Innovatsion faoliyat infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari
Download 418.06 Kb. Pdf ko'rish
|
4-маъруза
4-mavzu INNOVATSION FAOLIYAT INFRATUZILMASINI TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI Reja: 1. Innovatsion faoliyatni rivojlantirish infratuzilmasi. 2. Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rag‘batlantirish yo‘llari. 3. Innovatsion infratuzilmani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘llari. 1. Innovatsion faoliyatni rivojlantirish infratuzilmasi. Innovatsion faoliyatni rivojlantirish infratuzilmasining asosiy tamoyillarini shakllantirishda milliy iqtisodiyot talablari va imkoniyatlariga mosligini, moslashuvchanlik holati, xalqaro iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qilishi lozim. Bunda milliy innovatsion tizimning bir segmenti sifatida funksional-to‘laqonli innovatsion tuzilma yaratish zarurhisoblanadi (4.1-rasm). Texnik jihozlanish kadrlar tarkibi bo‘yicha raqobatbardosh ilmiy texnik mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqish va tijoratlashtirish, ularni ichki va tashqi bozorlarda amalga oshirishni ta’minlay oladigan, innovatsion sohaning amaldagi va sifat jihatidan yangi sub’ektlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilishi zarur. Innovatsion tadbirkorlik infratuzilmasi alohida bo‘lib o‘tadigan va innovatsion deb nomlangan turga moslashib oladigan tadbirkorlikni ta’minlovchi tizimni ifodalaydi. U innovatsion sohaning tadqiqotchilik-loyihalash sektorini iqtisodiyotning real sektori va yakuni iste’molchi bilan birlashtiradi (4.1-rasm). Texnoparklar biznes-inkubatorlar innovatsion- texnologik markazlar venchur fondlari intellektual mulk birjalari marketing markazlari ilmiy-texnik rivojlanish markazlari Download 418.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling