Innovation in the modern education system


Download 381.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.01.2023
Hajmi381.58 Kb.
#1138286
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Baysariyeva Barno



 
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
108
O`ZBEK TILIDA HURMAT MA`NOSINING QO`LLANILISHI 
 
Baysariyeva Barno 
TerDU magistranti 
Lingvistika: o`zbek tili 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada o„zbek tilshunosligida leksik vositalarni 
ko„lami hamda hurmat kategoriyasining ayollar va erkaklar nutqida 
qo„llanilishi doirasi keng yoritilgan. Undan tashqari o„zbek tili tilshunosligidagi 
hurmat kategoriyasini ifodalovchi –lar qo„shimchasining kishi muloqotga 
kirishishda aloqa vositasi sifatida qo„llanilishi, foydalanish vazifasiga ko„ra 
bosqichlarga bo„linib o„rganilishi keng yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: hurmat kategoriyasi,til, tilshunoslik, me‟yor, aloqa vositasi
nutq, nutqiy jarayon, til tarixi. 
KIRISH 
Adabiyotlarda –lar ko„p ma‟noli yagona affiks sifatida talqin qilinadi. 
Bunday yondashuv tarixiy – etimologik nuqtai – nazardangina to„g„ri. Hozirgi 
til grammatik sistemasidan kelib chiqsak, –lar affiksga xos deb talqin 
qilinuvchi ba‟zi ma‟nolar ham mazmunan, ham vazifa jihatidan mustaqil 
morfema sifatida shakllanganini ko„ramiz. Ana shu ma‟nolardan biri hurmat 
ma‟nosi hisoblanadi. 
Hurmat shakli–lar affiksi asosida yuzaga kelgan. Biroq bu forma 
grammatik son kategoriyasini ko„plik shaklidan emas. Balki nisbatlovchi 
tarkibida qatnashadigan –lar ko„rsatkichidan o„sib chiqqan. Grammatik son 
kategoriyasiga mansub –lar affiksi ko„plik ma‟nosini va shunga bog„liq bir 
necha ma‟noni ifodalashga xizmat qiladi, ammo hurmat ma‟nosini 
ifodalashga ko„plikni sizlashni (yoki senlashni) ifodalaydi. Masalan ngiz 
nisbatlovchi shaxs ko„plikka neytral nisbatlashni yoki ikkinchi shaxs birlikka sizlab 
nisbatlashni ifodalaydi. Ko„rinadiki, bu nisbatlovchida ko„plik ifodalansa, 
sizlash ifodalanmaydi, aksincha, birlik ifodalansa, sizlash ifodalanadi. Demak, 
ko„plik va sizlash ma‟nolarini o„zaro bog„liqligi nisbatlovchi mavjud bu ham 
lar hurmat shaklini be‟vosita –lar ko„plik shakliga bog„lash to„g„ri emasligini 
ko„rsatadi. 

Download 381.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling