Innovatsion faoliyat infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari


 Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rag‘batlantirish yo‘llari


Download 418.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana14.02.2023
Hajmi418.06 Kb.
#1197218
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-маъруза

2. Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rag‘batlantirish yo‘llari. 
Hozirgi kunda innovatsion faoliyatni amalga oshirishni rag‘batlantiruvchi 
asosiy kuch sifatida, tovar bozorlaridagi keskin raqobat sharoitidagi potensial 
daromad miqdori xizmat qilishi mumkin. Innovatsion faoliyat o‘zgarishi omillari 


o‘rtasida uskunalar xarid qilish, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar keng 
tarqalgan. Ichki va tashqi bozorlarda keskin raqobat mavjudligi innovatsiyalarning 
asosiy maqsadlarini belgilab beradi. 
Innovatsion jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishdagi roli texnologik bazani 
yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni egallash va bu bilan 
iqtisodiy o‘sishning yanada yuqori sur’atlariga erishishda o‘z aksini topadi. 
Innovatsion rivojlanish omillari iqtisodiy o‘sishning asosini tashkil etgan holda 
ishlab chiqarish sohasining ko‘pgina xususiyatlarini ham belgilaydi (4.2-rasm). 
Paydo bo‘lishiga qarab ular ichki va tashqi omillar bo‘lishi mumkin. 
Ichki omillar: 

ishlab chiqarish rivojlanishining moddiy-texnik bazasi; 

korxona ixtisosligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning maqsadi; 
- boshqaruv turi va tashkiliy tuzilmasi; 
- boshqaruv uslubi va uslubiyoti; 
- ishlab chiqarishning yangilik darajasi; 
- turli xil xodimlarning talab qilingan va mavjud malakaviy darajasi
- xodimlarni rag‘batlantirish tizimi; 
- xodimlarning innovatsiyaviy faolligi darajasi; 
- tashkiliy madaniyat va boshqalar. 
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- bozor tuzilmalari; 
- soliq tizimi
- qonuniy-huquqiy tizim; 
- moliya-kredit tizimi
- umumiqtisodiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy xarakterga ega omillar
- tarixiy va milliy omillar. 
Innovatsion asosga ega bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish masalasini echish 
jarayonida, korxonada innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlar tizimini ifodalashi 
lozim. Bu ayniqsa, o‘z rivojlanishining faol strategiyasini amalga oshirayotgan 
korxonalar uchun muhimdir (4.2-rasm). 



Download 418.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling