Innovatsion faoliyat infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari
-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkiliy infratuzilmasi
Download 418.06 Kb. Pdf ko'rish
|
4-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1-jadval Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali Innovatsion tadbirkorlik uchun Bevosita innovatsiyalash uchun
4.1-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkiliy infratuzilmasi
Bevosita innovatsiyalash, ya’ni innovatsiyalarni taklif sifatida yaratish uchun va innovatsion tadbirkorlik, ya’ni bu takliflarni amalga oshirish va ilgari surish uchun infratuzilma elementlarining mazmun-mohiyatiga kengroq e’tibor qaratish zarur (4.1-jadval). 4.1-jadval Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali Innovatsion tadbirkorlik uchun Bevosita innovatsiyalash uchun Joriy qiluvchi firmalar Muhandislik markazlari Injeniring firmalari Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar Konsalting firmalari Reklama faoliyati bo‘yicha firmalar Banklar va boshqa kredit korxonalari Innovatika ixtisoslashgan auditorlik firmalari Ilmiy-texnik shirkatlar Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari Sertifikatsiya markazlari Lizing kompaniyalari Patent-litsenziyali korxonalar Biznes-inkubatorlar Texnologiyalar transferi markazlari Sug‘urta kompaniyalari Sanoat universitetlari va xalq xo‘jaligining boshqa sektorlari Tadqiqotchilik majmualari Fanlar akademiyasi Kutubxonalar va ma’lumotlar to‘plamlari Sinov tariqasidagi ishlab chiqarishlar Tajriba laboratoriyalari va markazlari Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar Patent-litsenziyali korxonalar Ilmiy parklar Innovatsion markazlar Innovatsion-ishlab chiqarish komplekslari Mazkur infratuzilma turlarining ayrim elementlari mos kelishi yoki umumiy bo‘lishi mumkin, bu - axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalar, tajriba va muhandislik markazlari, moliyaviy strukturalar, patentli-litsenziyali korxonalardir. Korxonalarni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish quyidagilarga imkon beradi: yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, asbob-uskunlarni joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning o‘sishini ta’minlash; innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar mahsulotlari umumiy hajmining 20% foizga etkazish; fan-texnika va ishlab chiqarish sohalaridagi qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish; ITTKI innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi usullarini joriy qilish hisobiga innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha resurslar jalb qilish; zaruriy innovatsion infratuzilma (texnologiyalar, innovatsion texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologiya, korxonalar va boshqalar) innovatsion faoliyat sub’ektlariga iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratish va rivojlantirish; innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga soladigan qonunchilik va normativ-huquqiy asoslar shakllantirish; innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlari yaratish; korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta’minlaydigan, samarali faoliyat ko‘rsatadigan, bozorga yo‘naltirilgan innovatsion tizim yaratish; yangiliklar kiritish asosida ishlab chiqarishda jadal tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish; mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish; ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika yangi birlamchi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish; innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo kooperatsiya ilg‘or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada foydalanish. Bizga ma’lumki, yangi tovar ishlab chiqarishda muvaffaqiyat keltirishning uchta omili mavjud. Ya’ni o‘z raqobatchilariga nisbatan tovarlarining ustunligi, iste’molchilar tomonidan qabul qilish uchun ajralib turuvchi xususiyatlarining mavjudligi, firmaning innovatsion marketing, yuqori ITTKI va ishlab chiqarish, ya’ni texnologik nou-xauning mavjudligidir. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan muvaffaqiyat keltiruvchi omillar innovatsion marketingda muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi korxonalarida savdo vasof foyda hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladi.Bunda ular marketing faoliyatini yanada rivojlantirishga, unda yangi tovarlar ishlab chiqarish, yangi xizmat turlarini joriy etish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham bu o‘rinda korxonalar faoliyatiga yangiliklarni kiritish, yangi tovar ishlab chiqarish, innovatsion marketing usullarini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 418.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling