Innovatsion faoliyatda intellektual mulk 16 Intellektual mahsulot


Intellektual mulki himoya qilish va muhofaza etish


Download 19.7 Kb.
bet4/4
Sana01.11.2021
Hajmi19.7 Kb.
#170136
1   2   3   4
Bog'liq
Ma'ruza-16

16.3. Intellektual mulki himoya qilish va muhofaza etish
O‘rnatilgan stereotipga muvofiq moddiy munosabatlar ko‘p miqdorda qonun tomonidan boshqariladi, nomoddiy hodisalar sohasiga mansub yangi g‘oyalar, texnologiyalar, boshqaruvga oid echimlar ularni baholashning maqbul shakllariga, iqtisodiy va ijtimoiy mezonlarga, yuridik me’yorlarga ega emas. Bu intellektual sohada qaroqchilikning paydo bo‘lishiga olib keladi. SHu sababli intellektual mulkni himoya qilish texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.

Intellektual mulkni qo‘riqlash innovatsion faoliyatning asosiy xususiyati hisoblanadi. Patent tizimining holati kompaniya innovatsion faoliyatini rag‘batlantirshi yoki to‘xtatib turishi mumkin. Intellektual mulk ob’ektlarining alohida nomoddiy tabiatini hisobga olib, patent huquqlarining yo‘qligi yoki maxrum etilishi mulkdan ham ayrilishni bildiradi. Hozirgi paytda patent tizimi yangi mahsulot ishlab chiqishning barcha bosqichlarini, asosli tadqiqotlar va marketingdan keyin qamrab olmoqda. Shu sababli uni qo‘riqlash hamda adolatsiz raqobatga barham berish ham kompaniya, ham davlatning strategik maqsadlari qatoriga kiradi.

Davlatlar sanoat mulkini qo‘riqash tizimini kuchaytirilgan tarzda takomillashtirmoqdalar. 1990 yillarda patentli himoya yangi sohalarga (biotexnologiya, informatika va boshqalar), metodlar va texnologiyalarga jumladan, ishga doir amaliyotgan ham tarqaldi. Axborot texnologiyalarining faol tarqalishi bilan bog‘liq holda milliy patent tizimlari unifikatsiyasi sodir bo‘lmoqda, intellektual mulkni himoya qilish esa milliy yurisdiksiya doirasidan chiqmoqda.

Yevropa Ittifoqi Yevropaning aksariyat patentlari amerikalik va yaponiyalik firmalarga tegishli ekanligidan xavotirlanib, Hamjamiyat patenti haqidagi Nizomni ma’qulladi va bu AQSh hamda Yaponiyada mavjudlariga taqqoslasa bo‘ladigan patentni Yevropada olish uchun harakat qilishga imkon berdi, shu bilan innovatsion imkoniyatlarni kuchaytirib, evropalik kompaniyalar raqobatbardoshligini oshirdi.

Internetdan tijorat maqsadlarida oydalanishning o‘sishi bilan mualliflik huquqlari buzilishi bilan bog‘liq ishlar soni keskin ko‘paydi. Evropa Ittifoqida kichik va o‘rta tadbirkorlik hamda individual ixtirochilar ehtiyojlariga mo‘ljallangan Internet patent taqsimlash xizmati (DIPS) tashkil etildi.

Patent va litsenziyadan tashqari ko‘pgina mamlakatlarda quyidagilar intellektual mulk himoya shakllari hisoblanadi:

- kopirayt (ishlab chiqarish huquqi) – adabiyot, san’at, audio yoki videoasarlarni chiqarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yor. Asarga tushiriladigan aylana ichidagi lotincha S harfi mazkur asar mualliflik huquqi bilan himoyalanganini bildiradi;

- tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi – tovarlarni bajarilayotgan ishlarni hamda yuridik yoki jismoniy shaxslar ko‘rsatayotgan xizmatlarni individuallashtirish uchun xizmat qiluvchi belgilardir.

Ishlab chiqarish mulkini qo‘riqlash va himoyalashdan tashqari qonun tomonidan fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va foydalanish (mualliflik huquqi), ijro fonogrammalari, efirda yoki kabeli namoyishni qo‘yish, uzatish, tashkil etish (o‘zaro bog‘liq huquqlar) bilan yuzaga keluvchi munosabatlar ham tartibga solinadi.

Ushbu qonunga ko‘ra fan, adabiyot va san’at asarlariga mualliflik huquqi uning yaratilishi bilan yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalda tatbiq etilishi uchun asarni qayd etish, asarni maxsus rasmiylashtirish yoki boshqa bir rasmiyatchilika rioya qilish talab etilmaydi.

Alohida mualliflik huquqi egasi o‘z huquqlarini e’lon qilishi uchun asarning har bir nusxasida joylashtiriladigan va uch unsurdan iborat mualliflik huquqini qo‘riqlash belgisidan foydalanish huquqiga ega: aylana ichidagi lotincha C harfi, alohida mualliflik huquqiga ega shaxsning nomi, asar birinchi nashrining yili.

Xizmat majburiyatlarini yoki ish beruvchi xizmat topshirig‘ini bajarish tartibida yaratilgan asarga mualliflik huquqi xizmatga doir asar muallifiga tegishli.

Biroq, xizmatga doir asardan foydalanishga alohida huquqlar muallif mehnat munosabatlarida bo‘lgan (ish beruvchi) shaxsga tegishli, agar u va muallif orasidagi kelishuvda boshqa shart ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. Xizmatga doir asarning foydlanish har bir turiga mualliflik mukofoti hajmi va uni to‘lash tartibi muallif bilan ish beruvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.

Qonun muallif roziligisiz va mualliflik haqisiz (asaridan foydalanilayotgan muallif nomini, olingan manbani ko‘rsatish sharti bilan) asardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan holatlarni belgilaydi. Ilmiy, tadqiqot, polemik, tanqidiy va axborotga oid maqsadlarda huquqiy e’lon qilingan asarlardan ko‘chirma (sitata) maqsadi bilan o‘zini oqlaydigan hajmda ko‘chirma keltirishga yo‘l qo‘yiladi; gazetlarda, efirda joriy siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalar bo‘yicha maqolalarni chiqarish hamda omma oldida aytilgan siyosiy nutqlarni keltirish.



Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va o‘limidan keyin 70 yil amalda bo‘ladi. Mualliflik huquqi meros bo‘yicha o‘tadi. Mualliflik huquqi, muallif nomiga huquq va obro‘sini himoya qilish huquqi muddatsiz qo‘riqlanadi, ammo meros bo‘lib o‘tmaydi. Asarlarga mualliflik huquqi amal qilishi muddatining tugashi ularning jamoat mulkiga o‘tishini bildiradi va bu har qanday shaxsga undan mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanish huquqini beradi.

Mualliflik va o‘zaro bog‘liq huquqlarni buzganlik uchun qonunlarga muvofiq fuqaroviy, jinoiy va ma’muriy javobgarlikni ko‘zda tutadi. Mualliflar va ijrochilar ularning shaxsiy nomulkiy huquqlari yoki mulkka oid huquqlari buzilgan holatda buzgan shaxsdan ma’naviy zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling