Innovation in the modern education system
Download 381.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Baysariyeva Barno
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 108 O`ZBEK TILIDA HURMAT MA`NOSINING QO`LLANILISHI Baysariyeva Barno TerDU magistranti Lingvistika: o`zbek tili Annotatsiya: Ushbu maqolada o„zbek tilshunosligida leksik vositalarni ko„lami hamda hurmat kategoriyasining ayollar va erkaklar nutqida qo„llanilishi doirasi keng yoritilgan. Undan tashqari o„zbek tili tilshunosligidagi hurmat kategoriyasini ifodalovchi –lar qo„shimchasining kishi muloqotga kirishishda aloqa vositasi sifatida qo„llanilishi, foydalanish vazifasiga ko„ra bosqichlarga bo„linib o„rganilishi keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: hurmat kategoriyasi,til, tilshunoslik, me‟yor, aloqa vositasi, nutq, nutqiy jarayon, til tarixi. KIRISH Adabiyotlarda –lar ko„p ma‟noli yagona affiks sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv tarixiy – etimologik nuqtai – nazardangina to„g„ri. Hozirgi til grammatik sistemasidan kelib chiqsak, –lar affiksga xos deb talqin qilinuvchi ba‟zi ma‟nolar ham mazmunan, ham vazifa jihatidan mustaqil morfema sifatida shakllanganini ko„ramiz. Ana shu ma‟nolardan biri hurmat ma‟nosi hisoblanadi. Hurmat shakli–lar affiksi asosida yuzaga kelgan. Biroq bu forma grammatik son kategoriyasini ko„plik shaklidan emas. Balki nisbatlovchi tarkibida qatnashadigan –lar ko„rsatkichidan o„sib chiqqan. Grammatik son kategoriyasiga mansub –lar affiksi ko„plik ma‟nosini va shunga bog„liq bir necha ma‟noni ifodalashga xizmat qiladi, ammo hurmat ma‟nosini ifodalashga ko„plikni sizlashni (yoki senlashni) ifodalaydi. Masalan – ngiz nisbatlovchi shaxs ko„plikka neytral nisbatlashni yoki ikkinchi shaxs birlikka sizlab nisbatlashni ifodalaydi. Ko„rinadiki, bu nisbatlovchida ko„plik ifodalansa, sizlash ifodalanmaydi, aksincha, birlik ifodalansa, sizlash ifodalanadi. Demak, ko„plik va sizlash ma‟nolarini o„zaro bog„liqligi nisbatlovchi mavjud bu ham lar hurmat shaklini be‟vosita –lar ko„plik shakliga bog„lash to„g„ri emasligini ko„rsatadi. Download 381.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling