Innovation in the modern education system


Download 381.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.01.2023
Hajmi381.58 Kb.
#1138286
1   2   3   4   5
Bog'liq
Baysariyeva Barno

ADABIYOTLAR SHARHI 
O„zbek tilida leksik vositalarni ishlatilish ko„lami shaxslarni iqtisodiy
ijtimoiy-siyosiy mavqei bilan ham bog„lanadi. Masalan: “taqsir” so„zi odatda 
diniy arboblarga nisbatan ko„proq ishlatilsa, “afandim”, “janob”, “janob 
oliylari” kabi so„zlar ziyoliylarning lavozimli qatlamiga nisbatan ko„proq 


 
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
109
ishlatilgan. 
Leksik vositalar ishlatishda jinsiy tafovutlar ham mavjud “taqsir”, “afandim” 
kabi so„zlar erkaklarga nisbatan qo„llanilsa, “bonu”, “xonim”, “begoyim” 
kabi so„zlar ayollarga nisbatan ishlatiladi. 
-Begim, garchi achchiqlansangiz o„zlari ham aytishga majburman. 
(A.Qodiriy) 
-Teatrga janob oliylarining o„zlari ham tashrif buyurganmidilar? (Oybek) 
-Endi kuyovlik muborak bo„lsin, begim?(A.Qodiriy) 
-Taqsir, sizga arz bor. (A.Qodiriy) 
-Sabr qilsinlar, taqsirim, hammasi siz aytgandek bo„lgusidir. (Mirkarim 
Osim) 
-“Oy yuzli rafiqam, kunduz qoshli mashuqam Kumush xonimga” 
(A.Qodiriy) 
-Rahmat, begoyim, bugun ham ertaga ham o„zingizga buyursin 
ko„ylagingiz. (M.Ismoiliy) 
-Shahardan nima habarlar topdingiz Gulshanbonu? 
-Biz kaminalarda nima gap aylanay, oyi xonim? (A.Qodiriy) 
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, “Janobi oliylari”iborasi hech o„rta va past 
tabaqa vakillariga nisbatan mutlaqo ishlatilmaydi. (Agar nutqda ishlatilsa
ters, ya‟ni piching ma‟no kasb etadi.) 
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL 
Keyinchalik bu hurmat ma‟nosi shaxs ma‟nosidan ajralib, mustaqillik kashf 
etadi. Natijada –nglar affiksi ham ikkiga –nglar nisbatlovchisiga va 
–lar hurmat shakliga ajraladi (morfologik qayta bo„linish yuz beradi). 
Yuqoridagi ma‟no taraqqiyoti yo„lini shunday belgilash mumkin: kitobingiz 
(ko„plik yoki sizlash), kitobinglar (ko„plik va sizlash), opanglar (faqat hurmat). 
Oxiri –lar affiksi mustaqillik kashf etgach, I shaxs nisbatlovchisidan keyin ham 
qo„shila boshlaydi. Bir shaxs doirasidan chiqishi bu –lar affiksi va nisbatlovchi 
tarkibidagi -iz ko„rsatkichi o„z-o„zidan boshqa-boshqa grammatik ma‟nosini 
(-iz nisbatlovchining tarkibiy qismi sifatida shaxsga sizlab nisbatlashni, -lar esa 
o„zi qo„shilgan negiz anglayotgan kishiga hurmatni) ifodalaydi. Shu sababli, 
bu ikki xil modal ma‟no (sizlash va hurmat) o„z ifodasini bir so„z strukturasida 
topishi mumkin, demak, bu o„rindagi –lar nisbatlovchi tarkibidagi element 
emas, balki mustaqil affiks. Shunga ko„ra nisbatlovchining o„zgarishi hurmat 
shakliga ta‟sir qilmaydi. Hurmat shakli va nisbatlash kategoriyasi parallel 
grammatik hodisalar bo„lib, birinchisi ikkinchisidan farqli holda nisbat 
berilayotgan shaxsga qarab o„zgarib (uyg„unlashib) yurmaydi. Opamlar, 
onanglar, opangizlar kabi. 
Xullas, hurmat shakli deb odatda qarindoshlik bildiruvchi ot negizlariga 



Download 381.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling