Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi


Download 58.89 Kb.
bet7/9
Sana17.10.2023
Hajmi58.89 Kb.
#1707059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi. R

Amerika qoʻshma shtatlarida innovasion faoliyatni boshqarish xususiyatlari.
AQShda innovasion faoliyatni boshqaruvchi davlat organlariga quyidagilar kiradi:

  • Amerika ilmiy fondi (fundemental tadqiqotlarni boshqaradi);

  • Amerika ilmiy kengashi (sanoat, universitetlar vakillari);

  • Milliy kosmik agentligi (NASA);

  • Milliy standartlar byurosi;

  • Sogʻliqni saqlash milliy instituti;

  • Mudofa ministrligi;

  • Sanoat tadqiqotlari milliy markazi,

  • Milliy fanlar akademiyasi;

  • Milliy texnik akademiya;

  • Fan rivojlanishini qoʻllab quvvatlovchi Amerika assosiasiyasi.

Oxirgi toʻrtta tuzilishlarning moliyalashtirish manbai turlicha boʻlsada, qolganlari faqat federal byudjetdan moliyalashtiriladi.


Davlat venchur firmalarni va tadqiqot markazlarini tashkil etishni ragʻbatlantiradi. Milliy ilmiy fond tashabbusi bilan AQShda eng samarali tadqiqotlar markazi va venchur firmalar birinchi 5 yilda toʻla yoki qisman federal byudjetdan moliyalashtirishi mumkin.
Fanning talab juda katta boʻlgan va samarali tadqiqotlarini davlat ularning yuqori murakkablik, xarajatlar va tavakkalchilik darajasi va kuchli xalqaro raqobatchilikni hisobga olib toʻla oʻz hisobidan moliyalashtiradi.
Milliy ilmiy fondning ma'lumotlariga asosan, hozirgi davrda ilmiy texnik taraqqiyotda kichik biznes ilmiy tekshirish ishlarining oʻrni kuchayib bormoqda.
Kichik va oʻrta biznes firmalari oxirgi oʻn yillikda oʻrtacha bir kishiga yirik korporasiyalarga nisbatan 2.5 marta koʻp ixtirolar yaratishgan.
Boshqa texnologik rivojlangan davlatlar kabi AQShda ham venchur firmalar, «spin-off» firmalar ( oliy oʻquv yurtlari, mustaqil institut, davlat tadqiqot markazlari va yirik korporasiyalarning maxsus laboratoriyalaridan ajralib chiqqan firmalari) va investision firmalar faoliyat koʻrsatib bormoqda. Davlat faol ravishda «spin-off» firmalarni yirik notijorat ilmiy markazlar, universitetlar tomonidan subsidiyalashtirilib bormoqda. Bundan tashqari «spin-off» firmalari orqali ilmiy yutuqlarni tarqatish maqsadida, mamlakatda milliy ilmiy fond tomonidan moliyalashtiriladigan bir qator innovasion fondlar faoliyat koʻrsatmoqda.
Investision fondlar faoliyatining asosiy maqsadi kichik innovator firmalarga va yakka ixtirochilarga moliyaviy yordam koʻrsatishdan iboratdir. Kichik firmalarni investisiyalashda Milliy ilmiy fond muhim oʻrin egallaydi, ya'ni ushbu fond investision firmalarni kredit bilan ta'minlaydi hamda ularga grantlar ajratadi.
Bunday fondlar qatoriga AQSh energetika vazirligining investision fondini kiritish mumkin. Bu fond ham kichik firmalar tomonidan amalga oshirilayotgan ayrim tadqiqot loyihalar kabi, shaxsiy ixtirochilarni subsidiyalash bilan shugʻullanadi.
Innovasion jarayonlarni toʻgʻridan toʻgʻri qoʻllab quvvatlashning muhim elementi davlat innovasion infratuzilmalarini tashkil etishdir. Davlat yangiliklarni tarqatuvchi markazlar va innovatorlarga xizmat koʻrsatuvchi maslahat markazlari tashkil etishi mumkin. Davlat innovasion bozorlarning (davlat matbuotlarida axborot, birja, yarmarka va koʻrgazma) shakllanishini qoʻllab quvvatlaydi va oʻzi uning agenti sifatida faoliyat koʻrsatadi.
Davlat organlari mamlakatda va xorijdagi innovasion jarayonlarning monitoringini va istiqbolini olib borishi lozim. Bunda koʻpchilik hollarda ishlab chiqarishga joriy qilish uchun katta samara beruvchi ilgʻor texnologiyalar izlanadi.
AQSh innovasion faoliyatni ragʻbatlantirishda ma'naviy qoʻllab quvvatlashga ham katta e'tibor beriladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat mukofotlari, faxriy unvonlar berish, xoʻjalik yuritishning innovasion usullarini targʻibot qilish, davlat arboblarining ilgʻor innovasion tashkilotlarga tashrif buyurishi, ilm-texnika namoyondalarining muhim davlat tadbirlarida ishtirok etishi va h.k.
Boshqarishning bilvosita yoʻllariga birinchi navbatda soliq boʻyicha imtiyozlarni kiritish mumkin: foydaning soliqqa tortiladigan qismini kamaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish.
AQShda boshqaruv qarorlarini istiqbollashga, optimallashtirishga va standartlashga, innovasion loyihalarning davlat ekspertizasiga, innovasiyalarning davlat statistikasiga katta e'tibor beriladi. Yaponiyada davlat tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy texnika siyosati yuqoridagi rasmda koʻrsatilgan. Yaponiyada sanoat rivojlanish strategiyasini aniqlashda, sanoat ITTKI ishlab chiqarishda va ularni ishlab chiqarishga joriy qilishda Tashqi savdo va sanoat vazirligi muhim oʻrin egallaydi. ITS aniq yoʻnalishlarining bajarilishini Fan va texnika boshqarmasi nazorat qiladi.
Yaponiya sanoat texnologiyalari assosiasiyasi Tashqi savdo va sanoat vazirligiga boʻysungan boʻlib lisenziyalarni eksport va import qilish bilan shugʻullanadi. Yaponiyada ilmiy texnika taraqqiyotining uzoq muddatli dasturi mavjud boʻlib, amaliy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish va chet ellardan lisenziyalarni sotib olish bilan shugʻullanadi.
Davlat siyosati hozirgi vaqtda, Yaponiyani lisenziyalarni import qiluvchi davlatdan eksport qiluvchi davlatga aylantirishga yoʻnaltirilgan. Hozirgi vaqtgacha mavjud bozorlarda chet ellik raqobatchilarga nisbatan oʻz mahsulotlarining arzonligi va yuqori sifatligi bilan ustunlikka erishib borgan boʻlsa, bugungi kunda uning oldida yanada murrakkab vazifa paydo boʻldi - mahsulotlarning yuqori sifatini va arzonligini saqlagan holda yangi bozorlarni tashkil etish.
Yaponiya Tashqi savdo va sanoat vazirligi faqat tashqi savdo va sanoatning umumiy va tarmoqlar boʻyicha strategiyasini aniqlash bilan chegaralanib qolmasdan, uning tasarrufida kerakli darajada vositalar va usullarning katta majmui boʻlib, strategiyalarni konkretlashtirish imkoniyatiga ega. Yaponiyada eksport ishlab chiqarishga va eksportga ta'sir qilishning an'anaviy iqtisodiy va ma'muriy usullari, jumladan, eksportni imtiyozli kreditlash va sugʻurtalash, eksportchilarni soliq toʻlashdan qisman ozon qilish, eksportchilarga davlat tomonidan majmuali yordam berish kabi usullar bilan bir qatorda noan'anaviy metodlardan ham foydalaniladi.
Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Xususiy banklar tomonidan beriladigan moliyaviy resurslarni maqsadli taqsimlash va ularni iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarida toʻplash;

  • Korxonalarga ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sotib olishda yordam berish;

  • Xorijiy davlatlarning ilmiy-texnik yutuqlari bilan oʻzaro almashishlarni nazorat qilish.

Fan, ishlab chiqarish va ilmiy texnika taraqqiyotini integrasiyalashning Yaponiya modeli oʻz ichiga ITTKI va ilmtalab ishlab chiqarishni qamrab olgan boʻlib, umuman yangi texnopolis-shaharlarni yaratishga yoʻnaltirilgan
Texnopolislarni tashkil etish loyihasi - Yaponiya hukumatining “olti maqsadli” strategik dasturining muhim bir yoʻnalishidir. Uning asosiy maqsadi - texnologik sardorlar qatorida oʻzining mustahkam joyini saqlab qolishdir. Loyiha markaziy va mahalliy organlar va akademik soha xodimlari tomonidan Yaponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Yaponiya texnopolislari boʻyicha amerikalik mutaxassis Sh.Tasunoning yozishicha “texnopolislar strategiyasi-oliy texnologik darajadagi regional markazlar tizimini rivojlantirish asosida faoliyatning yangi sohalariga yorib kirish strategiyasidir. Boshqacha qilib aytganda, bu-butun yapon xoʻjaligini intellektuallashtirish strategiyasidir.”
Yaponiya iktisodiyoti rivojlanishining asosiy xususiyati shundan iborat: sanoat ishlab chiqarishini va firmalar kapitalini yangiliklarga yanada konsentrasiyalash, mikroelektron texnika asosida resurslarni tejovchi texnologiyalarga oʻtish, teruvchi va qayta ishlovchi ishlab chiqarishning ustivorligini ta'minlash. Xalq xoʻjaligining asosiy va ilgʻor tarmoqlari quyidagilar: informatika, elektron texnika va integral sxemalar ishlab chiqarish.
Innovasion faoliyatning faolligi natijasida bir jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM, resurslardan samarali foydalanish, sanoati rivojlangan davlatlar orasidagi iqtisodiy rivojlanish darajasi va aholi umri uzunligi boʻyicha jahonda birinchi oʻrinni egallab turibdi.



Download 58.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling