Инновацион технология лойиҳасининг интерфаол методлари билан анъанавий ўқитиш методларининг ҳамкорлиги
Ta’limda integratsiyalashdan foydalanishning metodik xususiyatlari
Download 189.5 Kb.
|
9. Tarbiya jarayoni
1.2. Ta’limda integratsiyalashdan foydalanishning metodik xususiyatlari
«Ilmiy tahlil, - deb yozadi A.Y. Keyn. - tadqiq qilinayotgan pedagogik hodisalar qa'riga chuqur kirib borishga imkon beradigan maxsus vositalarni (instrumentariy) qo'llashni talab qiladi». Birinchi navbatda, tushunchalar ana shunday vosita rolini bajaradi. Tushunchalarningvosita sifatidagi tabiatini J.Dyui yaxshi ochib bergan. Uning fikricha, tushunchalar nazariyalar, farazlar, g'oyalar bilan bir qatorda inson tajribasining turli sohalarida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarga xos vazifalarni bajarishda aqliy vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Integratsiva nazariya sifatida, demak, tushuncha sifatida «pedagogik bilish metodi va amaliyotni o'zgartirish vositasi vazifasini bajara oladi». YA .A Komenskiy ota-onalarga o'z bolalariga tarbiya berishda biologik qonunlarga riova qilish bo'yicha maslahatlar berganda biologik qonuniyatlarning ta'sir doirasini kengaytiradi. Shu munosabat bilan rus pedagog A .A Krasnovskiy asosli tarzda quyidagi fikrni bildiradi: G. Spenser aniqlik chegarasidan chiqib ketadi. Chunki qonunivatlar umuman qoidalarga ega emas; G. Spenser aytavotgan qonuniyatlar esa hech narsaga majbur qilmaydi; qonuniyatlardan qoidalar chiqarish mumkin. lekin buning uchun shu qoidalarni chiqaradigan alohida fan zarur bo'ladi. Bunday fanning pedagogika fani ekanligiga barchaning fahmi yetishiga shubha yo'q. A.A. Krasnovskiyning xulosalariga B.G. Ananyevning quyidagi fikrlari mos keladi: «Aytaylik, - deb yozadi olim, - genetika faqat inson jinsinigina emas. balki unga xos bo'lgan barcha individual (jismoniy va xususiy) xususiyatlarni ham boshqara olish imkoniga ega. Unda butun tabiiy fanlar oldida ijtimoiy nazariya va pedagogika shug'ullanadigan muammo – dunyoga kelgan inson uchun xos bo'lgan u yoki bu xususiyatlarni shakilantirish muammosi ko'ndalang bo'ladi». K.D.Ushinskiy quvidagicha ta'kidlagan: «Biz pedagoglarga unday qiling, bunday qilmang, deb buyurmaymiz, biz aytamizki, siz boshqarmoqchi boigan psixik hodisalarning qonunivatlarini o'rganing va shu qonuniyatlarga hamda bu qonuniyatlar qollanishi mumkin boimagan holatlardan xulosa chiqargan holda ish tuting». Integratsiyaga xos boigan dialektik aifanalarning u yoki bu jihatlari insonni har tomonlama mukammal rivojlantirish bo'yicha mavjud boTgan pedagogik g'oyalarda (Aristotel, Pestalotskiy...) zamonaviy pedagogika hamda zamonaviy pedagogikada keng tarqalgan taiim va tarbiyaning, shaxs va jamoaning, faoliyat va bilishning dialektik birligi o’z aksini topgan. Dialektik unsur ko'pgina mashhur pedagoglarning talimiy-tarbiyaviy tizimiga xosdir. A.S. Makarenko pedagogikani «dialektik fan» deb atagan. Bu bejiz emas. Uning nazariy qarashlari va amaliy faoliyati «ajralmas va qo'shilmas birligining» ikkita tarkibiy qismi bolmish shaxs va jamoa integratsiyasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Bunday birlikning A.S. Makarenko tizimiga nisbatan mohiyati shundaki, bunda tarbiya jarayonida shaxsiy va jamoaviv ibtidoning umumiy nuqtalari topilgan, bu shaxsiy va jamoaviy ibtidolar chambarchas qo'shilib ketgan va shu asosda «tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarga xos individiuallikdan ham ustun turadigan hamjihatlik yuzaga kelgan; bu hamjihatlik talablari barchaga: tarbiyachiga ham, tarbiyalanuvchiga ham, shaxs va jamoaga ham bir xilda ahamiyatlidir». Dialektika A.S.Makarenkoning butun pedagogik tizimini u boshidan bu boshigacha ishg'ol etgan. Uning asarlarini o'qish jarayonida shunday taassurot paydo boladiki, «pedagogika» va «dialektika» kabi kategoriyalar bir xil narsalardir; «pedagogik dialektika», «pedagogik faoliyatning dialektikligi», «pedagogik mantiq» kabilar esa pedagogik hodisalarga yondashuvning metodlari sifatida qabul qilinadi. L.N. Tolstoy yozadi: «Majburlab emas, erkin rivojlangan maktab o'quvchilari qanchalik ko‘p paydo bo’lsa ular tartib-intizomga shunchalik kop moyil boladilar va bundaularga o'qituvchining ta’siri ham shunchalik kuchli boladi». Tarbiyalanuvchilarning uyushmagan yig’indisi uyushgan yaxlit jamoaga aylanadi. A.S.Makarenkoning pedagogik tizimida tashqaridan qaraganda boshqacharoq boigan: boshida tarbiyaning mutlaq hukmronligi, keyin asta-sekinlik bilan tarbiyachi vazifalari bir qismining «faollarga» o'tkazilishi va ana undan keyin jamoa bo’lib boshqarishga qoladi. Biroq uyushgan pedagogik jamoaning ichki rivojlanish jarayoni ibtidosida «betartib yigindi» mavjud edi. A.S.Makarenko insonga(jamoaga) bo’lgan talablar darajasi bilan insonga(jamoaga) bolgan Download 189.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling