Innovation in the modern education system
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
Download 381.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Baysariyeva Barno
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 110 grammatik son kategoriyasi shakli oralig„ida nisbatlovchi bilan birgalikda keluvchi –lar affiksini tushunamiz. Adabiy tilda –lar hurmat shakli birlik son shaklini va birlik nisbatlovchisini olgan negizlarga qo„shiladi: opamlar, onanglar kabi. So„zlashuv nutqida –lar hurmat shakli birlik son shaklini va ko„plik nisbatlovchisini olgan negizlarga ham qo„shiladi: opa+miz+/l/a/r,opa+ngiz+lar, opa+larin+la/r/. Hurmat shaklining –nglar nisbatlovchisidan keyin qo„shilmasligi tabiiy: ikkita –lar qator kelib qoladi (opanglar+lar!). Hurmat shaklining –lar nisbatlovchisidan keyin qo„shilmasligi ham yuqoridagicha sabab bilan izohlanadi. (opalari+lar!) Hurmat shaklining ko„plikdagi negiziga qo„shilishi adabiy til uchun xos emas, so„zlashuv nutqida ham faqat opa+lar+imiz+/l/a/r/ kabi ishlatish uchraydi. Yuqoridagi bayondan anglashiladiki, hurmat shaklini ishlatilishida, ma‟lum mavjud: a) faqat ot negzlariga qo„shiladi; b) shunga ham otlarning ma‟lum ma‟no turiga – asosan qarindoshlik bildiruvchi ot negizlariga qo„shiladi; v) odatda birlikdagi negizga qo„shiladi; g) nisbatlovchi bilan birga (I, II shaxslarda nisbatlovchidan keyin, III shaxsda esa oldin) ishlatiladi (yetakchi holat nisbatlovchidan keyin qo„shilishi hisoblanadi). Ko„plik son affiksida esa bunday xususiyatlar yo„q. Bular affikslarning umumiy tasnifi nuqtai nazardan ham boshqa- boshqa guruhga mavjud: hurmat shakli morfologik tabiatga, nisbatlovchi tarkibidagi –lar esa sintaktik tabiatga ega. Shu asosda birinchisini morfologik forma (shakl yasovchi) deb, ikkinchisini esa (nisbatlovchining tarkibiy qismi sifatida) sintaktik forma (shakl o„zgartiruvchi) deb belgilash lozim. Yuqorida aytilgan belgi – hususiyatlarning o„ziyoq, tilimizda ko„plik son affiksida, shuningdek, nisbatlovchi tarkibida qatnashuvchi –lar elementidan keskin farq qiluvchi hodisa mavjudligini ishonarli tasdiqlaydi. O„ylaymizki, bu hodisa hurmat shakli nomi bilan mustaqil grammatik hodisa sifatida ajratishga to„la asos bor. Buning isboti misol keltirilgan so„zlar orqali tushunilishi mumkin. Yosh asosida, hurmatlash ulug„lash yoshga nisbatan ishlatilganda, hurmat kengroq, ulug„lash torroq ko„lamda bo„ladi. Ko„lamda bunday farqlanish shuni ko„rsatadiki, katta yoshdagi umuman hurmatli, lekin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling