«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 1-son
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi
9
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Учинчидан, мафкуравий иммунитетни мустаҳкамлашга қаратилган ғоявий тарбиянинг асосий мақсадларидан бири аҳолининг турли қатламлари учун умумий тамойилларга эга бўлган фуқаролик масъулияти ва инсонийлик бурчи билан боғлиқ тушунчаларни шакллантиришдан иборат. Бу тушунчалар қадим замонлардан буён маълум. Аммо улар деярли ҳамма вақт кишининг миллий, синфий, ирқий, диний, ҳудудий ҳолатларига қараб, турли чекинишлар ёки имтиёзлар билан боғлиқ бўлган. ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР Мирзиёев Ш.М. “Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови”. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузасидан // “Халқ сўзи”, 2016 йил 8 декабрь. Мирзиёев Ш.М. “Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови”. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузасидан // “Халқ сўзи”, 2016 йил 8 декабрь. Назаров Қ. Ғоялар фалсафаси. – Тошкент: Академия, 2011. – Б. 28. Мирзиёев Ш.М. Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги нутқ. // “Халқ сўзи”, 2016 йил 9 сентябрь. Назаров Қ. Ғоялар фалсафаси (тажрибавий қўлланма). – Т.: “Академия”, 2011.– 213– 214 бетлар. 10 «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya INNOVATSION MUHIT SHAROITIDA KORXONALAR RAQOBATDOSHLIGINI OSHIRISHNING AFZALLIGI Sherzodova Diyora Sherzod qizi Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirish, ilm-fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va natijadorligini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda, ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish, barcha resurslardan tejamli foydalanish va buning natijasida ichki hamda tashqi bozorda raqobatbardosh, innovatsion, yuqori texnologiyaga asoslangan, eksportga yo’naltirilgan va import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish talab etilmoqda. Ayniqsa, real sektor korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor, innovatsion faoliyat mohiyatiga to’xtalib o’tsak. O’tgan asrning o’rtalarida tobora rivoj topgan ilmiy-texnik revolyutsiya, ishlab chiqarishning texnologik o’zgarishlari o’sha davrning barcha mulkdorlar, tadbirkorlar hamda iqtisodchilar diqqat markazida bo’ldi. Bu kabi o’zgarishlar ilmiy tilda – innovatsiya atamasi bilan ifodalana boshlandi. Bugungi zamonamizda – innovatsiya tushunchasi biron bir turdagi faoliyatni tarkibiy jihatdan yangilash, tubdan o’zgartirish, xo’jalik faoliyati subyektlari tomonidan ilmiy-texnik tashkiliy, boshqaruv va boshqa yangiliklarning yaratilishi tarqalishi hamda joriy etilishini anglatmoqda. Jahon amaliyotida “innovatsiya” atamasi bozorga tadbiq etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan ilg’or texnologik jarayon yoki insonlar turmush sharoitini yaxshilash maqsadida yaratilgan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi. U hayotga tadbiq etilganidan keyin barcha ega bo’lib ayirboshlash natijasida jamiyat a’zolariga ijtimoiy-iqtisodiy yoki ma’naviy naf keltiruvchi tovarlarga – innovatsiya deyiladi. Fikrimizcha, hozirgi zamon raqobat muhitida faoliyat yuritayotgan ilg’or tadbirkor faqatgina innovatsiyalar, yangiliklar yordamida bozorda o’zining mavqeyini mustahkamlashi hamda daromadini yuqori darajasiga erishishi mumkin. Iqtisodiy sharoitlarni chuqurlashtirish sharoitida korxonalarni innovatsion texnologiyalar yordamida rivojlantirish ustuvor vazifalar qatoriga kiradi. Dunyoning aksariyat davlatlarida hukm surayotgan bozor iqtisodiyoti bozor subyektlari oldiga ilm-fan yutuqlari ya’ni innovatsion texnologiyalardan turmushimizning har bir jabhasida joriy etish va ulardan to’liq foydalanish vazifasini qo’ymoqda. Bugungi kunda dunyoda barcha sohalarda sifatli o’sishni ta’minlovchi yangiliklarni amaliyotga dadil tadbiq etish jamiyatni va iqtisodiy rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchga aylanganini ko’rsatmoqda. O’zini iqtisodiyotida innovatsion modellarni “aqlli” texnologiyalarni qo’llayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror davlatlar hisoblanadi. Ularning izchil ravnaq topishi, jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligi hududidagi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g’oyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan innovatsion faoliyat, ya’ni xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan fan-texnik, tashkiliy va boshqaruv sohalariga oid hamda boshqa turdagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling