Innovatsion faoliyatda intellektual mulk 16 Intellektual mahsulot


Download 19.7 Kb.
bet3/4
Sana01.11.2021
Hajmi19.7 Kb.
#170136
1   2   3   4
Bog'liq
Ma'ruza-16

Intellektual mulk huquqi – bu yaratuvchisining yoki uning qonuniy merosxo‘rining intellektual faoliyat natijasidan foydalanish bo‘yicha shundan bilvosita yoki bevosita daromad olish maqsadida yaratuvchisi nomini eslatish yoki estalmaslik bilan xatti-harakatlar sodir etishga ruxsat berish yoki buni ta’qiqlash huquqidir.

Intellektual mulk natijasidan ruxsatsiz foydalanish intellektual mulk huquqining buzilishi hisoblanadi.

Intellektual mulk huquqining tarkibiy qismlaridan biri ixtirochidan alohida beriladigan mulkka oid huquqlar (iqtisodiy mazmunga, huquqiy himoya muddatiga ega) tomonlar, ya’ni ixtirochi va jamiyat manfaatlari muvozanatini saqlaydi.

Intellektual mulk qonunchilikda ko‘zda tutilgan usullar bilan (savdo-sotiq, ayirboshlash, ijara va boshqalar) fuqaroviy aylanishga jalb etilganda daromad keltirishga qodir. Buni intellektual sarmoya deb atash mumkin. Moliya resurslari qo‘shimcha manbai sifatida intellektual mulkdan foydalanish usullari shu mulkni xo‘jalik jamiyatlari va uyushmalari nizomdagi sarmoyasiga kiritish, korxonalar real qiymatini korxonalar aktivlari tarkibida mulkka oid huquqlar qiymatini hisobga olish yo‘li bilan oshirish va boshqalar hisoblanadi.

Ikkita misol keltiramiz: 2000 yilda N.E.Bauman nomidagi MDTU talabalari Artyom Yuxin va Andrey Klimov A4Vision kompaniyasiga asos solishdi. Ular har qanday uch o‘lchovli yuza, jumladan inson yuzining ham raqamli nusxasini olish imkonini beruvchi skaner yaratishdi. Uning ustiga insonni xabardor qilmasdan ham yuzini «skanerlash» mumkin. 2002 yilda fuqaro aviatsiyasi Xalqaro tashkiloti nomi ostida jahonning 188 ta mamlakati Yangiorlean bitimini imzolashdi va u yuz biometrikasini keyingi avlod pasportlari hamda chiquvchi vizalar uchun identifikatsiya qilish asosiy texnologiyasi deb e’tirof etdi. 2003 yilda «biometrik» dasturlar va skanerlar savdosini yo‘lga qo‘ygan kompaniyaning aylanma mablag‘i 1 mln AQSh dollariga yaqinlashdi. 2004 yilda A4Vision nazorat paketini Silkon vodiysining eng keksa venchur fondlaridan biri Mento Venture sotib oldi. Jalb qilingan pullarning asosiy qismini kompaniya biometrik pasportlar ustida olib borilayotgan ishga sarflamoqda. 2005 yil oxiridan boshlab bunday biopasportlarni AQSh va Yevroittifoq fuqarolari olishmoqda, 2012 yildan esa O‘zbekistonda ham shunaqa pasportlar berila boshlandi.

Yangi standartlar bo‘yicha Xalqaro tashkilotning (ISO) biometrika bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan ma’qullanishi «uch o‘lchamli fotografiya»ning bu texnologiyasi yagona xalqaro standart sifatida butun jahonda keyingi avlod pasportlari va vzalarida foydalanilishi zarurligini anglatadi.



Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling