Innovative development in the global science


INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana03.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1322233
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
162-173

INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
July , 2022 Boston, USA 
169 
chiqishi mumkin. Biz 1000 metrni 1 kilometr deb olamiz. Bundan quyidagi ifoda 
kelib chiqadi: 
(3-sinf. Matematika darsligi. 103-bet) 
Yuqoridagi o’lchov birliklari va ular orasidagi bog’lanishni tushunib 
yetganlaridan so’ng, mana shu birliklar ustida amallarning turlicha ko’rinishlariga 
oid misol va masalalar ishlanish usuli bilan tanishamiz.
(3-sinf. Matematika darsligi. 104-bet) 
Ushbu misollarning yechilishini o’quvchilarga mustaqil topshiriq sifatida 
keltirilgani ma’qul. Buning uchun bitta namuna ko’rsatib beramiz: 
340mm = 3dm 4cm 
Rasmda ko’rsatilgan diagramma asosida oila 
a’zolarining bo’ylari orasidagi farqni toping. 
O’quvchilar buni mustaqil bajaradilar. Natija
(3-sinf.Matematika darsligi.104-bet) 
hammada akasi qizaloqdan 20 cmga, onasi o’g’lidan 20cm ga dadasi onasidan 20cm 
ga va h.k… balandroq ekani haqida javob kelib chiqishi kerak.
Shuni aytib o’tish kerakki, barcha ishlangan misollarda sharti bir xil o’lchov 
birligi tarzida berildi. Lekin sinf darsliklarida turlicha birliklarda berilgan shartlarga 
ham duch kelamiz. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Quyida misollarning amaliy hisoblash jarayonida qanday yo’l tutish 
mumkinligini ko’rsatib o’tishimiz lozim.


INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
July , 2022 Boston, USA 
170 
Dastavval bir xil o’lchov birliklari ustida amallar bajarib ko’rsatiladi. 
(1-sinf. Matematika darsligi. 120-bet) 
Bunda oddiy qo’shish ayrish misollaridagi kabi o’lchov birliklarini yozgan holda 
hisoblash mumkin. Ya’ni 40cm + 10cm = 50cm kabi.
Shuni yodda tutish kerakki, o’quvchilar javobni yozishda ham ikki xil usulda 
yozishlari mumkin. Javob 50cm deb olinsa ham, 5dm deb olinsa ham javob to’g’ri 
sanalaveradi. Bunda o’quvchi nisbatan osonroq 5dm deb javob yozgani ma’qulroq. 
70cm – 20cm=50cm 50cm=5dm Javob: 5dm 
So’ng ikki xil o’lchov birliklari ustida amal bajaramiz: 
Do’konda uzunligi 5m bo’lgan qizil mato bor edi. Haridorlardan biri 5dm sotib oldi. 
Qancha mato qolgan?
Avvalo, uzunliklarni bir xil o’lchov birligiga o’tkazib olamiz. Bunda metrni 
detsimetrga yoki aksincha detsimetrni metrga o’tkazib olish mumkin. Ikkala usulni 
ham ko’rib chiqamiz: 
Bor edi --- 5m Sotildi---5dm Qoldi --- ? 
1-usul
: 10dm=1m demak, 5m=0,5m 5 m matodan 0,5m matoni ayirsak, 4,5m 
qizil mato qoladi.
2-usul
: 1m=10dm demak, 5m=50dm 50dm-5dm=45dm 45dm mato qoldi. 
5dm=4,5m. Shunga o’xshash yana bir misolni ko’rsak. 
100cm li rangli qog’ozdan 2dm 5cm qog’oz qirqib olindi. Qancha qog’oz qoldi? 
Bor edi --- 100cm Qirqildi --- 2dm 5cm Qoldi --- ? 
Bunda kichik birlikka o’tkizgan ma’qulroq. Chunki katta birlikda bola biroz 
qiyinchilikka uchraydi. 
100cm – 2dm 5cm=100cm – 25cm = 75 cm 
So’ngra ikkala birlik ham ishtirok etgan misolni ko’ramiz.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling