Innovatsion bank xizmatlarining ilmiy-nazariy asoslari va rivojlantirish ahamiyati


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 82.38 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi82.38 Kb.
#1634563
1   2   3   4
Bog'liq
KIRISH Олимов (2)

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Banklarning faoliyatining nazariy – uslubiy asoslari, amal qilish qonuniyatlari va xususiyatlari ko’pgina xorijiy va mamlakatimiz olimlari tomonidan o’rganilgan. Xorijiy iqtisodchilarning ushbu yo’nalishdagi tadqiqotlari jumlasiga E.Naumen, P.Rouz, J.Sinki, K.Falbi, G.Mintsbergi, M.Porter, F.Fordlarning ilmiy ishlarini kiritishimiz mumkin. SHuningdek, rus iqtisodchilari L.Krasavina, A.Jukov, Ye.Jukov, O.Lavrushin, Ya. Mirkin va boshqalar tomonidan bank amaliyotini tashkil qilishning zamonaviy shakllari sohasidagi muammolar va ularni bartaraf qilish masalalari ko’rib chiqilgan. O’zbekistonlik iqtisodchi – olimlar va mutaxassislar F.Mullajonov, SH.Abdullaeva, Yo.Abdullaev, M.Angelidi, T.Malikov, T.Qoraliev, O.Iminov, T.Ten, A.Qodirov va boshqalarning ilmiy izlanishlarida bank faoliyati asoslari hamda amaliyoti keng yoritilgan. Bitiruv – malakaviy ishning kafedra ilmiy
Bitiruv – malakaviy ishning maqsadi Ipoteka Bank» ATIBning faoliyati samaradorligini oshirish jarayonini boshqarish amaliyotini takomillashtirish masalasi rivojlangan sanoat mamlakatlari tijorat banklarining ilg’or tajribalarini tahlil qilish asosida o’rganiladi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Tanlangan bitiruv malakaviy ishi mavzusi Andijon mashinasozlik instituti “Iqtisodiyot” kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga mos keladi.
Tadqiqot maqsadi . Ipoteka Bank» ATIBning faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi va hal qilindi:
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqotning ob’ekti bo’lib, Ipoteka Bank» ATI B hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti bo’lib, tijorat banklarida bank xizmatlarini takomillashtirishga oid bo’lgan ilmiy masalalar hisoblanadi. Tadqiqotning ilmiy va nazariy asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning asarlarida, bank sohasini rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish yuzasidan, ilgari surilgan nazariy qarashlar, bank faoliyatiga oid Prezident farmonlari va qarorlari, qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda respublika Markaziy bankining me’yoriy – huquqiy hujjatlari, xorijiy va o’zbekistonlik iqtisodchi olimlarning bank ishiga oid ilmiy – uslubiy yondashuvlari, amaliy tajriba va xulosalari hisoblanadi. shuningdek, ishda voqea va hodisalarni ilmiy bilishning dialektik usullaridan, xususan iqtisodiy tahlilning taqqoslash, guruhlash, qiyosiy tahlil, tarkibiy va miqdoriy tahlil usullaridan foydalanildi.

Download 82.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling