Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi


Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsion faoliyatni boshqarish tajribasi


Download 58.89 Kb.
bet4/9
Sana17.10.2023
Hajmi58.89 Kb.
#1707059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi. R

2.Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsion faoliyatni boshqarish tajribasi


Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ilmiy-texnik siyosatining asosi-respublikada tovar va xizmatlarga bo‘lgan ichki iste’molni tezrok qondirish va jaxon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlarining tubdan yangilanishiga yordam beruvchi ilmiy va texnologik ishlanmalarni yaratishga xizmat ko‘rsatishdir.
AQShda «yangiliklarni joriy etish tushunchasi»ni «ilmiy-texnik taraqqiyot» tushunchasi bilan almashtirishadi va bunda ilmiy-texnik sohadagi og‘irlik markazi jarayondan natijaga, ya’ni mazkur joriy etiladigan yangiliklar ta’siri ostida iqtisodiyot , ijtimoiy sohadagi pirovard natijalarga o‘tadi. Og‘irlik markazi olimlar qiziqishini qondirishdan odamlarning ma’lum turdagi mahsulotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga ko‘chadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnik yangiliklarning harakatlantiruvchilari- bu o‘z faoliyatida davlat yordamiga tayanuvchi kichik ilmiy-texnik va innovatsion firmalar hisoblanadi. Masalan, AQShda texnologik yangiliklarni joriy etish 80- yillardan boshlab iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan va nufuzli jixatlaridan biriga aylandi.
Innovatsion loyihalarning xayot tsikli turli bosqichlaridagi selektsiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: birinchi bosqich tugallangandan so‘ng 35 % loyihalar davom ettirish uchun mablag‘ va vositalar bilan ta’minlanadi; ikkinchi bosqich tugagandan so‘ng 50 % loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi. Ikkinchi bosqichda 23 % moliyalashtiriladigan loyihalar «yuqori novatorlik loyihalari» sifatida tavsiflanadi. Bunday dasturlar amal qilmasa, kichik firmalar tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan loyihalarning faqat 16 % igina amalga oshirilishi mumkin ekan. Ilmiy- tadqiqot va tashkiliy-konstruktorlik ishlari (ITTKI-NIOKR) ga federal fondlarni birlamchi taksimlash bo‘g‘in turi buyicha amalga oshiriladi. Har bir bo‘g‘in o‘z rasmiy vazifalariga mos bo‘lgan ITTKI ni bajarish bilan shug‘ullanadi. Bo‘g‘in raxbariyati ilmiy-tadqiqot byudjetlarining qanday qismini shu bo‘g‘in ijrochilari tomonidan sarflash, qanday qismini tashqi bo‘g‘inlarga taqdim etishni o‘zi belgilab oladi. Masalan, AQSh mudofaa vazirligi o‘z ITTKI byudjetining 75 % ini universitet va sanoat firmalari hisoblangan tashqi ijrochilar orqali sarflaydi.
Davlat tomonidan ilmiy siyosatning amalga oshirilishida asosiy e’tibor Amerika fanining moddiy-texnik bazasining sifatiga, avvalambor universitetlar faoliyati sifatiga qaratiladi. AQShda mudofaa Vazirligi 80-yillarda universitetlar va kollejlarning tadqiqot bazasini rivojlantirish dasturini amalga oshirdi. Bunday
dasturlarni boshqa bo‘g‘inlar ham amalga oshirganlar, jumladan, Milliy ilmiy fond universitetlar tadqiqotchilari davlat laboratoriyalarida o‘rnatilgan super kompyuterlarni ma’lum vaqtga ijaraga olishlari uchun mablag‘lar ajratdi.
Hukumat maqsadli subsidiyalar, dotatsiyalar tadqiqot stipendiyalarini fundamental fanlar va sanoat o‘rtasida uzoq muddatli aloqalar o‘rnatilganligi uchun ajratadi, universitet olimlari sanoat kompaniyalari uchun qiziqarli bo‘lgan muammolar bilan shug‘ullanadigan injenerlik markazlarini tuzadi. Milliy ilmiy fond bunday markazlar uchun infratuzilma bazasini tuzadi.
Davlat idoralari tadqiqotchilik loyihalarida teng huquqli moliyaviy hamkor sifatida qatnashadilar. Sanoatda fundamental fanlar natijalarini taksimlash kanali rolini ITTKI ni amalga oshiruvchi federal laboratoriyalar va universitetlarda, xususiy firmalarda faoliyat yurituvchi mutaxassislarni o‘qitish maxsus kurslari bajaradilar. Bunday kurslar qator vazirliklar, tashkilotlar (jumladan, PASA, Standartlar milliy byurosi, Milliy ilmiy fond va boshqalar) va etakchi texnik oliy o‘quv yurtlari huzurida tashkil etilgan.
AQSh uchun davlatning innovatsion faolligiga ta’sir etishining uziga xos kanaliga tovarlar va xizmatlarni o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan shartnoma tizimi hisoblanadi. Davlat xaridlari-yangiliklarni joriy etish «talabi»ning muhim unsuridir. Ancha katta savdo hajmiga ega bo‘lgan kafolatli bozorning mavjudligi ishlab chiqaruvchi firmalarga ishlab chiqarish ko‘lami va tajriba buyicha tejamkorlik asosida sarflarni keskin qisqartirishga imkon beradi. Yangiliklarning texnik ekspluatatsion o‘lchamlarini yaxshilash bilan bir katorda xarajatlarni qisqartirish uning bozorga chiqishi va taksimlanishida etarli darajadagi samaradorligini baholash imkonini yaratadi.
Davlat yangiliklarni ishlab chiqaruvchi xorijiy subyektlar uchun to‘siq qo‘yib, milliy ishlab chiqaruvchilar uchun tajriba to‘plashga imkon beradi. Jumladan, yangiliklar asosida turuvchi ko‘pgina kashfiyotlar hukumat buyurtmasi va mablag‘lariga ko‘ra yaratilgan. Avvalo, mutloq davlat bozori uchun mo‘ljallangan mahsulotlar asta-sekinlik bilan fukarolik tarmoqlari uchun ishlab chiqarila boshlandi. Masalan, EXMlar va yo‘ldoshli aloqa kabilar.
AQSh da taxminan o‘n besh ming atrofida kichik innovatsion firmalar hisobga olingan. Hisob-kitob qilinishicha kichik firmalar yiriklarga nisbatan ikki marta ko‘p yangiliklar yaratadilar, eng yangi mahsulotlar esa bunday firmalarda 2,5 marta ko‘p yaratiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab uni tijoratlashtirish va yangi mahsulot bilan bozorga chiqishgacha bo‘lgan vaqt davriyligi kichik firmalarda 2,2 yilga teng bo‘lsa, yirik firmalarda bundan 1,5 marta ko‘p vaqtni talab etadi.
Singapurda davlat venchur investitsiyalar tavakkalini Texnologik Investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash Dasturi orqali qisman moliyalashtiradi. Bu dastur endi ish boshlagan kompaniyalarga investitsiyalardan kutiladigan zararlarni sug‘urtalash imkoniyatini beradi. Statusga ega kompaniya uz investorlari uchun 3 mln. Singapur dollaridan oshuvchi qiymatdagi investitsiya uchun Sertifikat chiqarish xukukiga ega. Bunday sertifikatlarga ega bo‘lgan investorlar kimmatbaho qog‘ozlar ishlatilishi mumkin bo‘lgan muddat ichida investitsiyalardan keladigan har qanday yo‘qotishlarni soliqka tortiladigan uz daromadlari hisobidan ajratishlari mumkin.
Koreya Respublikasida kichik biznesni moliyalashtirish tizimida Kafolatli kredit Fondi muhim o‘rin tutadi. U hukumat va ixtisoslashtirilgan moliya idoralari mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi. Fond kreditli kafolatlarni qarz evaziga xatto iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarida faoliyat yurituvchi kichik va o‘rta korxonalar uchun beradi. Agar qarz bank tashkiloti tomonidan kichik va o‘rta korxonalarning asosiy fondlarini investitsiyalash uchun taqdim etilsa, bunda 150 mln. von.gacha bo‘lgan qiymatdagi qarz avtomatik tarzda 70 % sug‘urtalanadi. Komission to‘lov hajmi-yillik 1 % (yirik korxonalar uchun-1,5 %)ni tashkil etadi.
Shunday qilib, rivojlangan iqtisodiyotga ega mamlakatlarda davlatning innovatsion faollikka ta’siri quyidagi yo‘nalishlarda o‘z aksini topadi:

    • birinchidan, davlat ilmiy-texnik g‘oyalar taklifini va ishlan-malarni amalga

oshirish uchun zarur infratuzilmasini shakllantirishning omili sifatida;

    • ikkinchidan, davlat innovatsion korxonalar uz faoliyatini amalga oshiradigan iqtisodiy muhitni shakllantirishning;

    • uchinchidan, davlat maxkamalari xaridlari keyinchalik xo‘jalik amaliyotida keng tarkaladigan va qo‘llaniladigan ko‘pgina yangiliklarni joriy etish borasida boshlang‘ich talabni shakllantiruvchi omil sifatida chiqadi.

Lizing, venchur kapitali, IPO, EIHlar investitsion iqlimni ta’minlashning asosiy innovatsion shakllari sifatida qaraladi.
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida lizing faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni texnologik qayta qurollantirish va yangidan barpo etilayotgan korxonalarni esa ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan jihozlashning muhim dastaklaridan biri hisoblanadi. Aynan shu sababli ham, lizingning iqtisodiy mohiyatini qarab chiqish va milliy iqtisodiyot doirasida mazkur iqtisodiy vosita (instrument)ning rivojlanishini tahlil etishni zarur. O‘zbekistonda, shu jumladan MDH mamlakatlarida lizing bozorini shakllantirish va rivojlantirishning dolzarbligi birinchi navbatda, asbob-uskunalar parkining nochor holati (jismoniy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarning etarlicha katta ulushi, ulardan foydalanish samaradorligining pastligi, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanmaganlik va hokazo) va ilmiy-texnik taraqqiyot mahsulotlarini joriy etish hamda asosiy fondlarni yangilash uchun aylanma mablag‘larning sezilarli darajada etishmasligi bilan izohlanadi. Moliyalashtirishning lizing shakli modernizatsiyalash uchun mablag‘ muammosiga duch kelgan korxona va qo‘yilgan mablag‘larning qaytarilishining etarlicha kafolati bo‘lmaganligi sababli ushbu korxonaga kredit taqdim etuvchi bank o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etadi. Lizing operatsiyalari barcha ishtirokchilar uchun birdek foydalidir: bir tomon bosqichma-bosqich to‘lab boriluvchi kredit va kerakli asbob-uskunaga ega bo‘lsa, boshqa bir tomon esa kreditning qaytarilish kafolatiga ega bo‘ladi, chunki so‘ngi to‘lov amalga oshirilgunga qadar lizing obbyekti lizing operatsiyasini moliyalashtirgan bank yoki lizing beruvchining mulki hisoblanadi.
Venchur kapitalini iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash va investitsion iqlimni barpo etishning innovatsion shakllaridan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, venchurli moliyalashtirish milliy xo‘jalikni iqtisodiy rivojlantirishning muhim manbalaridan biriga aylanib bormoqda. AQSh, Evropa mamlakatlari, Yaponiya va Hindistonda venchur kapitaldan foydalanish borasida to‘plangan boy ijobiy tajribalar venchurli biznes bugungi kunga kelib, kuchli jahon industriyasiga aylanganligini amalda ko‘rsatdi va u iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini qo‘llab-quvvatlashda muhim vositalardan biri sifatida o‘zini namoyon eta oldi. Venchurli biznes investitsion resurslarning tanqisligi va qimmatligini bartaraf etishga ko‘maklashgani holda, iqtisodiy o‘sish sifatini tubdan o‘zgartirishi mumkin.
Venchurli tadbirkorlik fan sig‘imli tarmoqlarda yangi ishlanmalarni joriy etishda muhim o‘rin tutadi. Moliyalashtirish manbalari tuzilmasi va mablag‘larni taqdim etish shartlari nuqtai nazaridan u investitsiyalarni jalb qilishning an’anaviy usullaridan bir muncha farq qiladi. Venchurli biznes innovatsion faoliyat investitsion mexanizmining yangi tipini yaratgani holda, iqtisodiyotning yaxlit holda faoliyat ko‘rsatish samaradorligini oshiradi. Shu sababli venchurli tadbirkorlikning barcha avfzalliklaridan milliy iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida birdek foydalanilishi lozim.



Download 58.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling