.Zagvyazinskiy), «integrative faoliyat» (D.D. Semyonov), «integrativ-pedagogik tafakkur» kabi tushunchalarni qoilash holatlari mavjud. Integrativ-pedagogik faolivat - bu pedagogik faolivatning o'ziga xos turi bo'lib, uning davomida taiim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti sohasidagi u yoki bu vazifalar dolzarb tus oladi.
Amaliyot darajasida ikki xil ko'rinishini ajratish mumkin: shakllantiruvchi va shakllanuvchi faoliyat turlari. Shakllantiruvchi faoliyat - bu ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan va o'quvchilarda integrativ harakatchanlik xislatlarini va xususiyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan faoliyatdir. Shakllanuvchi esa shakllantiruvchi faoliyatning mahsulidir. Shakllantiruvchi va shakllanuvchi faoliyat tuzilmalarining o'zaro mosligi omilini hisobga olgan holda taxmin qilish mumkinki, birinchiga xos bolgan tavsif ikkinchiga o'tkazilishi yoki aksincha boiishi mumkin.
Birinchi faoliyatning tarkibini inversionlik, polimodallik, polivalentlik tashkil etadi. «Inversion obyektlar - bu an’analar birlashadigan va boviydigan nuqtalardir» (M. A. Rozov), degan formulaga tayangan holda inversion!igi tushunchasi ostida biz uning mu ay у an tizim «chorraha»-sida turib o’zida shu tizim haqidagi maiumotlarni mujassam etishni tushunamiz.
Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, faoliyat tuzilmasiga turlicha
yondashuvlar mavjud bo'lib, shulardan ikkitasiga: faoliyatning umumiy tuzilmasiga va invariant tuzilmalariga to'xtalib o'tamiz. Integrativ pedagogik faoliyatning umumiy tuzilmasi o'z ichiga subyektlarni, predmetlarni, maqsad, jarayon, vosita, mahsulot va natijalarni qamrab oladi. Integrativ pedagogik faoliyatning subyekti rolini avrim shaxslar (o'quvchilar, o’qituvchilar va b.), guruh (jamoa), masalan, o'quvchilar va o'qituvchilar guruhi, shaxs siz subyektlar: maktab, kollej, litsey, institut, universitetlar o'ynashi mumkin. Integrativ pedagogik faoliyatning predmeti - taiim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti sohasida integratsion jarayonlarni tashkil etish, o'tkazish va boshqarish. Integrativ pedagogik faoliyatning maqsadi - shaxsga xos barcha sohalarda: maiiaviv, kognitiv, affektiv (hissiy-qiymatli), psixomotorik sohalarda u yoki bu sifat jihatidan yangi integrativ hosilalarni shakllantirish.
Hozirgi kunda axborot oqimi jadallashgan texnika taraqqiyotining yuqori darajada rivojlanganligi inson aqlini shoshirib qo'yrnay iloji yoq. Bu olamda o'z o'rnini topish muhim va shu bilan birga juda qiyin masaladir. O'quvchida o‘qish faoliyati davrida juda k fp malumotlar olishi, atrofdan kelayotgan axborotlarning bosimi yuqorililigi uning ongiga, taiim-tarbivasiga ta’sir ko'rsatmav qolmaydi. Bu maiumotlar va axborotlarning qay biri birlamchi, qay biri ikkilamchi ekanligini
ba'zida o’quvchi anglamavdi ham, Shu sababdan o'quvchi mukammal bilim, ko'nikma va malakalarga ega bolishi mexanizmlarini ishlab chiqish zarur. Aynan integratsion darslarda olam haqida uzuq-yuluq, parchalangan bilimlardan farqli olaroq bilimlar bir butun, yaxlit tizimda beriladi.
O'qituvchining oldida muhim vazifa turibdi uning o'quvchisi shiddatli zamonda olam haqida tola tasavvurga ega bolishi uchun, o'z yoimi topishi uchun nimalarga tayanishi, nimalarni bilishi.
qanday ko‘nikma va malakalarni egallashi lozim, degan savolga javob qidirishi tabiivdir. Dunyoni bir butun ko“rish yaxlit anglash muhim o rirn tutmoqda va bu yerda o'qituvchi bilimlarni bir-biriga boglab, tizim asosida bermoglni taqozo etmoqda. Bu vazifani integratsion darslarda amalga oshirish mumkin. Integratsion darslar qanday tuziladi? Buning uchun avval arranaviy dars tuzilmasini eslab o'tish joiz:
- tashkiliy qism;
~ uy vazifasini tekshirish;
- yangi mavzuni tushuntirish;
- mustahkamlash;
- dars yakuni.
An’anaviy darslarda o'qituvchi faqat maxsus fan chegarasidan chiqmagan holda bilimlar beradi. Bu esa bilimlarning biryoqlamaiigiga va parchalanishiga olib keladi. Integratsion darslarda tushuncha haqida biryoqlama emas, atroflicha fikr yuritiladi.



Download 189.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling